Biologiya (2) — копия cdr




Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/50
Sana29.08.2024
Hajmi4,22 Mb.
#270046
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

 ELEKTRON RAQAMLI IMZO
Elektron xujjatlarni tarmoq orqali almashishda ularni ishlash va saqlash xarajatlari 
kamayadi, qidirish tezlashadi.Ammo, elektron xujjat muallifini va xujjatning o‘zini auten-
tifikatsiyalash, ya’ni muallifning xaqiqiyligini va olingan elektron xujjatda o‘zgarishlarning 
yo‘qligini aniqlash muammosi paydo bo‘ladi.
Elektron xujjatlarni auentifikatsiyalashdan maqsad ularni mumkin bo‘lgan jinoyatko-
rona xarakatlardan himoyalashdir. Bunday xarakatlarga quyidagilar kiradi:
- faol ushlab qolish - tarmoqqa ulangan buzg‘unchi xujjatlarni (fayllarni) ushlab qola-
di va o‘zgartiradi.
- Maskarad-abonent S xujjatlarni abonent V ga abonent A nomidan yuboradi
- renegatlik-abonent A abonent V ga xabar yuborgan bo‘lsada, yubormaganman 
deydi; 
- almashtirish-abonent V xujjatni o‘zgartiradi, yoki yangisini shakillantiradiva uni ab-
onent A dan olganman deydi;
- takrorlash - abonent A abonent V ga yuborgan xujjatni abonent S takrorlaydi.
Jinoyatkorona xarakatlarning bu turlari o‘z faoliyatida kompyuter axborot texnologi-
yalaridan foydalanuvchi bank va tijorat tuzilmalariga, davlat korxona va tashkilotlariga
xususiy shaxslarga ancha- muncha zarar etkazishi mumkin.
Elektron raqamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar muallifining xaqiqiylig-
ini tekshirish muammosini samarali hal etishga imkon beradi.
Elektron raqamli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali uzatiluvchi matnlarni 
autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Raqamli imzo ishlashi bo‘yicha oddiy qo‘lyozma 
imzoga o‘xshash bo‘lib, quyidagi afzalliklarga ega:
- imzo chekilgan matn imzo qo‘ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydi
- bu shaxsga imzo chekilgan matnga bog‘liq majburiyatlaridan tonish imkoniyatini 
bermaydi; 
- imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi.
Elektron raqamli imzo-imzo chekiluvchi matn bilan birga uzatiluvchi qo‘shimcha raqa-
mli xabarning nisbatan katta bo‘lmagan sonidir. 
Elektron raqamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchanligiga hamda xabar 
tarkibi, imzoning o‘zi va kalitlar juftining o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. Bu elementlarn-
ing xatto birining o‘zgarishi raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlashga imkon bermaydi. 
Elektron raqamli imzo shifrlashning asimmetrik algoritmlari va xesh-funksiyalari yordami-
da amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo tizimining qo‘llanishida bir- biriga imzo chekilgan elektron 
xujjatlarni jo‘natuvchi abonent tarmog‘ining mavjudligi faraz qilinadi. Har bir abonent 
uchun juft - mahfiy va ochiq kalit generatsiyalanadi. Mahfiy kalit abonentda sir saqlanadi 
va undan abonent elektron raqamli imzoni shakllantirishda foydalanadi.


34
Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo‘lib, undan imzo chekilgan 
elektron xujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda foydalanadi.
Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi: 
-raqamli imzoni shakllantirish muolajasi
-raqamli imzoni tekshirish muolajasi. 
Imzoni shakllantirish muolajasida xabar jo‘natuvchisining maxfiy kaliti ishlatilsa
imzoni tekshirish muolajasida jo‘natuvchining ochiq kalitidan foydalaniladi.

Download 4,22 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish