E-taildagi mavjud muammolar; Elektron pochta bilan ishlash jarayonida quyidagi xatolarga yo‘l quyish mumkin:
• xatni tasodifan jo‘natish;
• xatning noto‘g‘ri manzil bo‘yicha jo‘natilishi;
• xatlar arxivining keskin oshib ketishi oqibatida tizimning ishdan chiqishi;
• yangiliklarga noto‘g‘ri obuna bo‘lish;
• xatni tarqatish ro‘yxatida xatoga yo‘l quyish.
Agar tashkilotning pochta tizimi bevosita Internetga ulangan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilgan xa-
tolar oqibati keskin oshib ketadi. Ushbu xatolarning oldini olish usullarining ba’zi birlari
quyidagilar:
- foydalanuvchilarni o‘qitish;
- elektron pochta dasturlarini to‘g‘ri konfiguratsiyalash;
- Internetdagi protokollarga to‘liq amal qiluvchi dasturlarni qo‘llash.
Bundan tashqari elektron pochtaning Shaxsiy maqsadda ishlatilishi tashkilot raxbari-
yati uchun ba’zi bir muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki E-mail manzilida
tashkilot nomlari aks ettirilgan bo‘lishi extimoldan xoli emas. Natijada, Shaxs jo‘natayot-
gan xat tashkilot nomidan deb qabul qilinishi mumkin. SHu bois, telefonlar kabi E-maildan
Shaxsiy ishlar uchun foydalanishni cheklab quyish zarur bo‘ladi. Albatta, buni joriy qilish
qiyin masala.
Elektron pochtada mavjud xavflar va ulardan himoyalash; Elektron pochta bilan ishlash jarayonida quyidagi xavflar mavjud:
1. Jo‘natuvchining kalbaki manzili. Qabul qilingan xatni E-mail manzili aniqligiga to‘liq
ishonch xosil qilish qiyin, chunki xat jo‘natuvchi o‘z manzilini qalbakilashtirishi mumkin.
2. Xatni qo‘lga kiritish. Elektron xat va uning sarlavhasi o‘zgartirilmasdan, Shifrlan-
masdan jo‘natiladi. SHu bois, uni yo‘lda qo‘lga kiritish va mazmunini o‘zgartirishi mumkin.
3. Pochta «bomba»si. Pochga tizimiga ko‘plab elektron xatlar jo‘natiladi, natijada
tizim ishdan chiqadi. Pochta serverining ishdan chiqish xolatlari quyidagilardir:
• disk to‘lib qoladi va keyingi xatlar qabul qilinmaydi. Agar disk tizimli bo‘lsa, u xolda
tizim tamomila ishdan chiqishi mumkin;
• kirishdagi navbatda turgan xatlar sonining oshib ketishi natijasida keyingi xatlar
umuman navbatga quyilmaydi;
50
• olinadigan xatlarning maksimal sonini o‘zgartirish natijasida keyingi xatlar qabul
qilinmaydi yoki o‘chiriladi;
• foydalanuvchiga ajratilgan diskning to‘ldirilishi natijasida keyingi xatlar qabul qilin-
maydi va diskni tozalab bo‘lmaydi.