158
40-rasm.
O‘
simlikni in vitro usulida k
o‘
paytirish.
Protoplastlaming
qo‘shilishidan
hosil
bo‘ladigan
o‘simlik
regenerantlarini tayyorlash mumkin. O‘simlik hujayra qobig‘ini ferment
yordamida gidrolizlab, “kiyimsiz”
hujayra yoki protoplastlar
i ajratiladi.
“Tashqi qobig‘i” yo‘q hujayralarni bir
-
birlari bilan qo‘shilishini, o'simlik
hujayralarining bunday qo‘shilishi hayvon hujayralarining qo‘shilishiga
o‘xshasa ham, biroq jiddiy farqlar mavjuddir. Hayvon hujayralari qo'shilsa,
yangi hujayra hos
il bo‘ladi, o'simlik protoplastlari qo'shilishidan ham gibrid
hujayra hosil bo‘lib, so‘ng o'simlik shakllanadi. Paraseksual gibridlanish
asosida
filogenetik
bir-
biridan uzoq, jinsiy yo‘l
bilan chatishtirib
bo'lmaydigan, o‘simlik turlarini gibridlash mumkin
. Mazkur usul orqali
gibridlanayotgan ikki tur o'simliklaridagi genlarni har xil variantlarda
o‘zgartirish mumkin.
Ikki
xil
protoplastlarni
qo‘shilishini
ta’minlaydigan
induktor
polietilenglikol yoki o‘zgaruvchan elektr maydoni bo‘
lishi kerak.
Aralashma oynaga tomizilib, 15-
20 daqiqadan keyin qo‘shilgan
aralashma ajratilib, maxsus ozuqali muhitda o‘stiriladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng,
hujayra qobig‘i regeneratsiyaga uchrab, u gibridga aylanadi.
159
Shunday somatik gibridlardan birlamchi
va ikkilamchi metabolitlami
ajratish mumkin. Birlamchi metabolitlardan amaliyot uchun o‘simlik
fermentlari katta ahamiyatga ega.
O‘simlik fermentlarining ba’zilari mikroorganizm fermentlariga nisbatan
kam toksik xususiyatga ega bo‘lib, toza holda bo‘lmasa ham sanoat va
tibbiyotda ish
latish mumkin. O‘simlik hujayralari turli metabolitlami
sintezlaydi. O‘simlik hujayralari sintezlaydigan ikkilamchi metabolitlami
ko‘pchiligini laboratoriya sharoitida sintezlab bo‘lmaydi. Shunday qilib,
o‘simlik
hujayralari tomonidan
sintezlanadigan juda
ko‘p metabolitlar sanoat
va tibbiyotda keng ishlatiladi. O
‘simlik hujayralarini klonlash, maqsadga
muvofiq mutatsiyaga uchatish orqali gen muhandisligi asosida arzon, sifatli,
miqdori ko‘p bo'
lgan
metabolitlar olinib, har xil maqsadlarda ishlatilmoqda.
Ikk
ilamchi modda almashinuvi asosida hosil bo‘ladigan
ko‘pchilik
mahsulotlar, hozirgi kunda, o‘simlik hujayrasi ishtirokida
laboratoriya va
sanoat miqyosida ajratib olinmoqda. Jumladan, yurak glikozidlari, steroid,
alkoloid va boshqa qimmatli
dori-darmon yuqorida
ko‘rsatilgan usul asosida,
o'simlik
hujayralaridan
ajratish
yo'lga
qo‘yilgan. Mazkur sohaning
muammolaridan biri shuki, genetik turg‘un
o‘simlik hujayralarini yaratishdir.
Ma’lumki, metabolitlar hujayra
shirasida yoki vakuolalarda to‘planadi. Bu
o'rin
da shuni aytib o‘tish
joizki, hozirgi kunda
gen muhandisligi ushbu
metabolitlarni ajratish,
tozalash o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega ekanligi bilan
ancha muammo
tug‘dirmoqda. O‘simlik hujayralarini genetik transformatsiya
qilish yaxshi riatijalar bermoqda. Transformatsiyaning
mohiyati shundan
iboratki, protoplastlarga maqsadli genetik axborot kirgizilib, keying bosqichda
klonlash va regeneratsiya asosida to‘liq o'simlik hujayrasi
hosil qilinadi (gen
muhandislik texnikasi keyingi bobda yozilgan).