• (glyukozuriya)
  • galaktozuriya ham uchraydi. Keton (atseton) tanachalari
  • Qon – siydikda qizil qon tanachalari ( gematuriya) yo




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet244/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    Qon
    – siydikda qizil qon tanachalari (
    gematuriya) yo
    ki erigan qon
    pigmentlari
     (gemoglobinuriya) 
    sifatida aniqlanishi mumkin.
    Gematuriyalar buyrak va buyrakdan tashqari bo‘lishi mumkin. Buyrak
    gematuriyasi – o‘tkir nefritni asosiy simptomi. Buyrakdan tashqari
    gematuriya siydik yo‘llari yallig‘lanish jarayonlari yoki jarohat olganda
    kuzatiladi. Gemoglobinuriya gemoliz va gemoglobinemiya bilan odatda
    bog‘liqdir. Gemoglobinni plazmadagi miqdori 1 g/l dan ortgandan keyin
    u siydikda paydo bo‘ladi. Gematuriyani odatda sitologik tekshiruv
    (siydik cho‘kmasini mikrosko‘p ostida tekshirish), gemoglobinuriyani
    esa kimyoviy yo‘l bilan aniqlash mumkin.
    Glyukoza
    – me’yorda odam siydigida minimal miqdorda glyukoza
    bo‘ladi. Ularni oddiy sifat reaksiyalari bilan aniqlab bo‘lmaydi.
    Patologik holatlarda glyukozani siydikdagi miqdori ko‘payadi
    (glyukozuriya)
    . Masalan, qandli diabetda siydik bilan ajralayotgan
    glyukoza miqdori sutka davomida bir necha o‘n grammga yetishi
    mumkin.
    Ba’zida siydikda boshqa uglevodlar, xususan fruktoza, galaktoza,
    pentoza aniqlanishi mumkin. 
    Fruktozuriya
    fruktozani glyukozaga
    aylantiruvchi fermentlarni irsiy yetishmovchiligida kuzatiladi;
    shuningdek, irsiy 
    pentozuriya 
    va irsiy
     galaktozuriya
    ham uchraydi.
    Keton (atseton) tanachalari
    – me’yoriy siydikda bu birikmalar
    juda kam miqdorda (0,01 g sutkada) uchraydi. Ular oddiy sifat sinamalari
    bilan (Legal, Lange va boshqa nitroprussid sinamalari) aniqlanmaydi.
    Keton tanachalari ko‘p miqdorda chiqarilganda sifat sinamalari ijobiy
    bo‘ladi. Bunday patologik holat ketonuriya deb ataladi. Masalan: qandli


    diabetda kuniga 150 g gacha keton tanachalari chiqarilishi mumkin.
    Siydikda hech qachon atseton, atsetosirka kislotasi bo‘lmaydi, yoki
    aksincha, chiqarilmaydi. Odatdagi nitroprussid sinamalari nafaqat
    atsetonni, balki atsetosirka kislotani borligini aniqlashga imkon beradi;
    β
    – oksimoy kislotasi siydikda keton tanachalari (qandli diabet va
    boshqalar) juda ko‘payganda paydo bo‘ladi.
    Keton tanachalari siydik bilan nafaqat qandli diabetda, balki
    ochlikda, ovqat tarkibida uglevodlar bo‘lmaganida ajralishi bilan bog‘liq
    kasalliklarda kuzatiladi. Masalan: tireotoksikozda, qon quyilishida, kalla
    – miya jarohatlarida. Ilk yoshlik davrida oshqozon-ichak yo‘li uzoq
    davom etadigan kasalliklari (dizenteriya, toksikozlar) ochlik natijasida

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qon – siydikda qizil qon tanachalari ( gematuriya) yo

    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish