• Mobil aloqa hizmatlari
  • Mobil aloqa xizmati operatorlari




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/50
    Sana29.08.2024
    Hajmi4,22 Mb.
    #270046
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi

    Mobil aloqa xizmati operatorlari.
    Mobil aloqa xizmati operatorlari – abonentlar (mi-
    jozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga 
    radio chastotadan foydalanish va xizmat ko‘rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o‘zin-
    ing mobil tarmog‘ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat 
    to‘lovlarini yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish kiradi. Hozirgi paytda O‘zbekiston hududida 
    5 ta mobil aloqa operatori xizmat ko‘rsatmoqda, bular “Uzdunrobita” MChJ HK – MTS, 
    “Yunitel” MChJ HK - Bilayn, “Koskom” MChJ – Ucell, “Rubicon wireless comunication” 
    MChJ – “Perfektum Mobayl”, O‘zbektelekom AK – “O‘zbektelekom Mobayl”. Ushbu 5 ta 
    mobil operator tomonidan bugungi kunda mobil so‘zlashuv, SMS, MMS, GPRS, Internet 
    kabi xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
    Mobil aloqa hizmatlari
    : so‘zlashuv, mobil internet va pochta. Mobil aloqa hizmatlari 
    – mobil aloqa vositalari yordamida abonentlarning so‘zlashuvi, mobil internet va pochta 
    xizmatlari amalga oshiriladi.
    So‘zlashuv – telefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch stansiyaning an-
    tennasi chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlarni aniqlaydi. Shundan so‘ng ushbu 
    axborot uzib ulagichga (kommutator) yuborilib ikkita abonent bog‘lanadi va ushbu abo-
    nentlar orasida so‘zlashuv (ma’lumot almashinish) amalga oshiriladi. Ya’ni ikkita harakat-
    lanuvchi abonentning mobil telefonlar orqali o‘zaro muloqoti - so‘zlashuvdir.
    Mobil Internet – harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa tarmoqlari orqali Inter-
    net resurslaridan foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlar va


    62
    so‘zlashish ma’lumotlari axborotlarning paketli ko‘rinishida uzatiladi. Bunda yuqori dara-
    jali xizmatni amalga oshirish, ayniqsa biznesni samarali boshqarish imkoniyati yaratiladi. 
    Mobil Internetning qulayligi shundan iboratki, bunda foydalanuvchining qaerda va qan-
    day holatda bo‘lishidan qat’iy nazar u mobil aloqa atrmog‘i orqali Internet xizmatlaridan 
    foydalanishi imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mobil Internet xizmatidan foydalanish uchun max-
    sus simsiz modem qurilmasi yoki ushbu xizmat yoqtirilgan mobil telefon bo‘lishi kerak.
    Mobil pochta - Internet resurslaridan foydalangan holda abonentning mobil telefoni 
    orqali shaxsiy elektron pochta xizmatidan foydalanish imkoniyati. Bunda Internet tarmog‘i 
    yordamida oddiy elektron pochta xizmatidan foydalish kabi mobil telefonlar yoki boshqa 
    mobil aloqa vositalari orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda elektron pochta xizmatidan 
    foydalanish, ya’ni pochta xabarlarini olish, o‘qish va javob yo‘llash mumkin.

    Download 4,22 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish