• Siydik kislota
  • Gippur kislotasi
  • Biokimyo pmd




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet241/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    Alkaptonuriyada 
    (gomogentizinuriya) siydikda tirozin
    almashinuvini metabolitlaridan biri bo‘lgan gomogentizin kislota
    miqdori keskin ortadi. Natijada havoda qoldirilgan siydik keskin
    qorayadi. Alkaptonuriyada metabolizm buzilishini sababi bo‘lib,
    gomogentizin kislota oksidazasini yetishmasligi hisoblanadi.
    Shuningdek, yana tug‘ma kasalliklar: 
    giperprolinemiya
    (prolinoksidaza fermentini yetishmasligi natijasida vujudga keladi,
    oqibati-prolinuriya); 
    gipervalinemiya
    (valin almashinuvini irsiy
    buzilishi, siydikda valin konsentratsiyasini keskin ortishi bilan boradi);
    sitrulinemiya
    (siydikchil hosil bo‘lish siklining irsiy buzilishi,
    argininsuksinat – sintetaza fermentini yetishmovchiligiga bog‘liq, siydik
    bilan ko‘p miqdorda sitrullin ajralib chiqadi) va boshqalar kuzatiladi.
    Siydik kislota
    purin almashinuvining oxirgi mahsuloti hisoblanadi.
    Sutka davomida siydik bilan 0,7 g yaqin siydik kislota chiqariladi.
    Nukleoproteinlar saqlovchi ovqatni ko‘p iste’mol qilinganda ma’lum
    vaqtdan keyin siydik kislota chiqarilishi ko‘payadi. Va, aksincha,
    purinlarni kam saqlovchi ovqat iste’mol qilinganda siydik kislotaning
    chiqarilishi sutkada 0,2 g gacha pasayadi. Siydik kislotaning ko‘p
    chiqarilishida leykemiya, politsitemiya, gepatit va podagrada ham
    kuzatiladi. Atsetilsalitsil kislota va ba’zi steroid gormonlar qabul
    qilinganda ham siydik kislotaning siydikdagi miqdori ortadi.
    Siydikda siydik kislota bilan bir qatorda endo- va ekzogen tabiatga
    ega bo‘lgan oz miqdorda purinlar saqlanadi.
    Gippur kislotasi
    oz miqdorda odam siydigida aniqlanadi (sutkalik
    hajmda taxminan 0,7 g). Bu modda glitsin va benzoy kislotani
    birikmasidir. Aromatik birikmalarga boy bo‘lgan o‘simlik ovqatlarni
    iste’mol qilganda, ulardan benzoy kislota hosil bo’lganligi sababli gippur
    kislota siydik bilan ko‘p ajraladi.


    429
    1940-yilda A. Kvik va A.Ya. Pitel klinik amaliyotga gippur probasini
    (Kvik-Pitel probasini) kiritdilar. Me’yorda jigar hujayralari organizmga
    qabul qilingan benzoat kislotani (yengil nonushtadan keyin bemor 3-4
    g benzoat natriy qabul qiladi) glitsin bilan biriktirish orqali
    zararsizlantiriladi. Hosil bo‘lgan gippur kislota siydik bilan chiqariladi.
    Kvik-Pitel probasi o‘tkazilganda me’yorda siydik bilan qabul qilingan
    benzoat natriyni 65-85% chiqariladi. Jigar jarohatlanganda gippur
    kislota hosil bo‘lishi buziladi, shuning uchun siydikda uning miqdori
    keskin pasayadi.

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish