362
Qon plazmasi oqsillari xilma-xil va o‘ziga xos biologik vazifalarni
bajaradi:
1. Oqsillar qonda kolloid-osmotik (onkotik) bosimni va shu bilan
qon hajmi doimiyligini ta’minlaydi.
2. Plazma oqsillari qon ivishda faol ishtirok etadi.
3. Plazma oqsillari qonning qovushqoqligini ta’minlaydi, bu esa
gemodinamik ahamiyatga ega.
4. Plazma oqsillari boshqa bufer sistemalari qatori qonda pH
doimiyligini saqlashda ishtirok etadi.
5. Qonda xolesterin, bilirubin, yog‘ kislotalarini tashishda hamda
organizmga tushgan moddalarni tashishda muhim rol o’ynaydi.
6. Plazma oqsillari (immunoglobulinlar) immunitet jarayonlarida
muhim rol o‘ynaydi; turli kationlar plazma oqsillari bilan
dializlanmaydigan komplekslar hosil qilishi tufayli qonda turli kationlar
konsentratsiyasi ta’minlanadi.
7. Plazma oqsillari aminokislotalar rezervi vazifasini ham o‘taydi.
Sog‘lom odam qoni plazmasi tarkibida filtr qog‘ozini ho‘llab
elektroforez qilinsa, oqsillarning 5 ta fraksiyasi ajraladi: albuminlar ,
α
1
,
α
2
-,
β−
,
γ
-globulinlar (95-rasm). Agar elektroforez kraxmal yoki
poliakrilamid gelda o‘tkazilsa, oqsilning 16-17 fraksiyasini ajratib olish
mumkin. Maxsus immunoelektroforez usuli yordamida qon plazmasi
tarkibidan 30 dan ortiq xil oqsillar fraksiyasini ajratiladi.