379
II, VII, IX, X omillar ishtirok
etadigan reaksiyalar Ca
2+
va
fosfolipidlar bilan faollashadi; karboksiglutamat radikallari shu
oqsillarda Ca
2+
ni biriktirib olish markazlarini hosil qiladi.
Bu omillar
Ca
2+
ionlari ishtirokida o‘zaro va fosfolipid qo‘sh qavati bilan birikib
hosil qilgan kompleksda faollashadi.
Dikumarol molekulasi qurilishi vitamin Kga o‘xshash bo‘lgani
uchun oqsil molekulasidagi glutamil qoldiqlarini
γ
-karboksiglutamilga
aylantiradigan fermentni ingibirlaydi (vitamin Kga antagonist)
natijada
qon ivishi qiyinlashadi. Dikumarol amaliyotda qon ivuvchanligi
oshganda trombozlarni oldini olish maqsadida ishlatiladi.
Gemofiliya
Qondagi VIII omilning irsiy nuksonlari A gemofiliya deb ataladi.
U ko’p qonash, qon ketib turishi bilan namoyon bo‘ladi. VIII omil geni
X xromosomada bo‘ladi. Ikkinchi X xromosomasi bo‘lgan ayollarda
bu kasallik kuzatilmaydi. Bitta X xromosomasi bo‘lgan erkaklarda
nuqsonli genning nasldan-naslga berilishi
tufayli ularda gemofiliya
kuzatiladi.
Gemofiliyada qon ketishni to‘xtatish maqsadida tarkibida VIII omil
saqlovchi yangi donor qoni yoki VIII omil preparatlaridan
foydalanilanadi.
Fibrinoliz
Qon tomirida hosil bo‘lgan tromb, bir
necha kun ichida parchalanib
ketadi. Uning erib ketishida proteolitik ferment plazmin asosiy rolni
o‘ynaydi (104-rasm). Qonda asosan bu fermentning o‘tmishdoshi –
plazminogen bo‘lib, u ko‘pgina to‘qimalarda bo‘ladigan urokinaza yoki
kallikrein ta’sirida faollashadi:
380
Urokinaza tromboflebit, o‘pka
tomirlari tromboemboliyalari,
miokard infarktida, katta xirurgik operatsiyalarda tromblarni eritib
yuborish yoki oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Urokinaza olinadigan
manba – odam siydigidir. Streptokokklardan olinadigan ferment –
streptokinaza ham shu maqsadda qo‘llanilanadi.