Biokimyo pmd




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/273
Sana21.05.2024
Hajmi4,12 Mb.
#249242
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   273
Bog'liq
Sobirova-R.A-biokimyo

10-jadval


96
kodi uchta nukleotid kombinatsiyasidan iborat bo‘lishi lozim. Bunday
sistema 4

= 64 aminokislotani kodlashtiradi. Shunday qilib, 20 xil
aminokislotani har birini polipeptid zanjiriga kiritish uchun biologik
kod 3 nukleotid kombinatsiyasidan iboratdir (triplet) (10-jadval). Har
bir aminokislota mRNKda bir yoki bir necha tripletlar yordamida
kodlanishini Krik tomonidan eksperimental tasdiqlangan.
Kodon ma’nosi: mRNK o‘rniga poli – U ishlatish yo‘li bilan
Nirenberg va Mattey (1961) o‘tkazgan tajriba. Nirenberg va Mattey
E.Colining hujayrasiz sistemasiga polinukleotidfosforilaza yordamida
sintezlangan poli – U va radioaktiv uglerod bilan nishonlangan
aminokislota qo‘shib tajriba o‘tkazganda oqsil molekulasiga 
14
C ga ega
bo‘lgan fenilalanin birikkani ma’lum bo‘lgan. Bu tajribaga asosan
fenilalanin UUU tripleti yordamida polipeptid zanjiriga biriktirilishi
(kodlanishi) mumkin. UUU xuddi shunday yo‘l bilan fenilalaninni,
lizinni AAA tripleti kodlashtirishi aniqlangan. Shunday qilib, sintetik
polinukleotidlar yordamida aminokislotalar polimerlari – poli–fen, poli–
pro, poli–liz hosil qilingan.
Polinukleotidfosforilaza – bakterial ferment bo‘lib, 1955-yilda
Ochao va Gryunberg – Manago tomonidan ochilgan,
nukleozidfosfatlardan polinukleotidlarning sintezlanishi reaksiyasini
28-rasm.

DNK genetik axborotining RNK shakliga va spetsifik oqsil
molekulasiga o‘tkazilishi.


97
tezlatadi. Masalan: UDFdan poli U hosil bo‘lishi (UDF 

poli – U).
Bu fermentning biologik roli aniqlanmagan, lekin u genetik kodni
aniqlashda ahamiyatga egadir.
Genetik kodning xarakterli xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
1. Biologik kod triplet hisoblanadi.
2. Bir aminokislota uchun bir necha kod bo‘ladi (1 dan 6 gacha
triplet). Faqatgina metionin va triptofanni kodi bitta bo‘ladi.
3. Kod uzluksiz bo‘ladi, ya’ni ularning o‘rtasida ajratish belgilari
bo‘lmaydi, shuning uchun o‘qish to‘g‘ri joydan boshlanishi kerak.
4. Kod universal xarakterga ega. Barcha tirik organizmlar uchun bir
xil aminokislotani kodlashtiradi.
5. Hammasi bo‘lib 64 ta triplet kod bo‘lib, 61tasi 20 xil
aminokislotani kodlaydi, qolgan 3tasi – UGA, UAA, UAG – ma’nosiz
(nonsens) triplet bo‘lib, birorta aminokislotani kodlashtira olmaydi. Ular
translyatsiyani chegaralash funksiyasini bajaradi, shu sababli stop-
kodonlar deb ataladi.
Komplementarlik prinsipi nukleotidlar uchun xarakterli hisoblanadi,
lekin nukleotidlar va aminokislotalar o‘zaro komplementar bo‘la
olmaydi. Shuning uchun aminokislotalar kodonlar yordamida polipeptid
zanjirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri birika olmaydi. Aminokislotalarni
mRNKning ma’lum uchastkasiga biriktirish «adaptor»lar yordamida
yuzaga kelishi tRNK ochilishiga qadar ma’lum edi.
Krik 1958-yilda tRNKning adaptorlik roli haqidagi taxminni o‘rtaga
tashladi. Aminokislota tRNKga birikib, o‘zining triplet kodi bilan
birikish xossasiga ega bo‘ladi.
tRNK molekulasida aminokislotani bog‘lovchi akseptor qism bor.
Bundan tashqari modifikatsiyaga uchragan nukleotid asoslarini tutuvchi
antikodon uchastkasi ham bor. Antikodon kodonga komplementar triplet
tutadi. Bu triplet mRNKdagi komplementar kodon bilan spetsifik
vodorod bog‘lari hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Shuning uchun transport
qilinayotgan aminokislota sintezlanayotgan polipeptid zanjirda to‘g‘ri
holatni egallaydi. Bir aminokislota uchun bir necha tRNK bo‘lishi
mumkin va ular izoakseptor tRNKlar deb ataladi. Hozirgi vaqtda 60 xil
tRNK ochilgan, ko‘pchilik tRNKlarni molyar og‘irligi 24000-29000.
O‘z molekulasida 75 dan 85 tagacha nukleotid saqlaydi, ulardan 8 va
undan ko‘prog‘i modifikatsiyalangan asoslardir. Barcha tRNKlarni
uchlamchi strukturasi bir-biriga juda o‘xshash. Barcha ochilgan
tRNKlarning birlamchi strukturasi aniqlangan.


98

Download 4,12 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   273




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish