Biokimyo pmd




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/273
Sana21.05.2024
Hajmi4,12 Mb.
#249242
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   273
Bog'liq
Sobirova-R.A-biokimyo

Kreatinfosfat + ADF 





 kreatin + ATF
ATFning bunday resintezlanish yo‘li juda tez va samaralidir.
Kreatinfosfatning mushakdagi zaxirasi ko‘p emas, shuning uchun
ATF asosan glikoliz va to‘qima nafas olish jarayonida hosil bo‘ladi.
Mushak to‘qimasida kreatinfosfat faqat energiya manbai bo‘lmasdan,
balki to‘qima nafas olishi va oksidlanuvchi fosforlanish davrida hosil
bo‘luvchi makroergik fosfat bog‘larning transport rolini bajaradi. Yurak
mitoxondriyasi matriksida sintezlangan ATF ichki membrana orqali
spesifik ATF-translokaza ishtirokida ichki membrana tashqi tomonida
joylashgan mitoxondrial kreatinkinaza izofermenti faol markaziga
o‘tkaziladi: membranaaro bo‘shliqda magniy ionlari ishtirokida muhitda
kreatin bo‘lganda uchlamchi ferment-substrat kompleksi –
kreatinkinaza-ATF-Mg
+2
hosil bo‘ladi, u keyin kreatinfosfat va ADF-
Mg
+2
ga parchalanadi.
Kreatinfosfat sitoplazmaga chiqadi va ADFning refosforlanishida
miofibrilladagi kreatinkinaza reaksiyasida ishlatiladi.
Mushak bir me’yorda ishlaganda o‘zining energetik sarflarini aerob
metabolizm hisobiga amalga oshiradi, ko‘p ishlaganda esa glikolitik
yo‘l bilan energiya bilan ta’minlanadi.
Muskulda umumiy ATF miqdori muskul massasining 1g ga taxminan
5 mk mol ni tashkil etadi. ATF sintezi to‘xtaganida bu miqdor taxminan


445
1 sekundli ishga yetadi. Bundan 1 g muskulga har sekundda 5 mkmol
atrofida ATF sintezlanib turishi kerak degan xulosa kelib chiqadi. Mana
shunga asoslanib, tanadagi muskullarning 1/3 qismi (taxminan 10 kg
muskul) ishga tushadigan va ish 10 daqiqa davom etadigan bo‘lsa, shu
vaqt ichida 1,5 kg atrofida ATF sintezlanishini (va xuddi shunchasi
ADFga aylanishini) hisoblab chiqish mumkin. Bu raqam taxminiy bir
kattalik bo‘lib, ko‘p darajada ishning jadalligiga bog‘liq bo‘ladi.
Yurak muskuli bir kecha-kunduzda 100000 martadan ko‘ra ko‘proq
qisqarib, 7200 l atrofida qonni haydab beradi. Miokard tuzilishi va
xossalari jihatidan qizil skelet muskullariga o‘xshaydi. Yurak
muskulidagi energiya almashinuvining xususiyati uning tabiatan
butunlay deyarli aerob bo‘lishidir.
Yurak mushagida ATF va kreatinfosfatning miqdori skelet
mushagiga nisbatan kam, ATFning sarflanishi esa yuqori. Shuning uchun
miokardda ATFning resintezi skelet mushagiga nisbatan jadalroq boradi.
Yurak mushagi uchun energiyaga boy fosforli birikmalarning hosil
bo‘lish yo‘li bo‘lib, kislorodni sarflanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
oksidlanuvchi fosforlanish hisoblanadi. Shuning uchun ham yurak
mushagi kislorodning yetishmovchiligiga juda sezgir.
Skelet mushagiga nisbatan yurak mushagidagi modda
almashinuvining o‘ziga xos tomoni bo‘lib, unda yog‘ kislotalarining
oksidlanishi hisoblanadi. Yurak mushagida yog‘ kislotalarning
oksidlanishi uchun 65-70%, uglevodlarning oksidlanishi uchun esa 30-
35% kislorod sarflanadi. Olein kislota miokardda juda yaxshi
oksidlanadi.

Download 4,12 Mb.
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   273




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish