422
mavjud bo‘lib, AAP
3
buyraklarda uchraydi. Buyrak to‘qimasi
jarohatlanganda qonda va siydikda AAP
3
aniqlanadi. Buyrak
kasalliklarini tashxis qilishda siydikdagi fermentlar faolligini tekshirish
ham muhimdir. Buyrakni o‘tkir yallig‘lanish jarayonlarida koptokcha
membranalarini o‘tkazuvchanligi ortadi. Bu hol oqsil, shuningdek,
fermentlarni siydik bilan chiqarilishiga olib keladi. Umuman buyrak
to‘qimasida modda almashinuvini o‘zgarishi koptokchada qon
aylanishini blokadasi, filtratsiya va reabsorbsiyani buzilishi, siydik
chiqarilishini blokadasi, yukstaglomerulyar apparatni jarohatlanishi,
sekretsiyani buzilishi va boshqalar bilan chaqirilishi mumkin.