378
hosil bo‘ladi. Biroz vaqt o‘tgach tromb qisqaradi (retraksiya bo‘ladi).
Transglutaminaza irsiy nuqson bo‘lsa, qon sog‘lom odamlardagidek
iviydi, ammo tromb mo‘rt bo‘lgani uchun yana qon ketib qolishi
mumkin.
Qon ivishining ikki yo‘li tafovut qilinadi: tashqi va ichki yo‘llari.
Qon ivishining tashqi mexanizmi
Qonning tashqi ivishida jarohatlangan to‘qimada mavjud bo‘lgan
tromboplastin (III omil) va qon zardobidagi prokonvertin (IV omil),
Ca
2+
ionlari (IV omil) va tromb hosil bo‘ladigan yuza membranalari
fosfolipidlari ishtirok etadi.
Jarohatlangan to‘qimalar va tomirlardan ajralib chiqqan
(tromboplastin) VII omilni, u o‘z navbatida X omilni, faollaydi. X«a»
omil ta’sirida protrombin trombinga aylanadi, va nihoyat trombin
ta’sirida fibrinogen fibringa aylanadi. Trombin V, VII, XIII omillarni
ham faollashtiradi. Fibrinning barqarorlashuvi XIII omil ta’sirida
bo‘ladi. Qonning tashqi ivishiga juda qisqa vaqt – taxminan 10-12
sekund yetarli bo‘ladi.