431
o‘lchamini ortishi, shuningdek koptokchalarda qon oqimi pasayishi
natijasida vujudga keladi. Buyrakdan tashqari proteinuriya siydik
yo‘llari yoki prostata bezini jarohatlanishiga bog‘liqdir.
Klinik amaliyotda ko‘p qo‘llanilaniladigan
«albuminuriya»
iborasi
(siydikda oqsil aniqlanganda) noto‘g‘ridir, chunki siydik bilan nafaqat
albumin, balki globulinlar ham ajraladi. Masalan: nefrozlarda siydikdagi
oqsilni umumiy miqdori 26 g/l gacha bo‘lishi mumkin,
bunda albuminlar
konsentratsiyasi 12 g/l, globulinlar esa – 14 g/l.
Odam siydigidagi qator fermentlar faolligini aniqlash mumkin:
lipaza, ribonukleaza, LDG, aminotransferaza, urokinaza, fosfataza,
α
–
amilaza, leytsinaminopeptidaza va boshqalar.
α
–amilaza va ba’zi
boshqa
fermentlardan tashqari fermentlar faolligini aniqlashni asosiy
qiyinchiliklari siydikning quyuqlanishi va bunda ferment faolligini
ingibirlashdan muhofaza qilishga bog‘liqdir.