|
Biologiya (2) — копия cdrBog'liq Axborot xavfsizligikreditli yoki debetli
bo‘lishi mumkin.
Kreditli
kartalar bo‘yicha karta sohibiga
ko‘pincha muhlati 25 kungacha bo‘lgan vaqtgacha qarz beriladi. Bularga Visa, Master
Card, American Express kartalari misol bo‘la oladi.
Debetli
kartalarda karta sohibining bank-emitentidagi hisobiga oldindan ma’lum
miqdorda mablag‘ joylashtiradi. Ushbu mablag‘dan xarid uchun ishlatilgan mablag‘lar
summasi oshib ketmasligi lozim. Ushbu kartalar faqatgina Shaxsiy emas, balki korporativ
ham bo‘lishi mumkin.
Xozirgi kunda
mikroprotsessorli kartalar
ishlab chiqilmoqda.
Ushbu kartalarning oldingilaridan asosiy farqi bu mijozning barcha ma’lumotlari unda
aks ettirilgan bo‘lib, barcha
tranzaksiyalar
, ya’ni ma’lumotlar bazasini bir xolatdan ikkin-
chi xolatga o‘tkazuvchi so‘rovnomalar, off-line rejimda amalga oshiriladi, Shu bois, ular
Yuqori darajada himoyalangan deb e’tirof etilgan. Ularning narxi qimmatroq bo‘lsada,
telekommunikatsiya kanallaridan foydalanilmaslik munosabati bilan undan foydalanish
qiymati arzondir.
Elektron to‘lov tizimlarining quyidagi zaif qismlari mavjud:
• bank va mijoz, banklararo, bank va bankomat orasida to‘lov ma’lumotlarini jo‘natish;
• tashkilot doirasida ma’lumotlarni qayta ishlash. Bular o‘z navbatida quyidagi
muammolarni yuzaga keltiradi:
• abonentlarning xaqiqiyligini aniqlash;
• aloqa kanallari orqali jo‘natilayotgan elektron xujjatlarni himoyalash;
• elektron xujjatlarining yuborilganligiga va qabul qilinganligiga ishonch hosil qilish;
• xujjatning bajarilishini ta’minlash.__
Elektron to‘lovlar tizimida axborotlarni himoyalash funksiyalarini ta’minlash maqsa-
dida quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
- tizimning chetki bo‘g‘inlariga kirishni boshqarish;
- axborotlarning yaxlitligini nazorat qilish;
- xabarlarning maxfiyligini ta’minlash;
- abonentlarni o‘zaro autentifikatsiyalash;
- xabarning muallifligidan voz kecha olmaslik;
- xabarning etkazilganligini kafolatlash;
- xabar bo‘yicha bajariladigan chora-tadbirlardan voz kecha olmaslik;
- xabarlar ketma-ketligini qayd qilish;
- ketma-ket xabarlar yaxlitligini ta’minlash.
|
| |