• 123-rasm. Hujayralararo modda molekulalari bilan tashqi yuzasining o‘zaro ta‘siri Biriktiruvchi to‘qimaning qarilik, kollagenozlarda o‘zgarishi
  • Hujayralararo matriksning struktura tuzilishi




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet261/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

     Hujayralararo matriksning struktura tuzilishi
    Fibronektinni talaygina hujayralar sintezlab, hujayralararo
    bo‘shliqqa chiqarib turadi. Hujayralarning yuzalarida, bazal
    membranalarda, biriktiruvchi to‘qima hujayralararo moddasining
    bag‘rida, shuningdek qon plazmasida fibronektin bor.
    Fibronektin hujayralar plazmatik membranasi sialoglikolipidlari
    (gangliozidlar) yoki sialoglikoproteinlarning uglevodli guruhlariga,
    shuningdek, kollagen, gialuronat kislota va sulfirlangan
    glikozaminoglikanlarga birikadi. Mana shu birikmalardan har biri
    uchun fibronektin molekulasida maxsus biriktirish markazi bor. Shu
    tariqa polivalent bo‘lgani uchun fibronektin hujayralararo modda
    tuzilishida integratsiyalovchi rol o‘ynay oladi. Bundan tashqari
    fibronektin molekulasida bitta oqsil molekulasining glutamin qoldig‘i
    bilan ikkita oqsil molekulasining lizin qoldig‘i o‘rtasidagi reaksiyani
    katalizlab, ularni bir-biri bilan choklab qo‘yadigan ferment –
    transglutaminazani biriktirib olish markazi bor:
    Glu-NH
    2
    +H
    2
    N-Lyz

    Glu-NH-Lyz+NH
    3
    Transglutaminaza fibronektinga birikib olganidan keyin
    fibronektin molekulalarini bir-biriga, kollagenga va boshqa oqsillarga
    ko‘ndalang choklar bilan choklab qo‘yadi. O‘z-o‘zidan yig‘ilish
    vujudga kelish yo‘li bilan paydo bo‘ladigan strukturalar shu usulda
    mustahkam kovalent bog‘lar bilan o‘rnashib qoladi.


    123-rasm.
    Hujayralararo modda molekulalari bilan tashqi
    yuzasining o‘zaro ta‘siri
    Biriktiruvchi to‘qimaning qarilik, kollagenozlarda o‘zgarishi
    Qarilikda biriktiruvchi to‘qimada suv va asosiy moddaning tolaga
    nisbati kamayadi. Bu koeffitsiyentning pasayishi kollagen miqdorining
    ortishi va glikoproteinlar konsentratsiyasining pasayishi hisobiga
    bo‘ladi. Birinchi navbatda gialuron kislota miqdori kamayadi.
    Kollagenning fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgaradi (kollagen eruvchi
    fraksiyalari pasayadi, molekulalar ichidagi ko‘ndalang bog‘lari soni va
    mustahkamligi ortadi, elastikligi va bo‘kish xususiyati pasayadi,
    kollagenazaga rezistentligi rivojlanadi va h.k.). Kollagen tolalarning
    struktur stabilligi, ya’ni biriktiruvchi to‘qima fibrillalarining yetilish
    jarayoni kuchayadi. Qarilikda metabolik jarayonlarni o‘zgarishi
    natijasida kollagenning molekulyar strukturasi o‘zgaradi.
    Biriktiruvchi to‘qimaning ko‘p o‘zgarishlari orasida kollagenozlar
    asosiy o‘rinni egallaydi. Ular uchun biriktiruvchi to‘qima struktur
    tarkibiy qismlarining o‘zgarishi o‘ziga xos bo‘lib hisoblanadi (tola,
    hujayra, hujayraaro asosiy modda). Kollagenozlarga revmatizm,
    revmatoid artrit, sistemali qizil bo‘richa, sistemali sklerodermiya,
    dermatomiozit va tugunchali pereartrit kiradi. Infeksion-allergik
    nazariya kollagenozlarning kelib chiqishida asosiy bo‘lib hisoblanadi.
    Revmatoid artritli kasallarda yallig‘lanish jarayonining faolligini
    aniqlash uchun qon zardobida glikoproteinlar miqdorini aniqlashdan
    keng foydalaniladi.
    460


    Revmatik artrit biriktiruvchi to‘qimaning sistemali kasalligi bo‘lib,
    kollagen va proteoglikanlar almashinuvining o‘zgarishi bilan kechadi.
    Shuning uchun, glikozaminlar miqdorini qon zardobida aniqlash muhim
    diagnostik ahamiyatga egadir. Bu maqsadda qon zardobida DNK va
    RNK miqdori ham aniqlanadi. Kollagenozlarda interfibrillyar modda –
    proteoglikan va kollagen bo‘lmagan oqsillarning metabolizmi keskin
    o‘zgaradi. Geksozamin va gialuron kislotalar miqdori ortadi, kollagen
    bo‘lmagan oqsillar to‘planadi. Kollagen tolalarning parchalanishi
    kuchayishi kuzatiladi. Faol revmatik jarayonda kollagen fibrilalari
    destruksiyasining ortishi kollagen va oksiprolin saqlovchi yirik
    peptidlarning qon zardobida paydo bo‘lishiga olib keladi. Natijada
    kollagenozlarda erkin oksiprolin va kichik peptidlar bilan bog‘langan
    peptidlarning ekskretsiyasi kuzatiladi (oksiprolinning siydik bilan
    me’yorda ajralishi 15 mg/sutka). Uning miqdorining ortishi revmatik
    jarayon faolligiga to‘g‘ri proporsional va uning mezoni bo‘lishi mumkin.
    Oksiprolinning kollagenozlardagi ekskretsiyasi glyukokortikosteroid
    preparatlari bilan me’yorlanadi.
    Kollagen gidrooksillanishini buzilishi singa kasalligidagi
    biokimyoviy yetishmovchiliklaridagi nuqsonlardan biridir. Askorbat
    kislota bo‘lmaganda yoki yetishmaganda sintezlangan kollagen
    gidroksillanmagan bo‘ladi, natijada, past erish temperaturasiga ega.
    Bunday kollagen normal strukturali tolani hosil qila olmaydi. Bu esa
    terining jarohatlanishi va tomirlarni yorilishiga olib keladi, bu singada
    aniq rivojlangan.


    462
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    Ò.Ò. Áåðåçîâ, Á. Êîðîâêèí. Áèîëîãè÷åñêàÿ õèìèÿ.
    Ìîñêâà «Ìåäèöèíà» 1990.
    Ð. Ìàððè è äð. Áèîõèìèÿ ÷åëîâåêà. Ò. 1. Ìîñêâà «Ìèð» 1993.
    ß. Êîëüìàí, Ê.-Ã. иì. Íàãëÿäíàÿ áèîõèìèÿ. Ìîñêâà «Ìèð» 2000.
    A.Ya. Nikolayev. Biologik kimiyo. Toshkent. Ibn Sino nomidagi
    nashriyot. 1991.
    À. Óàéò è äð. Îñíîâû áèîõèìèè. Ìîñêâà. Èçäàòåëüñòâî «Ìèð» 1981.
    Ò.Ò. Áåðåçîâ, Á. Êîðîâêèí. Áèîëîãè÷åñêàÿ õèìèÿ.
    Ìîñêâà «Ìåäèöèíà» 2004.
    À. Ëåíèíæåð. Îñíîâû áèîõèìèè. Ìîñêâà «Ìèð» 1985.
    Ìîëåêóëû è êëåòêè. Ïîä ðåä. Ã. Ì. Ôðàíêà. Ìîñêâà.
    Èçäàòåëñòâî «Ìèð» 1967
    À.ß.Íèêîëàåâ. Áèîëîãè÷åñêàÿ õèìèÿ. Ìîñêâà. 2004.


    463

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hujayralararo matriksning struktura tuzilishi

    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish