152
yagona sistemasi. Dezoksiribo-nuklein kislotasi (DNK) molekulasida
ma’lum
tartibda joylashgan muayyan sondagi nukleotidlar sintezlanayotgan oqsil
zanjirining tarkibidagi aminokislotalar xili, soni, ularning joylashish tartibini
belgilab beradi. DNK molekulasidagi nukleotidlar 4 xil
bо‘lib
,
ular adenin-A,
timin-T, guanin-G va sitozin-S lardan iborat. Tabiatda 300 ga yaqin
aminokislotalar uchraydi, lekin tirik organizmlardagi oqsillar tarkibiga 20 ta
aminokislota kiradi.
Hujayrada oqsilning sintez qilinishi jarayonida uning tarkibidagi har bir
aminokislotaning joylanishi uchta nukleotid tomonidan kodlanadi. Uni triplet
(uchlik) yoki kodon deb ataladi. Demak, DNK molekulasidagi kodonlarning
joylashish tartibi ular sintez qiladigan oqsil
molekulasi tarkibidagi
aminokislotalarning joylashish tartibini ifodalaydi. Oqsil molekulasida
aminokislotalar soni qancha b
о‘lsa
, DNK ning shu oqsilni ifodalovchi,
ya’ni
sintez qilinishini
ta’min
etuvchi qismi
bо‘lgan
gen
ham shuncha kodondan
tashkil topadi.
Oqsilning sintezida DNK va uning qismi
bо‘lgan
gen emas, balki boshqa
nuklein kislota
—
ribonuklein kislota (RNK) ishtirok etadi. U uch xil:
informatsion
—
iRNK, transport
—
tRNK va ribosoma
—
rRNK. iRNK DNK
asosida sintez qilinib undagi genetik axborotni ribosomalarga olib keladi,
iRNK tarkibida ham DNK dagi kabi 4 xil nukleoidlar mavjud.
Ularning
uchtasi
—
A, G, S DNK dagi kabi, fakat iRNK da T ning
о‘rniga
U-uratsil
uchraydi; tRNK sitoplazmadagi aminokislotalarni ribosomalarga yetkazib
beradi. Ribosomalarda aminokislotalar
ma’lum
tartibda ketma-ket ulanib
polipeptid zanjir sintezlanadi. Ularning
ma’lum
sonda birikishi tufayli oqsillar
hosil
bо‘ladi
. Oqsillar organizm belgi va xususiyatlarining
rivojlanishida
ishtirok etadi.
Hozirgi vaktda barcha aminokislotalarning kodonlari aniklangan. 20 xil
aminokislotalarning ikkitasi faqat bir xil kodon bilan, qolganlari esa ikki va
undan ortiq kodonlardan bittasi orqali kodlanadi. Masalan lizin aminokislotasi
AAA yoki AAG, serii esa
—
UTSU yoki UTSS bilan kodlanadi. 64 tripletdan
153
3 tasi
—
UAA, UAG, UGA aminokislotalarni kodlamaydi va polipeptid zanjir
sintezi tugaganini bildiradi. Ular terminatsiya signalini beradi.