108-rasm.
O‘t kislotalarini metabolik o‘zgarishlari
402
Sog‘lom odam jigarida neytral yog‘larning miqdori uning
og‘irligining 1,5-2% ini tashkil qiladi. Ayrim kasalliklarda yog‘lar
ulushining ortishi natijasida jigarda yog‘ to‘planadi. Bu holat jigarda
fosfolipidlar sintezi va ularning tashilishini buzilishi natijasida, metionin,
vitamin B
12
yetishmasligi natijasida kelib chiqadi. Demak, metionin,
xolin, vitamin B
12
lar lipotrop moddalar hisoblanib, ular yetishmasligi
jigarda neytral yog‘larning yig‘ilishiga, glikogen miqdorini kamayshiga,
jigarning yog‘li distrofiyaga uchrashiga olib keladi. Jigar parenximasi
shikastlanganda lipotrop moddalarning yetishmasligi natijasida
fosfolipidlarning sintezi buziladi. ATFning yetishmasligi fosfor va
xlororganik moddalar bilan zaharlanganda xolesterinni jigar
hujayralarida to‘planishi va jigardagi yog‘larning parchalanishini
susayishiga olib keladi. Alkogolizm, qandli diabet kasalligida
karbonsuvlardan yog‘lar hosil bo‘lishining ortishi tufayli jigarning yog‘li
infiltratsiyasi kuzatiladi.
Jigar yog‘ kislotalarning
β
-oksidlanishida ham ishtirok etadi. Yog‘
kislotalarning
β
-oksidlanishda atsetil-KoA hosil bo‘lib, atsetil-KoAning
ma’lum qismi uchkarbon kislotalar halqasida oksidlanadi. Atsetil-
KoAning ko‘proq qismi qaytadan atsetil-KoA bilan kondensatsiya
reaksiyasiga kirishi natijasida atsetoatsetil-KoA ga, so‘ng atseto-
atsetatga aylanib, atsetil-KoA ajralib chiqadi va shu yo‘l bilan jigarda
Koenzim-A ni zaxirasi saqlanib turadi. Atsetosirka kislotasi jigarda
oksidlanmaydi, u qon orqali muskul va boshka to‘qimalarga borib
oksidlanadi. Bu metabolik yo‘l 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar miokardiga
oiddir (109-rasm).
109-rasm.
Keton tanachalarining hosil bo‘lishi
403
Xolesterin organizmga ovqat bilan tushadi va endogen yo‘l orqali
atsetil-KoA dan sintezlanadi. Katta yoshdagilar jigarida bir sutkada 80
mg xolesterin sintezlanadi. Xolesterinning hosil bo‘lish tezligi ovqat
bilan tushgan xolesterin miqdoriga bog‘liq. Uning sintezida 3-gidroksi-
3-metilglutaril-KoA-reduktaza fermenti boshqaruvi ahamiyatiga ega
bo‘lib, uning faolligi ovqatdagi xolesterin miqdoriga bevosita bog‘liq.
Ovqat tarkibida xolesterin ko‘p bo‘lsa va uning miqdori qonda ortsa,
boshqariluvchi fermentning faolligini susaytiradi. Shu bilan birga ovqat
tarkibidagi to‘yinmagan yog‘ kislotalar bu fermentning faolligini
pasaytiradi va organizmda hosil bo‘layotgan xolesterin sintezi susayadi.
Xolesterin va neytral yog‘larning qon orqali tashilishi jigarda
sintezlanuvchi lipoproteinlar orqali ro‘y beradi. Lipoproteinlar zichligiga
ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Zichligi juda past lipoproteinlar – ZJPLP (0,95-1,00 g/sm
3
).
Qayta sintezlangan neytral yog‘larni (triglitseridlar) yog‘ zaxiralariga
tashiydi.
2. Zichligi past lipoproteinlar – ZPLP (1,06-1,21 g/sm
3
). Asosan
xolesterinni to‘qimalarga tashiydi.
3. Yuqori zichlikli lipoproteinlar – ZYLP (1,06-1,21 g/sm
3
).
Efirlangan xolesterinni va fosfolipidlarni tashiydi.
4. Zichligi juda yuqori lipoproteinlar – ZJYULP (1,21 g/sm
3
dan
yuqori). Tarkibida ko‘p miqdorda oqsil, fosfolipidlar bo‘lib, xolesterin
miqdori past.
Organizmdagi xolesterin membranalar tarkibiga kiradi. O‘t kislotasi
sintezida, buyrak usti bezi, jinsiy bezlar tomonidan kortikosteroid
gormonlar sintezlanishida va vitamin D sinteziga o‘tmishdosh sifatida
sarflanadi. Uning bir qismi erkin holda qonda aylanib yuradi va qondagi
xolesterin miqdori hamda jigar faoliyati qay darajada ekanligidan
axborot beradi.
Yangi tug‘ilgan bolalar organizmida xolesterin kattalarga nisbatan
3-4 marta kam (1,31 mmol/l atrofida) bo‘ladi. Kindik qonida xolesterin
miqdori 1,95 mmol\l ga teng bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bolalarning
eritrotsitlarida xolesterin miqdori kattalarga nisbatan 40% gacha ko‘p
bo‘ladi. Bu holat LXAT (lesitin-xolesterin-atsiltransferaza) faolligining
pastligi va erkin xolesterin efirlanishi buzilishi bilan tushuntiriladi.
Xolesterinning efirlanish darajasi kattalarda 0,69 ga teng, yangi
tug‘ilgan bolalarda esa – 0,38 ga teng. Bolalar bir yoshga yetganda,
organizmda xolesterinning miqdori xolesterin efirlari hisobiga 1,5-2
marta ortadi. 11-12 yoshda esa xolesterinning miqdori 4,24 mmol/l gacha
borib, efirlanish darajasi 0,67 ga yetadi.
404
Yangi tug‘ilgan bolalarda xolesterinning miqdori 2,6 mmol/l bo‘lsa,
giperxolesterinemiya holati deyiladi. 90% yangi tug‘ilgan bolalarda
uchraydigan giperxolesterinemiya irsiy kasallik bilan bog‘lanmagan
bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan xolesterin miqdori me’yoriga qaytadi. Irsiy
giperlipoproteinemiya xolesterinni va past zichlikdagi lipoproteinlarning
(ZPLP) miqdori oshishi bilan boradi. Bu holat hujayralarda ZPLP
retseptorlarining yetishmasligi va ZPLPning xolesterin bilan hosil qilgan
kompleks birikmasining hujayra ichiga o‘ta olmasligi natijasida kelib
chiqadi.
Demak, jigar yog‘larning metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy
a’zolardan biri ekan.
Jigarda yog‘ kislotalarining metabolizmida ishtirok etuvchi
fermentlar tizimi faol va yetarli miqdordadir. Yog‘ kislotalarining
katabolizmi mitoxondriyalarda, anabolizmi esa gialoplazmada boradi.
Ular metabolizmi iste’mol qilingan ovqat tarkibiga, ayniqsa, uglevodlar
miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Uglevodlar almashinuvi natijasida jigar hujayralarida ko‘p miqdorda
pirouzum kislotasi hosil bo‘ladi va uning bir qismi karboksillanib
oksaloatsetatga, bir qismi esa dekarboksillanib atsetil–KoA ga aylanadi.
Atsetil-KoA mitoxondriyada oksaloatsetat kislotasi bilan birikib limon
kislota shaklida mitoxondriyadan gialoplazmaga o‘tadi. Gialoplazmada
limon kislotasining miqdori ortishi atsetil-KoA-karboksilaza yoki
malonil-KoA-sintetazani faollashtiradi, limon kislotasidan hosil bo‘lgan
atsetil-KoA karboksillanib malonil-KoA hosil qiladi. Malonil-KoA o‘z
navbatida moy kislotalarini mitoxondriyaga tashuvchi karni-
tinatsiltransferaza fermenti faolligini pasaytiradi, yog‘ kislotalarining
mitoxondriyaga tashilishi va
β−
oksidlanishi susayadi va natijada yog‘
kislotalarining anabolizmi tezlashadi.
Malonil-KoA miqdorining gialoplazmada kamayishi kislotalarning
oksidlanishi kuchayishiga va keton tanachalari miqdorining ortishiga
olib keladi. Demak, jigar yog‘ almashinuvini idora qilishda
uglevodlardan foydalanadi. Ular yetarlicha bo‘lganida jigarda yog‘lar
zaxirasi kamayadi. Xolesterinning qondagi miqdorini aniqlash katta
ahamiyatga ega bo‘lib, sog‘lom bolalarda uning qon zardobidagi
miqdori 2,2-5,2 mmol/g ga teng. Xolesterinning 90% ga yaqini jigarda
va ichaklarda sintezlanadi. Shuning yarmidan ko‘prog‘ini jigar boshqa
moddalar sintez qilishga sarflaydi.
Sog‘lom odamda xolesterin va uning metabolitlari o‘rtasida jigar-
ichak aylanishi kuzatiladi. Jigarning xolesterin sintezlash qobiliyatining
kamayishi gipoxolesterinemiyaga sabab bo‘ladi. Lesitin-xolesterin-
405
atsetiltransferaza fermenti faolligining susayishi tufayli xolesterinning
efirlanishi buziladi va qon zardobida erkin xolesterin ko‘payib, uning
efirlari kamayadi. Qon hujayralari va lipoproteinlar o‘rtasida xolesterin
almashinuvi muvozanatining siljishi eritrotsitlar membranasida va
qonning boshqa shakliy elementlarida erkin xolesterin to‘planishiga,
xolesteringa boy eritrotsitlarning shaklini o‘zgarishga olib keladi.
Ularning yuzasida skanerlovchi elektron mikrosko‘p yordamida yaxshi
ko‘rinuvchi juda ko‘p tikansimon o‘simtalar paydo bo‘ladi.
Xolesterinning hujayralarda to‘planishi tufayli qon hujayralari
membranasida xolesterinni biriktirib oluvchi ZYLP ning miqdori ortadi,
hujayrada xolesterin tashuvchi ZPLP ning miqdori kamayadi. ZYLP/
ZPLP nisbati kamayadi. Jigar sirrozlarida qonda har ikkala lipoprotein
miqdori kamayadi.
Jigarning portal va postnekrotik sirrozlarida qonda
gipoxolesterinemiya va efirlanish koeffitsentlarining keskin kamayishi
kuzatiladi. Anomal lipoproteinlar paydo bo‘ladi. Bulardan farqli
ravishda jigarning biliar sirrozida-giperxolesterinemiya va xolestaz
(o‘t dimlanishi bilan kechadigan) qonda o‘t kislotalari miqdorining
ortishi, ishqoriy fosfataza faolligining ortishi kuzatiladi.
Jigar va jigardan tashqaridagi sabablar ta’sirida kelib chiqadigan
xolestaz natijasida giperxolesterinemiya ham ko‘zga tashlanadi. Bu hol
surunkali faol gepatitda gipoxolesterinemiyada ham uchraydi.
Giperxolesterinemiya bilan bir qatorda triglitseridning ko‘payishi
xolestazga xos belgidir. Lipoprotein hisobiga bo‘ladigan giperlipidemiya
jigardagi yallig‘lanish jarayoni o‘tkirligidan dalolat beradi.
|