345
o‘tkazadi. Yana bitta gormon adrenalin jismoniy ish davrida va stress
holatlarida glikogen bilan yog‘larning tezdan safarbar bo‘lishini
ta’minlaydi. Korsatib o‘tilgan gormonlar asosan
energiya almashinuvini
uglevodlar bilan yog‘larni zaxira qilib to‘plash va safarbar qilib borishni,
uglevod, yog‘lar va aminokislotalar katabolizmini idora etib boradi.
Biroq moddalar almashinuvi boshqa ko‘pgina gormonlarga ham
bog‘liq. Jumladan, somatotropin (o‘sish gormoni) jigarda oqsil
gormonlar somatomedinlar hosil bo‘lishini tezlashtiradi.
Bular xuddi
insulinga o‘xshab muskul va yog‘ hujayralarga glyukoza otishini
kuchaytiradi-yu, lekin undan farq qilib, jigardagi glyukoneogenezni
susaytirmasdan, balki faollashtiradi. Bundan tashqari, somatotropin
insulin bilan glyukagon
sekretsiyasini kuchaytiradi,
somatostatin
esa
bu jarayonni pasaytiradi. Androgenlar va tiroksin oqsillar sintezi bilan
glyukozaning oksidlanish tezligini oshiradi. Hozir birma-bir aytib
o‘tilgan gormonlarning asosiy funksiyasi, aftidan, o‘sish va morfogenez
bilan aloqador bo‘lgan anabolik jarayonlarni idora etishdan iboratdir.
Ularning uglevodlar, yog‘lar va aminokislotalar
energetik almashinuviga
ko‘rsatadigan ta’siri esa ikkilamchi bo‘lib hisoblanadi.
Qandli diabet
Qandli diabet eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Qandli diabet
bilan og rigan kasallarning soni jahonda 30 mln. kishiga boradi. Bu
kasallikka, asosan, insulin ishlab chiqarilishining buzilishi sabab bo‘ladi.
Diabetning ba’zi shakllarida insulin sintezi susayib qolgan, shunga ko‘ra
uning qondagi miqdori me’yordagidan bir necha baravar kam bo‘ladi.
Bunday shaklga insulin bilan davolash yaxshi natija beradi:
insulinga
bog‘liq diabet
yoki I turdagi diabet deb kasalliklarning shunday shakliga
aytiladi. Qondagi insulin miqdori me’yorda bo‘lib turadigan shakli
insulinga bog‘liq bo‘lmagan diabet
yoki II turdagi diabet deb ataladi.
Bunday
hollarda, insulin sintezi buzilmaydi, balki insulinning retseptor
bilan bog‘lanishi buzilgan bo‘ladi.
Kasallikning har ikkala turi ham insulin yetishmovchiligi tariqasida
namoyon bo‘ladi.
Diabetning asosiy belgilari va ularning kelib chiqishidagi
biokimyoviy mexanizmlar: