421
sarflanadi. Buning asosiy manbai bo‘lib glutaminni dezaminlash
jarayoni, shuningdek aminokislotalarni, asosan glutamatni,
oksidlanishi
bilan boruvchi dezaminlanishi hisoblanadi.
Glutaminni parchalanashi glutaminaza fermenti ishtirokida borib,
bunda glutamat va erkin ammiak hosil bo‘ladi. Glutaminaza odamni
turli a’zo va to‘qimalarida topilgan, lekin uni
eng yuqori faolligi buyrak
to‘qimasida aniqlangan. Siydik va qondagi vodorod ionlari
konsentratsiyasini nisbati 800:1 bo‘lib, buyrakni organizmdan vodorod
ionlarini chiqarish qobiliyatini juda yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Organizmda vodorod ionlari to‘planishiga moyillik bo‘lgan holatlarda
bu jarayon kuchayadi.
Quyidagi kimyoviy jarayonlar yordamida amalga oshiriladi:
1. Gidrofosfatni digidrofosfatga aylanishida natriyning reabsorbsiyasi.
2. Kanalchalarda bikarbonatlarni karbonat kislotaga aylanishi.
3. Glutaminaza fermenti ta’siri ostida
glutamindan erkin ammiakning
hosil bo‘lishi va uning boshqa kationlar o‘rniga neytrallanish
reaksiyalarida qatnashishi.