Biokimyo va molekulyar




Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/123
Sana27.05.2024
Hajmi1,86 Mb.
#255326
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar

 
 


161 
Plazmidlar 
Bular bakteriya hujayralaridagi halqasimon DNK boiib, genetik 
materiallarning bir qismini tashkil qilsalar ham, biologik ahamiyati kattadir. 
Ular baktenyalarmng har xil toksik moddalarga rezistentligini, jumladan, 
antibiotiklarga chidamli yoki chidamsizligini, ozuqa 
moddalami o‘zla
shtirish 
qobiliyatini ham belgilaydi. Bakteriya hujayralaridagi plazmidlar soni bittadan 
yuztagacha 
bo‘lib, ularning
replikatsivasi xromosomalarga bog'liq bo‘lmay,
avtonom holda kecha
di. Piazmidlar xromosomalarga nisbatan turg‘un bo‘lmay, 
genetik axborotlarni mobil (yen
gil, tez o‘tkazuv
chi, tashuvchi) holda 
saqlovchidir. Hujayralarda genlarning konyugatsiyasi faqat piazmidlar orqali 
amalga oshadi. 
Ular deyarli barcha bakteriyalarda mavjuddirlar. Plazmidalarning 
ba’zilari o‘zlarining bo
shq
a hujayraga o‘tkazili
shi haqidagi axborotni 
saqlaydilar (F-plazmidalar), boshqalarida antibiotiklarga chidamli genlar (R-
plazmidalar) yok
i g‘alati metabolitlarning utillani
shi
ga ma’s
ul genlar 
yig'indisi joylashg
andir (degradatsiya plazmidalari). Ma’lum funksi
yalarni 
bajaradigan genlar tutuvchi aniqlanmagan plazmidalar (kritik plazmidalar) 
ham borligi ko‘rsatilgan. Plazmidalarning kattaligi 1 ming juft nukleotidlardan 
kamroq 500 ming j
uft nukleotidlardan ko'proq oralig‘idadir. Har bir 
plazmidada replikatsiya boshlanilish sayti joylashgan (ori), bu saytsiz 
plazmida xo'jayin hujayrasida replikatsiyaga kirishm
aydi. Hujayrada ba’zi 
plazmidalar 10-100 nushalar bilan ifodalangan. Kam nushali (1-4) plazmidalar 
ham hujayralarda uchrab turadi. Plazmida DNKsi odatda umumiy hujayra 
DNKsini 0,1-5,0% tashkil etadi. 
Avtonom ravishda replikatsiyalanuvchi genetik elementlar sifatida 
plazmidalar 
klonirlangan 
DNKni 
o'tkazishga 
m
o‘
ljallangan 
asosiy 
xususiyat
larga egalar. Ammo, ko‘pin
cha tabiiy, (modifikatsiyalanmagan) 
plazmidalar “
yuq
ori sifatli,” vektorlarga xos bo‘igan ba’zi xususi
yatlardan 
mahrumlar. Bunday muhim xususiyatlarga quydagilar kiradi: 


162 
1. Plazmidani kichik hajmi. Ekzogen DNKni E.coliga 
o‘ti
shining 
samaradorligi, plazmidani kattaligi 15 m.j.n.dan. ko‘p bo‘lsa pasa
yadi. 
2. Plazmidada unikal restriktsiya sayti mavjud bo‘li
shi kerak, unga 
donor DNKsini o‘tkazish mumkin.
3. 
Rekornbinant 
DNK 
tutuvchi 
retsipiyent 
hujayralarning 
identifikatsiyalash uchun plazmidada bir va undan ortiq selektiv genetik 
markerlar mavjud bo‘li
shi kerak. 
Yuqorida keltirilgan xususiyat
larga ega bo‘lgan plazmida vektorlari gen 
injenerligi yo‘li bilan 
yaratiladi. 
Plazmidlarning molekulalari ma’lum modifikatsiya qilingandan so‘ng, 
vektor sifatida foydalaniladi. Avval uni halqa holatiga to‘g‘ri yo‘naltirilgan 
restriktazalar orqali keltiriladi. Hosil bo'lgan DNKning oxiri to‘mtoq holda 
bo'ladi. Tekis plazmidali DNK to‘mtoq tomoni oxirida maxsus 
oligonukleotidlar hosil qilinadi, ulami linkyorlar yoki yopishqoq tomonli 
linkyorlarga fermentlar yordamida DNK bog'lanadi. 
Hosil qilingan vektor va unga bog‘langan kDNK hujayra genomiga 
kirgiziladi. 
Kirgizilgan 
begona 
DNK 
hujayra 
genomini 
o'zgartirib, 
transformirlangan holatga keltiradi. 
Bu hujayralar maqsadga asosan 
seleksiyalanishi yoki klonlanishi mumkin. Hozirgi kunda vektorlaming ikki 
xili ma’lum bo'lib, ular oddiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Oddiy velctorlar 
klonlanganda ko‘p miqdordagi genlardir, maqsadlilarini ajratib, genlar 
“kutubxonasi” ni 
yaratish mumkin.
Maxsus vektorlar esa genlarning ekspressiyas
iga aloqador bo‘ladi.
Oddiy vektorlar har xil hujayralardagi genlarni ajratish va ularni
o‘rganish 
uchun ishlatilsa, maxsus vektorlar biotexnologiya maqsadlarda, genlarning 
ekspressiyas
ini va maqsadli mahsulotlami ko‘p
miqdorda sintezlashda 
qo'llanadi. Aynan shu maqsadda maqsadli oqsilni sintezlovchi genni hujayra 
xromosomasiga joylab, promotor bilan bo
g‘
lanadi. 

Download 1,86 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123




Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish