436
Mushak tolalari diametri 1 mkm bo‘lgan, ko‘ndalang joylashgan
fibrillalardan tuzilgan, ularda ketma-ket
keluvchi qora va oq disklar
ko‘rinadi. Qora disklar ikkilamchi nur sindirish qobiliyatiga ega bo‘lib,
A-(anizatrop) disklar deb ataladi; oq disklar ikkilamchi nur sindirish
qobiliyatiga ega emas. Ular I-(izotrop) disklar deb ataladi.
I disk o‘rtasida kengligi taxminan 80 nm bo‘lgan
pishiq Z chiziq
joylashgan. Bu chiziq tolani butun ko‘ndalangi bo‘yicha kesib o‘tib,
fibrillalarni bir boylamda ushlab turadi hamda bir vaqtda ko‘p fibrillalar
A- va I-disklarining joylashishini tartibga soladi.
Bir Z-chiziqdan ikkinchisigacha bo‘lgan miofibrillalar boylami
sarkomerni hosil qiladi va har bir sarkomerga kiradi:
1) ko‘ndalang
naychalar turi, ular tolaning ko’ndalang o‘qiga
nisbatan to‘g‘ri burchak orqali joylashgan va hujayraning tashqi yuzasi
bilan bog‘lanadi;
2) hujayraning 8-10% ini tashkil etuvchi sarko‘plazmatik retikulum;
3) bir necha mitoxondriylar.
Elektron mikrosko‘pda miofibrill strukturalarning
agregatlar sifatida
mavjudligi aniqlandi. Ular diametri 14 nm, uzunligi 1500 nm va bir-
biridan 20-30 nm oraliqda joylashgan yo‘g‘on filamentlar va ular
o‘rtasida diametri 7-8nm bo‘lgan ingichka filamentlardan iborat. A-
diskning ko‘ndalang kesimida filamentlarning
ikkilamchi geksagonal
to‘r hosil qilishi ko‘rinadi, ya’ni filamentlarning har biri boshqa turdagi
olti filament bilan o‘ralgan. Tinch holatda H zonada ingichka,
I diskda
esa qalin filamentlar bo‘lmaydi. Qalin filamentlar miozindan,
ingichkalar – aktindan iborat. Qisqarishda sarkomer o‘zining birlamchi
uzunligiga nisbatan 25-30%ga kaltalashadi.
Maksimal qisqarishda
to‘qnash keluvchi ingichka filamentlar bir-biri bo’icha siljiydi va qisman
bir-birini yopadi. Ayni vaqtda qalin filament uchlari sarkomer ikkala
Z-chiziqlari bilan bog‘lanadi.