39
qarshiligini o‘lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining
daktiloskopik qurilmasi
yarim-o‘tkazgichli datchik yordamida sig‘im qarShiligini aniqlash orqali axborotni yig‘adi.
Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha: ushbu asbobga quyilgan barmoq kondensator
plastinalarining biri vazifasini o‘taydi (6.2-rasm). Sensor sirtida
joylashgan ikkinchi plas-
tina kondensatorning 90000 sezgir plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir
sig‘im datchiklari barmoq sirti do‘ngliklari va pastliklari orasidagi
elektrik maydon kuchin-
ing o‘zgarishini o‘lchaydi. Natijada do‘ngliklar va pastliklargacha bo‘lgan masofa aniqlanib,
barmoq
izi tasviri olinadi
Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTec kompaniyasida ishlatiluvchi
usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi. Qator ishlab chiqaruvchilar biometr-
ik tizimlarni smart-kartalar va karta–kalitlar bilan kombinatsiyalaydilar. Integral sxema-
lar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik o‘lchamlari va Yuqori bo‘lmagan narxi
ularni himoya tizimi uchun ideal interfeysga aylantiradi. Ularni kalitlar uchun breloklarga
o‘rnatish mumkin. Natijada foydalanuvchi kompyuterdan boshlab to kirish yo‘li, avtomo-
billar va bankomatlar eshiklaridan himoyali foydalanishni ta’minlaydigan universal kalitga
ega bo‘ladi.