• ELEKTRON TIJORAT TIZIMLARI VA ULARNING AHAMIYATI Elektron tijorat tushunchasi.
  • Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi.
  •  «Qo‘rqinchli» (noxush) xat




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/50
    Sana29.08.2024
    Hajmi4,22 Mb.
    #270046
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi

    4. «Qo‘rqinchli» (noxush) xat.
    Internet orqali olinadigan elektron xatlarning umu-
    man noma’lum Shaxslar tomonidan jo‘natilishi va bu xatda foydalanuvchilarning Shaxsi-
    yatiga teguvchi so‘zlar bo‘lishi mumkin.
    Yuqorida keltirilgan xavflarga nisbatan quyidagi himoyalanish usullari ishlab chiqil-
    gan:
    - kalbaki manzildan himoyalanish, bu xolda Shifrlangan elektron imzolarni qo‘llash 
    taklif qilinadi;
    - xatni qo‘lga qiritishdan himoyalanish, bu xolda xabarni yoki jo‘natish kanalini Shifr-
    lash taklif qilinadi.
    Ushbu himoyalash usullari bevosita qolgan xavflarning ulushini kamaytiradi.


    51
    ELEKTRON TIJORAT TIZIMLARI VA ULARNING AHAMIYATI
    Elektron tijorat tushunchasi.
    Elektron tijorat faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 
    “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 613-II son Qonuni bilan belgilanadi va 
    amalga oshiriladi.
    Elektron tijorat Internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini 
    amalga oshirilishini ifodalash uchun qo‘llaniladi. U kompyuter tarmog‘idan foydalangan 
    holda xarid qilish, sotish, servis xizmatini ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbir-
    larini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi.
    Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi.
    Elektron tijoratning an’anaviy 
    savdo turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi:
    - xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoni-
    yatiga ega;
    - savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqar-
    ishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;
    - ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila ol-
    ishi. Bu ko‘p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda 
    bo‘lish imkoniyati;
    - kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga mur-
    ojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir 
    joyga yig‘ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va 
    xarajatlarni kamaytiradi;
    - xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar 
    hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;
    - hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash 
    va sotish imkoniyati
    - elektron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi 
    imkoniyatini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jaray-
    onini tezlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarn-
    ing aylanma xarakatini tezlashtirishi kerak bo‘ladi;
    Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini kuchaytiradi, monop-
    oliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Xaridorlar 
    kundalik xayotida kerakli mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin. Chet el firma-
    lariga murojaat qiladi.

    Download 4,22 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish