• Qadimgi odamlar (paleoantroplar).
  • Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar (neoantroplar).
  • Eng qadimgi odamlar – (arxantroplar)




    Download 6.63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet178/186
    Sana13.05.2023
    Hajmi6.63 Mb.
    #59241
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   186
    Bog'liq
    biologiya 10 uzb
    Kurs ishi1 surxandaryo, DVIGATELLARNING KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISH USULLARI VA ULARNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI., Science and Human, ASIL ABBOS FERRARI, abdikerimova g operatsion sistemasi, axborotni muhofaza qilish, bayonnoma, Tahorat olinayotganida o\'qiladigan duolar, Scan 20230522 (2), REFERAT O\'ZI, Shaxsiy varaqa Mohicha, Документ Microsoft Word (3), Mehnat-oila tarbiyasinig sharti sifatida, Презентация давлат хукук тарихидан
    Eng qadimgi odamlar – (arxantroplar). Arxantroplar tik yuruvchi 
    odam – homo erectus turiga kiritiladi. 1891-yili gollandiyalik olim Dyubua 
    Yava orolidan pitekantrop (maymun odam)ning suyak qoldiqlarini topgan. 
    Uning bo‘yi 170 sm, miyasining hajmi 800–1100 sm
    3
    bo‘lgan. Pitekantroplar 
    toshdan, suyakdan qurollar yasagan, olovdan foydalanishni bilgan va jamoa 
    bo‘lib yashagan. 1927–1937-yillarda Pekin atrofi dagi g‘ordan sinantrop 
    odamning suyak qoldiqlari topilgan. U 500–300 ming yil avval yashagan. 
    Sinantroplar miyasining hajmi 850–1220 sm
    3
    , bo‘yi 150–160 sm bo‘lgan. 
    Ular olov yoqishi va uni saqlashni bilganlar. Pitekantroplar, sinantroplar, 
    hozirda Homo erectus turiga kiritilib, eng qadimgi odamlar arxantroplar 
    122-rasm. Odamdagi atavizm hodisasi. 
    1 – sherbashara odam; 2 – ko‘p 
    emchakli bola; 3 – dumli bola.


    232
    233
    sanaladi. Arxantroplar o‘lgandan keyin yaqinlarini ko‘mganlar, go‘rlarini har 
    xil hayvon shoxlari, tishlari bilan bezaganlar.
    Qadimgi odamlar (paleoantroplar). Germaniyaning Neander daryosi 
    yaqinida, shu jumladan Surxondaryo viloyatining Teshiktosh g‘oridan 
    qadimgi odamning kalla, jag‘ va oyoq suyaklari topilgan. Unga neandertal 
    odam deb nom berilgan. Neandertallar 250–40 ming yil avval yashaganlar. 
    Uning peshanasi qiyali bo‘lib, iyagi yaxshi rivojlanmagan. Bo‘yi 155–165 sm, 
    miyasining hajmi 1400 sm
    3
    bo‘lgan. Ular jamoa bo‘lib yashaganlar. Ular 
    bolalarga, keksalarga va kasallarga g‘amxo‘rlik qilganlar, o‘lganlarni 
    ko‘mganlar.
    Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar (neoantroplar).
    Dastlabki neoantroplarning skeletlari 1868-yili Fransiyaning janubidagi 
    Kromanyon g‘oridan topilgan. Shuning uchun dastlabki hozirgi zamon 
    odamlari kromanyonlar deb ataladi. Ular 50–60 ming yil avval paydo 
    bo‘lgan. Kromanyonlarning bo‘yi 180 sm, miyasining hajmi 1600 sm
    3
    , iyagi 
    bo‘rtib chiqqan va peshanasi keng bo‘lgan. Ularda ma’noli nutq yaxshi 
    rivojlangan, tanasining tuzilishi bo‘yicha kromonyonlar hozirgi odamlardan 
    farq qilmaganlar. Kromonyonlar murakkab qurollarni yasay olganlar, uy 
    qurganlar, uning devorlariga ov epizodlari, raqslar, hayvonlar va odamlarning 
    tasvirini ishlaganlar. Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirganlar va dehqonchilik 
    bilan shug‘ullana boshlaganlar.

    Download 6.63 Mb.
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   186




    Download 6.63 Mb.
    Pdf ko'rish