443
Mioglobin polipeptid zanjiri gem atrofida o‘ralgan, egilgan, ixcham
joylashgan naychaga o‘xshaydi.
Mioglobinning asosiy vazifasi mushaklarda kislorodni tashish.
Mushak qancha ko‘p ish bajarsa, ularda mioglobin miqdori shuncha
ko‘p, shuning uchun ular qizil rangga bo‘yalgan. Organizmga
tushayotgan kislorodning 14% mioglobinda saqlanadi. Bu oqsilning
kislorod bilan faol bog‘lanish qobiliyati (gemoglobinga nisbatan
kislorod bilan bog‘lanishi 5 marotaba yuqori) mushak to‘qimasida
kislorod zaxirasini hosil qilishga imkon beradi.