• Erkaklar jinsiy gormonlari (androgenlar)
  • Biokimyo pmd




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet201/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    Vitamin D
    3


    352
    Vitamin D
    3
    gormon sifatida ta’sir etadigan moddaning
    o‘tmishdoshidir. Bu modda kalsitriol deb ataladi. Kalsitriolning
    vitaminga aylanishi jigar va buyraklarda amalga oshadi. Kalsitriolning
    nishon a’zolari ingichka ichak va suyak. Ingichka ichakda kalsiy va
    fosfatlarning so‘rilishini, suyaklarda kalsiy metabolizmini jonlantiradi.
    Vitamin D
    3
    organizmga yuborilganda kalsiyni biriktirib oladigan va
    uning so‘rilishida ishtirok etadigan oqsilning sintezi tezlashadi. Vitamin
    D
    3
    yetishmaganda bolalarda raxit kasalligi rivojlanadi.
    Kalsitonin
    Peptidli gormon kalsitonin (32 ta aminokislota qoldig‘ini saqlaydi)
    paratireoid bezlar bilan qalqonsimon bezlarning C-hujayralarida
    sintezlanadi. Qondagi kalsiy miqdori ko‘payganda kalsitonin
    sekretsiyasi kuchayadi. Nishon hujayralar bo‘lib suyaklar hisoblanadi,
    suyaklarda u kalsiy safarbar bo‘lishini susaytirib turadi.
    Erkaklar jinsiy gormonlari (androgenlar)
    Androgenlarga testosteron, androsteron va degidroepiandrosteron
    kiradi; bulardan eng faoli testosterondir. Androgenlarning biosintezi
    asosan urug‘donlarda va qisman tuxumdon hamda buyrak usti bezlarida
    sodir bo‘lib, gipofizning gonadotrop gormonlari (LG va FSG) tomonidan
    idora etiladi (91-rasm). O‘z navbatida androgenlar gonodotropinlar
    sintezini manfiy teskari bog‘lanish mexanizmi bo‘yicha pasaytiradi. Bu
    gormonlarning xususan, testosteronning asosiy manbai va o‘tmishdoshi
    atsetil-KoA va xolesterindir.
    91-rasm.
    Erkaklar jinsiy gormonlari sintezining boshqarilishi


    353
    Androgenlarning biologik roli erkaklar organizmida reproduktiv
    tizimning takomillashishi va faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liqdir:
    ikkilamchi erkaklar jinsiy belgilarining rivojlanishi, urug‘donlarda
    spermatogenez, yuz va tanada sochlarning o‘sishi va hokazo. Shuni ham
    ta’kidlash kerakki, androgenlar kuchli anabolik ta’sirga egadir: barcha
    to‘qimalarda, ayniqsa, muskullarda oqsil biosintezini stimullaydi,
    natijada tana vazni oshadi. Androgenlarning bu ta’siridan, ayniqsa,
    sportchilar, ularning analoglaridan (anabolik steroidlar) foydalanishi
    rasm bo‘lib qolgan. Ammo hozir ularni ishlatish sog‘liq uchun zararli
    ekanligi aniqlangan.

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish