• Qon plazmasi omillari : I omil (fibrinogen)
  • II omil (protrombin)
  • III omil (to‘qima tromboplastini) – lipoprotein, to‘qima jarohatlanganda hosil bo‘ladi, molekula massasi 167 000 000. IV omil (kalsiy ionlari)
  • Biokimyo pmd




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet212/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    Qon ivishi
    Qonning ivishi molekulyar mexanizmiga bag‘ishlangan birinchi
    nazariya 1872-yilda A.A. Shmidt tomonidan yaratilgan bo‘lib, unga
    ko‘ra qon ivishi fermentativ jarayondir. Bu jarayonda uch omil –
    fibrinogen, fibrinoplastik omil, trombin ishtirok etadi. Trombin ta’sirida
    dastlabki ikkita omil birikishidan fibrin hosil bo‘ladi. Tomirdagi qon
    tarkibida tromb bo‘lmagani uchun ivimaydi. Keyinchalik Shmidt
    shogirdlari, jumladan, Moravits va uning o‘quvchilari, tomonidan fibrin
    o‘tmishdoshi fibrinogen, trombin o‘tmishdoshi protrombin ekani va qon
    ivishida trombotsit trombokinazasi, Ca ionlari ham ishtirok etishi
    aniqlandi.
    Shmidt va Moravits nomi bilan bog‘liq bo‘lgan qon ivish
    mexanizmini tushuntiruvchi fermentativ nazariya quyidagicha
    ifodalanadi.


    375
    Hozirgi zamon tasavvuriga ko‘ra qon ivishida plazma, trombotsit
    va to‘qima komponentlari ishtirok etadi. Ularni qon ivish omillari deb
    ataladi.
    Qon plazmasi omillari :
    I omil (fibrinogen)
    – qon ivishda ishtirok etuvchi asosiy omil.
    Glikoproteid, jigarda sintezlanadi, molekula massasi 330000, qon
    plazmasidagi konsentratsiyasi 2-4 g/l, molekulasi 3 juft o‘zaro o‘xshash
    bo‘lmagan peptid zanjiridan tarkib topgan bo‘lib, ular o‘zaro disulfid
    bog‘lari orqali bog‘langan.
    II omil (protrombin)
    – qon ivishda ishtirok etuvchi asosiy
    omillaridan biri, trombin (ferment)ning o‘tmishdoshi, kimyoviy jihatdan
    glikoproteid, 
    α
    2
    -globulinlar fraksiyasi tarkibiga mansub, jigarda
    sintezlanadi; 10-12 atom Ca
    2+
    bilan birikishi natijasida qonformatsiyasi
    o‘zgaradi.
    III omil (to‘qima tromboplastini)
    – lipoprotein, to‘qima
    jarohatlanganda hosil bo‘ladi, molekula massasi 167 000 000.
    IV omil (kalsiy ionlari)
    – qon ivishining ko‘p fazalarida ishtirok
    etadi; jumladan, X omilning faollashuvida, to‘qima tromboplastin
    faollashuvida, prokonvertin faollashuvida, trombin hosil bo‘lishida
    ishtirok etadi.

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish