427
uchun kreatininni sutkalik ajralish miqdori doimiy bo‘lib, asosan mushak
massasining holatini aks ettiradi. Erkaklarda tanani har bir kg massasiga
sutkada siydik bilan 18–32 mg kreatinin ajraladi, ayollarda esa 10 dan
25 mg gacha. Bu sonlar oqsil bilan ovqatlanishga ham bog‘liq. Shuning
uchun siydik bilan kreatinin sutkalik ekskretsiyasini aniqlash ko‘pchilik
holatlarda sutkalik siydik yig‘ishni nazorat qilishda foydalanish mumkin.
Kreatin
– katta odamlar siydigida amaliy jihatdan me’yorida
bo‘lmaydi. U siydikda kreatinni ko‘p miqdorda iste’mol qilganda, yoki
patologik holatlarda aniqlanishi mumkin. Qon zardobida kreatin miqdori
0,12 mmol/l ga yetganda u siydik bilan ajraladi.
Bola bir yoshga kirguncha