• Kompyuter qurilmalari.
  • Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari
  • Biologiya (2) — копия cdr




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/50
    Sana29.08.2024
    Hajmi4,22 Mb.
    #270046
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi

    Simsiz tarmoq tuzilmasi.
    Simsiz tarmoqlarda simli tarmoqda ishlatiladigan kompo-
    nentlar ishlatiladi. Ammo, simsiz tarmoqlarda axborot xavo muhiti (medium) orqali uza-
    tishga yaroqli ko‘rinishga o‘zgartirilishi lozim.
    Foydalanuvchilar. 
    Simsiz tarmoq foydalanuvchiga xizmat qilishligi sababali, foydal-
    anuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin. Foydalanuvchi simsiz 
    tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning o‘zi tugallaydi. SHu sababli unga 
    “oxirgi foydalanuvchi” atamasi joiz hisoblanadi. 


    73
    Odatda, foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan o‘zaro aloqani ta’minlash bilan bir qator-
    da, muayyan ilovalar bilan bog‘liq boshqa vazifalarni bajaruvchi kompyuter qurilmalari 
    (computer device) bilan ish ko‘radi.
    Mobillik 
    - simsiz tarmoqning eng sezilarli afzalliklaridan biridir. Masalan, mobillik xus-
    usiyatidan qandaydir bino bo‘yicha xarakatlanuvchi va o‘zining PDAsi yordamida elektron 
    pochtani oluvchi yoki jo‘natuvchi odam foydalanadi. Bu holda PDA simsiz tarmoq infra-
    tuzilmasiga uzluksiz yoki tez-tez tiklanuvchi ulanishni ta’minlashi lozim.
    Kompyuter qurilmalari.
    Kompyuter qurilmalarining (ba’zida ularni mijozlar deb 
    atashadi) ko‘pgina xillari simsiz tarmoq bilan ishlayoladi. Ba’zi kompyuter qurilmalari foy-
    dalanuvchilar uchun atayin qurilgan bo‘lsa, boshqalari oxirgi tizim hisoblanadi. 
    Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari
    Simsiz qurilmalarni to‘rtta kategoriyaga ajratish mumkin: noutbuklar, cho‘ntak 
    kompyuterlari (PDA), simsiz infratuzilma (ko‘priklar, foydalanish nuqtalari va h.) va uyali 
    telefonlar.
    Noutbuklar — korporativ simsiz tarmoqlarda va SOHO (Small Office Home Office - 
    kichik va uy ofislari) tarmoqlarida keng tarqalgan qurilma.
    Fizik xavfsizlik noutbuklar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bunday kompyut-
    erlarni xarid qilishdagi parametrlardan biri-uning o‘lchami. Noutbuk qanchalik kichkina 
    bo‘lsa, u shunchalik qimmat turadi. Boshqa tarafdan, noutbuk qanchalik kichkina bo‘lsa, 
    uni o‘g‘irlash shunchalik osonlashadi. SHifrlash kalitlarining, masalan, WEP-kalitlar (Wired 
    Equivalent Privacy), dasturiy kalitlar, parollar yoki shaxsiy kalitlarning (PGP, Pretty Good 
    Privace kabilar) yo‘qotilishi katta muammo hisoblanadi va uni ilovalar yaratilishi bosqichi-
    dayoq hisobga olish zarur. Niyati buzuq odam noutbukni o‘z ixtiyoriga olganidan so‘ng 
    aksariyat xavfsizlik mexanizmlari buzilishi mumkin.
    Noutbuklarning mobilliligi ularning korporativ tarmoqlararo ekranlar (brandmau-
    erlar) bilan himoyalanmagan boshqa tarmoqlar bilan ulanish ehtimolligini oshiradi. Bu 
    Internet-ulanishlar, foydalanuvchi tarmoqlar, asbob-uskuna ishlab chiqaruvchilarining 
    tarmog‘i yoki raqiblar ham joylanuvchi mehmonxona yoki ko‘rgazmalardagi umumfoy-
    dalanuvchi tarmoqlar bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda mobil kompyuterlarning axborot 


    74
    xavfsizligi xususida jiddiy o‘ylanish lozim.
    Noutbuklarning fizik saqlanishlarini ta’minlash usullaridan biri-xavfsizlik kabelidan 
    foydalanish. Ushbu kabel noutbukni stolga yoki boshqa yirik predmetga “boylab” qo‘yish-
    ga mo‘ljallangan. Albatta, bu yuz foizlik kafolatni bermaydi, ammo har xolda o‘g‘rining 
    anchagina kuch sarf qilishiga to‘g‘ri keladi.
    Noutbuklarning tez-tez o‘g‘irlanishi sababli, axborotni arxivlashning xavfsizli-
    kni ta’minlashga nisbatan muhimligi kam emas. SHifrlash dasturlari fayllar xavfsizligini 
    ta’minlashda yoki qattiq disklarda shifrlangan ma’lumotlar xajmini yaratishda ishlatiladi. 
    Bu ma’lumotlarni rasshifrovka qilish uchun, odatda, parolni kiritish yoki shaxsiy kalitlarni 
    ishlatish talab etiladi. Barcha axborotlarni shifrlangan fayllarda yoki arxivlarda saqlanishi 
    kerakli fayllar to‘plamini arxiv uchun nusxalashni engillashtiradi, chunki ular endi ma’lum 
    joyda joylashgan bo‘ladi.
    O‘g‘rilar uchun noutbuklar “birinchi nomerli nishon” ekanligini foydalanuvchilar 
    tushunib etishlari va ularni qarovsiz qoldirmasliklari zarur. Hatto ofislarda noutbukni ke-
    chaga qoldirish mumkin emas, chunki ofisga ko‘p kishilar (kompaniya xodimlari, farrosh-
    lar, mijozlar) tashrif buyuradilar.
    Axborotning chiqib ketishi noutbuk egasining ko‘p odamlar to‘plangan joylarda 
    ham sodir bo‘lishi mumkin. Samolet - kompaniya menedjerlari foydalanadigan odatdagi 
    transport vositasidir. Samoletda qo‘shni kreslodagi yo‘lovchi noutbuk egasining elkasi us-
    tidan muhim axborotni o‘qib olishi mumkin. Hatto “uy sharoitidagi” noutbuklar ham hi-
    moyalanishi zarur. Bu holda kompyuterning himoyasi server himoyasidan farqlanmaydi. 
    Juda ham zarur bo‘lmagan servislarning o‘chirilishi qurilma ishlashini yaxshilaydi.
    O‘zining dasturiy ta’minotini noutbukka o‘rnatgan niyati buzuq odam xavfsizlikning 
    barcha mexanizmlarini chetlab o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompyuterni o‘z ixtiyoriga 
    olgan o‘g‘ri unga o‘zining dasturini o‘rnatganida uni tuxtatib bo‘lmaydi. BIOSda (Basic 
    Input/Output System-kiritish/chiqarishning bazaviy tizimi) va qattiq diskda o‘rnatilgan 
    parollar o‘g‘rilangan noutbukdan foydalanishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ushbu barcha 
    vositalar, afsuski, tajribali xaker uchun to‘siq bo‘laolmaydi. 



    Download 4,22 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish