456
Qaytariluvchi birlikda ko‘p bo‘lmagan miqdorda iduron kislota
o‘rniga glyukuron kislota bo‘lishi mumkin. Bu glikozaminlar
xondroitinsulfatlardagi kabi polipeptid o‘zan bilan bog‘langan.
Keratansulfatlar
Keratansulfat I
va II quyidagi qaytariluvchi
disaxarid birlikka ega:
D-galaktoza qoldig‘i N-atsetilglyukozamin-
qoldig‘i 6-sulfat
Lekin ular bir-biridan uglevodlarni umumiy miqdori bilan farqlanadi
va turli to‘qimalarda uchraydi. Ko‘z
shox qabatidan ajratilgan
keratansulfat I fukoza, sial kislotasi va mannozani ham saqlaydi.
Qaytariladigan birliklardan tuzilgan uning oligosaxarid zanjiri polipepid
o‘zani bilan qon zardobidagi glikoproteidlarga o‘xshab N-
atsetilglyukozaminil-asparaginil bog‘ yordamida bog‘langan. Tog‘ay
va suyaklardan ajratilgan keratansulfat II
disaxarid birlikka kiruvchi
uglevodlardan tashqari N-atsetilglyukozamin, fruktoza,
sial kislota va
mannozani saqlaydi. Keratansulfat II aminosaxarid zanjiri oqsil bilan
serin yoki treonin orqali N-atsetilgalaktozamin bilan O-glikozid bog‘
hosil qilish orqali bog‘langan.
Geparin va geparansulfat
Geparin ko‘pchilik
hujayralarni yuzasida
bo‘ladi. U shuningdek semiz hujayralarni hujayra ichi komponenti
hamdir. Uni qaytariluvchi disaxarid birligi quyidagi strukturaga ega:
Geparinning qaytariluvchi birligi
457
Ba’zi glyukozamin qoldiqlar N-sulfat guruh o‘rniga
N-atsetil
saqlaydi. Geparansulfat o‘xshash disaxarid birliklardan iborat, lekin
ko‘proq N-atsetil, kamroq N-sulfat guruhlarni
saqlaydi va O-sulfatlanish
darajasini pastligi bilan xarakterlanadi. Dermatansulfat kabi D-
glyukuron kislota o‘rniga oz miqdorda iduron kislota saqlashi mumkin.
Geparin muhim antikoagulyantdir.