• Statistik usul.
  • Biologiya (2) — копия cdr




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/50
    Sana29.08.2024
    Hajmi4,22 Mb.
    #270046
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi

    Xujumlarni aniqlash;
    Tarmoq axborotini taxlillash usullari. Mohiyati bo‘yicha, xujumlarni aniqlash jarayoni 
    korporativ tarmoqda bo‘layotgan Shubhali harakatlarni baholash jarayonidir. Boshqacha
    aytganda xujumlarni aniqlash- hisoblash yoki tarmoq resurslariga yo‘naltirilgan shubhali 
    harakatlarni identifikatsiyalash va ularga reaksiya ko‘rsatish jarayoni. 
    Hozirda xujumlarni aniqlash tizimida quyidagi usullar ishlatiladi:
    - statistik usul;
    - ekspert tizimlari;
    - neyron tarmoqlari.
    Statistik usul.
    Statistik yondashishning asosiy afzalligi allaqachon ishlab chiqilgan va 
    o‘zini tanitgan matematik statistika apparatini ishlatish va sub’ekt xarakteriga moslash. 
    Ekspert tizimlari. Ekspert tizimi odam-ekspert bilimlarini qamrab oluvchi qoidalar nabori-
    dan tashkil topgan. Ekspert tizimidan foydalanish xujumlarni aniqlashning keng tarqalgan 
    usuli bo‘lib, xujumlar xususidagi axborot qoidalar ko‘rinishida ifodalanadi. Bu qoidalar 
    harakatlar ketma-ketligi yoki signaturalar ko‘rinishida yozilishi mumkin. Bu qoidalarning 
    har birining bajarilishida ruxsatsiz faoliyat mavjudligi xususida qaror qabul qilinadi. Bun-
    day yondashishning muhim afzalligi – yolg‘on trevoganing umuman bo‘lmasligi. Ekspert 
    tizimining ma’lumotlari bazasida hozirda ma’lum bo‘lgan aksariyat xujumlar ssenariya-
    si bo‘lishi lozim. Ekspert tizimlari, dolzarblikni saqlash maqsadida, ma’lumotlar bazasini 
    muttasil yangilashni talab etadi. Garchi ekspert tizimlari qaydlash jurnallaridagi ma’lumo-
    tlarni ko‘zdan kechirishga yaxshi imkoniyatni tavsiya qilsada, so‘ralgan yangilanish e’ti-
    borsiz qoldirilishi yoki ma’mur tomonidan qo‘lda amalga oshirilishi mumkin. 
    Bu eng kamida, ekspert tizimi imkoniyatlarining bo‘Shashiga olib keladi. Ekspert 
    tizimlarining kamchiliklari ichida eng asosiysi – noma’lum xujumlarni akslantira olmasligi. 
    Bunda oldindan ma’lum xujumning xatto ozgina o‘zgarishi xujumlarni aniqlash tizimining 
    ishlashiga jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin. Neyron tarmoqlari. Xujumlarni aniqlash usullarin-
    ing aksariyati qoidalar yoki statistik yondashish asosida nazoratlanuvchi muhitni tahlillash 
    Shakllaridan foydalanadi. 
    Nazoratlanuvchi muhit sifatida qaydlash jurnallari yoki tarmoq trafigi ko‘rilishi mum-
    kin. Bunday taxlillash ma’mur yoki xujumlarni yaniqlash tizimi tomonidan yaratilgan, old-
    indan aniqlangan qoidalar naboriga tayanadi. Xujumni vaqt bo‘yicha yoki bir necha niyati 
    buzuq odamlar o‘rtasida har qanday bo‘linishi ekspert tizimlar yordamida aniqlashga qi-
    yinchilik tug‘diradi. Xujumlar va ular usullarining turli-tumanligi tufayli, ekspert tizimlari 
    qoidalarining ma’lumotlar bazasining hatto doimiy yangilanishi ham xujumlar diapazoni-
    ni aniq identifikatsiyalashni kafolatlamaydi. Neyron tarmoqlaridan foydalanish ekspert 
    tizimlarining Yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etishning bir usuli hisoblanadi. 
    Ekspert tizimlari foydalanuvchiga ko‘rilayotgan xarakteristikalar qoidalar ma’lumotlari 
    bazasidagiga mos kelishi yoki mos kelmasligi xususida aniq javob beraolsa, neyrotarmoq 
    axborotni taxlillaydi va ma’ulmotlarning u aniqlashga o‘rgangan xarakteristikalarga mos 
    kelishini baholash imkoniyatini taqdim etadi. Neyrotarmoqli ifodalashning moslik daraja-
    si 100%ga etishi mumkin, ammo tanlash xaqiqiyligi tamoman qo‘yilgan masala misollarini 
    taxlillash sifatiga bog‘liq. Yuqorida tavsiflangan xujumlarni aniqlash usullarining har biri 


    67
    afzalliklarga va kamchiliklarga ega. SHu sababli, hozirda tavsiflangan usullarning faqat bit-
    tasidan foydalanuvchi tizimni uchratish qiyin. Odatda, bu usullar birgalikda ishlatiladi. Xu-
    jumlarni aniqlash tizimlarining turkumlanishi. Xujumlarni aniqlash tizimlari IDS(Intrusion 
    Detection System)da ishlatiluvchi xujumlarni aniqlovchi mexanizmlar bir necha umumiy 
    usullarga asoslangan. Ta’kidlash lozimki, bu usullar bir-birini inkor etmaydi. Aksariyat 
    tizimlarda bir necha usullarning kombinatsiyasidan foydalaniladi.
    Xujumlarni aniqlash tizimlari quyidagi alomatlari bo‘yicha turkumlanishi mumkin:
    - reaksiya ko‘rsatish usuli bo‘yicha;
    - xujumlarni fosh etish usuli bo‘yicha;
    - xujum xususidagi axborotni yig‘ish usuli bo‘yicha.
    Reaksiya ko‘rsatish usuli bo‘yicha passiv va aktiv IDSlar farqlanadi. Passiv IDS lar xujum 
    faktlarini qaydlaydi, ma’lumotlarni jurnal fayliga yozadi va ogohlantirishlar beradi. Aktiv 
    IDSlar, masalan, tarmoqlararo ekranni qayta konfiguratsiyalash yoki marShrutizatordan 
    foydalanish ruyxatini generatsiyalash bilan xujumga qarShi harakat qilishga urinadi. 
    Xujumlarni fosh etish usuli bo‘yicha IDSlarni quyidagi ikkita kategoriyaga ajratish qa-
    bul qilingan:
    - anomal hatti-harakatni aniqlash (anomaly-based);
    - suiiste’molliklarni aniqlash (misuse detection yoki signature-based).
    Anomal hatti-harakatni aniqlash yo‘li bilan xujumlarni aniqlash texnologiyasi quyidagi 
    gipotezaga asoslangan. Foydalanuvchining anomal hatti-harakati (ya’ni xujumsi yoki qa-
    ndaydir g‘arazli harakati) – normal hatti-harakatdan chetlashish. Anomal hatti-harakatga 
    misol tariqasida qisqa vaqt oralig‘ida ulanishlarning katta sonini, markaziy protsessorning 
    yuqori yuklanishini va h. ko‘rsatish mumkin. Ushbu texnologiya asosidagi tizimdan foyda-
    lanilganda ikkita keskin holat yuz berishi mumkin: 
    - xujum bo‘lmagan anomal hatti-harakatni aniqlash va uni xujumlar sinfiga kiritish;
    - anomal hatti-harakat ta’rifiga mos kelmaydigan xujumlarni o‘tkazib yuborish. Bu ho-
    lat xujum bo‘lmagan anomal hatti harakatni xujumlar sinfiga kiritishga nisbatan xavfliroq 
    hisoblanadi. Bu kategoriya tizimlarini sozlashda va ekspluatatsiyasida ma’mur quyidagi 
    qiyinchiliklarga duch keladi:
    - foydalanuvchi profilini qurish sermehnat masala bo‘lib, ma’murdan katta dastlabki 
    ishlarni talab etadi.
    - Yuqorida keltirilgan ikkita keskin harakatlardan birining paydo bo‘lishi ehtimollig-
    ini pasaytirish uchun foydalanuvchi hatti-harakatining chegaraviy qiymatlarini aniqlash 
    zarur.
    Anomal hatti-harakatlarni aniqlash texnologiyasi xujumlarning yangi xilini aniqlashga 
    mo‘ljallangan. Uning kimchiligi - doimo “o‘rganish” zaruriyati. Suiiste’molliklarni aniqlash 
    yo‘li bilan xujumlarni aniqlash texnologiyasining mohiyati xujumlarni signatura ko‘rin-
    ishida tavsiflash va ushbu signaturani nazoratlanuvchi makonda (tarmoq trafigida yoki 
    qaydlash jurnalida) qidirishdan iborat. Xujumlarni aniqlash tizimlari ikkita arxitektura – 
    “avtonom agent” va “agent-menedjer” arxitekturalari asosida quriladi. Birinchi holda 
    tarmoqning har bir himoyalanuvchi uzel va segmentlariga tizim agentlari o‘rnatilib, bu 
    agentlar o‘zaro axborot almasha olmaydilar, hamda ularni yagona konsol orqali marka-


    68
    zlashtirilgan holda boshqarib bo‘lmaydi. “Agent-menedjer” arxitekturasi bu kamchiliklar-
    dan xoli. Buholda katta tarmoqning turli qismlarida joylashgan ko‘pgina IDSdan iborat xu-
    jumlarni aniqlashning taqsimlangan tizimi dIDS (distributed IDS)da ma’lumotlarni yig‘ish 
    serverlari va markaziy taxlillovchi server qaydlanuvchi ma’lumotlarni markazlashtirilgan 
    yig‘ishni va taxlillashni amalga oshiradi. dIDS modullarini boshqarish boshqarishning 
    markaziy konsoli orqali amalga oshiradi. Filiallari turli xududlar, hatto Shaxarlar bo‘yicha 
    tarqalgan yirik tashkilotlar uchun bunday arxitekturaning ishlatilishi jiddiy ahamiyatga 
    ega. Ma’lumotlarni guruxlashni quyidagi parametrlar bo‘yicha amalga oshirish mumkin:
    - xujumlovchining IP-adresi;
    - qabul qiluvchining porti;
    - agent nomeri;
    - sana, vaqt;
    - protokol;
    - xujum xillari va h.
    IDSdan foydalanish samaradorligiga qandaydir Shubxalar bo‘lishiga qaramay, foydal-
    anuvchilar IDSning ochiq tarqatiluvchi va tijorat vositalaridan keng foydalanadilar.


    69


    Download 4,22 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish