376
X omil (Prauer–Styuart omili)
– bemorlar familiyasi bilan atalgan,
α
-globulinlar guruhiga mansub; X omil
protrombindan trombin hosil
bo‘lishida ishtirok etadi. Jigarda sintezlanadi. Yetishmaganda qon ivish
vaqti uzayadi. Xirurgik operatsiyalarda ko‘p qon ketishlar kuzatiladi.
XI omil (Rezental omili)
– C-gemofiliyasiga qarshi omil – plazma
tromboplastinning o‘tmishdoshi deb ham yuritiladi.
XII omil (Xageman omili)
– qon
ivishini boshlab beruvchi
omillaridan biri. Bu omil yetishmasa qon ivish vaqti uzayadi, ammo
gemofiliya kuzatilmaydi.
XIII omil (fibrinni turg‘unlashtiruvchi omil)
– hosil bo‘lgan fibrin
turg‘unligini ta’minlaydi. Uchta polipeptid zanjiridan tarkib topgan.
Trombotsitlar omili
– yuqorida sanab o‘tganimiz,
qon ivishda
ishtirok etuvchi plazma omillaridan tashqari bu jarayonda 10 dan ortiq
xilma-xil trombotsit omillari ham ishtirok etadi.
103-rasm.
Qon ivishining sxemasi
377
Qon tomirlari shikastlangan joyda ochilib
qolgan hujayralar aro
matriksga trombotsitlar birikib trombotsitlardan iborat tiqin hosil bo‘ladi.
Shu bilan bir vaqtda plazma eruvchan fibrinogen oqsilini erimaydigan
fibringa aylantiradigan reaksiyalar ishga tushadi. Hosil bo‘lgan fibrin
trombotsitlardan iborat tiqinga o‘tirib, uning yuzida tromb hosil bo‘ladi.
Trombda eritrotsitlar ham bo‘ladi. Demak, qonning ivib qolishida o‘n
beshga yaqin plazma oqsillari va loaqal bironta to‘qima oqsili,
shuningdek, tromb hosil bo‘ladigan sohadagi
hujayra membranalari
fosfolipidlari, Ca
2+
ionlari va trombotsitlar ishtirok etadi.
Qon plazmasidagi qon ivishida ishtirok etadigan oqsil tabiatli omillar
jigarda sintezlanadi. Ularning ko‘pchiligi profermentlar bo‘lib, ivish
davomida faol fermentlarga aylanadi. Faollashgan ivish omillari
profermentning rim raqami bilan belgilangan simvoli yoniga «a» qo‘shib
yozish bilan belgilanadi (II – II«a», X – X«a» va hokazo).