SIMSIZ ALOQA TIZIMLARIDA AXBOROT XIMOYASI




Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/50
Sana29.08.2024
Hajmi4,22 Mb.
#270046
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

SIMSIZ ALOQA TIZIMLARIDA AXBOROT XIMOYASI
Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o‘zaro bog‘lanishlariga imkon beradi. 
Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi 
ilovalardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o‘zlariga qulay 
va xoxlagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki Web-sahifalarni ko‘zdan kechirish-
lariga imkon beradi.
Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati 
bog‘lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter qurilma-
lariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), noutbuklar, shaxsiy 
kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qur-
ilmalari qatoriga kiritishmaydi, ammo eng yangi telefonlar va hatto naushniklar ma’lum 
hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarn-
ing aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini ta’minlaydi. 
Bog‘lanish ta’minlanadigan fizik xudud o‘lchamlariga bog‘liq holda simsiz tarmo-
qlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi: 
- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN); 
- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN); 
- simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN): 
- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).
Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo‘lmagan masofasi bilan (17 metrga-
cha) ajralib turadi va katta bo‘lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakter-
istikalari o‘rtacha bo‘lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi.
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDA sida va uning shaxsiy kompyuterida 
yoki noutbukida ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi mumkin. Xuddi shu tariqa 
printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan ulovchi 
simlar chigalliklarining yo‘qolishi etarlicha jiddiy afzallik bo‘lib, buning evaziga tashqi qur-
ilmalarning boshlang‘ich o‘rnatilishi va keyingi, zaruriyat tug‘ilganda, joyining o‘zgartirili-
shi anchagina osonlashadi.
Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida va tashqarisida, ishlab chiqarish binolar-
ida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Bunday tarmoqlardan foydal-
anuvchilar odatda noutbuklarni, shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni talab etuvchi 
ilovalarni bajarishga qodir protsessorli va katta ekranli PDA larni ishlatishadi. Xizmatchi 
tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki binoning boshqa xonalarida bo‘la turib foyda-
lanashi mumkin. Bu xizmatchiga o‘z vazifalarini samarali bajarishga imkon beradi. Simsiz 
lokal tarmoqlar uzatishning 54Mbit/sgacha tezligida barcha ofis yoki maishiy ilovalar 
talablarini qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari, komponentlari, narxi va bajaradigan 
amallari bo‘yicha bunday tarmoqlar Ethernet xilidagi an’anaviy simli lokal tarmoqlariga 
o‘xshash.
Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo‘yicha shaxarga teng bo‘lgan xududga xizmat 
qiladi. Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi, ba’zida


72
esa mobillik zarur bo‘ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va ma-
sofadagi klinikalar orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. YOki energetik kompani-
ya bunday tarmoqdan shaxar masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan ish 
naryadlaridan foydalanishini ta’minlaydi. 
Natijada, simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir erga to‘play-
di yoki mobil foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni o‘rnatish-
ga imkon beradi.
Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda infraqizil 
texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta 
bo‘lishini ta’minlaydi.
Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki xatto konti-
nent masshtabida foydalanishni ta’minlash bilan ishlanishini ta’minlaydi. Iqtisodiy mulo-
hazalarga tayangan holda, telekommunikatsiya kompaniyalari ko‘pgina foydalanuvchilar 
uchun uzoq masofadan ulanishni ta’minlovchi simsiz global tarmoqning nisbatan qimmat 
infratuzilmasini yaratadilar. Bunday echimning xarajati barcha foydalanuvchilar o‘rtasida 
taqsimlanadi, natijada abonent to‘lovi unchalik yuqori bo‘lmaydi.
Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan yuqori emas, ma’lumotlarni 
uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, ba’zida 170 Kbit/s ni tashkil etadi.
Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron pochta 
xabarlarini uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan tashqarida bo‘lgani-
da korporativ ilovalardan foydalanishni ta’minlovchi ilovalardir.
Abonentlar, masalan, taksida ketayotganlarida yoki shahar bo‘yicha sayr qilinayot-
ganlarida ulanishni o‘rnatishlari mumkin. Umuman, simsiz global tarmoqdan foydalanu-
vchilar xududiy chegaralanmaganlar.

Download 4,22 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SIMSIZ ALOQA TIZIMLARIDA AXBOROT XIMOYASI

Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish