|
Biologiya (2) — копия cdrBog'liq Axborot xavfsizligiVPN-server server
vazifasini o‘tovchi, kompyuterga o‘rnatiluvchi dasturiy yoki das-
turiy-apparat kompleksidan iborat. VPN-server tashqi tarmoqlarning ruxsatsiz foydala-
nishidan serverlarni himoyalashni hamda alohida kompyuterlar va mos VPN-mahsulot-
lari orqali himoyalangan lokal tarmoq segmentlaridagi kompyuterlar bilan himoyalangan
ulanishlarni tashkil etishni ta’minlaydi. VPN-server VPN-mijozning server platformalari
uchun funksional analog hisoblanadi. U avvalo VPN-mijozlar bilan ko‘pgina ulanishlarni
madadlovchi kengaytirilgan resurslari bilan ajralib turadi. VPN-server mobil foydalanu-
vchilar bilan ulanishlarni ham madadlashi mumkin.
VPN xavfsizlik shlyuzi
. (Security gateway) ikkita tarmoqqa ulanuvchi tarmoq qurilma-
si bo‘lib, o‘zidan keyin joylashgan ko‘p sonli xostlar uchun shifrlash va autentifikatsiyalash
vazifalarini bajaradi. VPN xavfsizligi shlyuzi shunday joylashtiriladiki, ichki korporativ tar-
moqqa atalgan barcha trafik u orqali o‘tadi. VPN xavfsizligi shlyuzining adresi kiruvchi
tunnellanuvchi paketning tashqi adresi sifatida ko‘rsatiladi, paketning ichki adresi esa
shlyuz orqasidagi muayyan xost adresi hisoblanadi. VPN xavfsizligi shlyuzi alohida dastur-
iy echim, alohida apparat qurilmasi, hamda VPN vazifalari bilan to‘ldirilgan marshrutiza-
torlar yoki tarmoqlararo ekran ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin.
Axborot uzatishning ochiq tashqi muhiti ma’lumot uzatishning tezkor kanallarini (In-
ternet muhiti) va aloqaning sekin ishlaydigan umumfoydalanuvchi kanallarini (masalan,
telefon tarmog‘i kanallarini) o‘z ichiga oladi. Virtual xususiy tarmoq VPNning samarador-
ligi aloqaning ochiq kanallari bo‘yicha aylanuvchi axborotning himoyalanish darajasiga
bog‘liq. Ochiq tarmoq orqali ma’lumotlarni xavfsiz uzatish uchun inkapsulyasiyalash va
tunnellash keng ishlatiladi. Tunnellash usuli bo‘yicha ma’lumotlar paketi umumfoydal-
anuvchi tarmoq orqali xuddi oddiy ikki nuqtali ulanish bo‘yicha uzatilganidek uzatiladi.
Har bir “jo‘natuvchi-qabul qiluvchi” juftligi orasiga bir protokol ma’lumotlarini boshqa-
sining paketiga inkapsulyasiyalashga imkon beruvchi o‘ziga xos tunnel-mantiqiy ulanish
o‘rnatiladi.
Tunnellashga binoan, uzatiluvchi ma’lumotlar porsiyasi xizmatchi hoshiyalar bilan
birga yangi “konvert”ga “joylash” amalga oshiriladi. Bunda pastroq sath protokoli paketi
yuqoriroq yoki xudi shunday sath protokoli paketi ma’lumotlari maydoniga joylashtiriladi.
Ta’kidlash lozimki, tunnelashning o‘zi ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan yoki buz-
ishdan himoyalamaydi, ammo tunnellash tufayli inkapsulyasiyalanuvchi dastlabki pa-
ketlarni to‘la kriptografik himoyalash imkoniyati paydo bo‘ladi. Uzatiluvchi ma’lumotlar
konfidensialligini ta’minlash maqsadida jo‘natuvchi dastlabki paketlarni shifrlaydi, ularni,
yangi IP- sarlavha bilan tashqi paketga joylaydi va tranzit tarmoq bo‘yicha jo‘natadi
|
| |