63
Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS va MMS.
Mobil aloqa vositalari yordamida axborotlarni uzatish Bluetooth, SMS va MMS tex-
nologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Bluetooth – kichik qamrov doirasiga ega bo‘lgan simsiz aloqa texnologiyasi. Tarmoq
qurilmalari orasidagi o‘zaro muloqotni va ularning Internetga ulanishini yengillashtiradi.
U, shuningdek, turli elektron qurilmalari va kompyuterlar orasida ma’lumotlar almash-
ishni osonlashtiradi. Bluetooth kichik ma’lumot oqimlarini uzatish uchun mo‘ljallangan,
shuning uchun mahalliy va global tarmoq texnologiyalarining o‘rnini bosa olmaydi.
SMS (Short Message Service) – qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida ab-
onentlarning bir-birlariga qisqa matn xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati hisobla-
nadi. Qisqa xabarlar deyilishiga asosiy sabab texnologik jihatdan bir xabar uzatishda 140
ta belgini uzatish mumkin.
MMS (Multimedia Messaging Service) – GPRS texnologiyasiga asoslangan multime-
dia xabarlarini almashish xizmati. Xizmat rangli rasm, fotosurat, musiqa va hatto vid-
eoroliqlarni uzatish va qabul qilish imkonini beradi. MMS texnologiyasi bevosita xabar
matniga tasvir va musiqani biriktirishni nazarda tutadi. MMS-xabarlarni jo‘natish-qabul
qilish uchun, MMS xizmatni nafaqat telefon qurilmasi, balki mobil aloqa operatori ham
qo‘llashi zarur.