52
Elektron pul birliklari.
WMY – O‘zbekiston zonasida operatsiyalarni amalga
oshirish uchun UZSning
Y-hamyondagi ekvivalenti.
WMR – rubl zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun RURning R-hamyondagi
ekvivalenti, WMR operatsiyalarining kafili bo‘lib WebMoney Transfer ning Rossiya hudu-
didagi vakili “BMP” MChJ xizmat qiladi.
WMZ – AQSh dollarida operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z-hamyonda-
gi ekvivalenti.
WME – YeVRO da operatsiyalarni amalga oshirish uchun EURning E-hamyondagi
ekvivalenti, WMZ va WME operatsiyalarining kafili bo‘lib
Amstar Holdings Limited, S.A.
xizmat qiladi.
WMU – Ukraina zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UAHning
U-hamyondagi ekvivalenti, WMU operatsiyalarining kafili bo‘lib “Ukrainskoe Garantiynoe
Agentstvo” MChJ xizmat qiladi.
WMB – Bellorusiya zonasida operatsiyalarni amalga
oshirish uchun BYRning
V-hamyondagi ekvivalenti.
WMG – 1 gramm oltinning G-hamyondagi ekvivalenti.
WBC va WMD – WMZningn S va D hamyonlardagi kredit operatsiyalari uchun
ekvivalenti.
Internet to‘lov tizimlari, ular orqali to‘lovlar va xaridlarni amalga oshirish.
Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan
foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amal-
ga oshirish elektron to‘lovdir.
Elektron to‘lov tizimida tovar/xizmatlar to‘lovi xaridorning elektron hisobidan shaxsiy
bank raqami hisobiga pul mablag‘larini chiqarish imkoniga ega bo‘lgan sotuvchining
elektron hisobiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Quyidagi elektron to‘lov tizimlari mavjud:
- WEBSUM;
- iPAY;
- PAYNET;
-
WEBMONEY;
- IntellectMoney;
-
Perfect Money;
- RBK Money;
- V-money.
Elektron to‘lov tizimlari yordamida Internet va IP-telefoniyaga ulanish uchun «PIN»
kodlar va internet do‘konlardan
tovarlarni harid qilish, uyali aloqa xizmati,
shaxar
telefoniyasi, kommunal xizmatlar,
domen va xosting, reklama, televidenie, chiptalar,
datasentrlar, veb resurslar uchun haq to‘lash mumkin.
iPAY – bu UzExdagi birja savdolarida,
www.uzbex.com
global savdo maydonchasida,
hamda iPAY tizimiga qo‘shilgan internet do‘konlarda onlayn to‘lovlarni amalga oshirish
imkonini
beruvchi, O‘zbekiston Respublikasi tovar hom-ashyo birjasining to‘lov tizimidir.