ELEKTRON POCHTADA AXBOROTLARGA NISBATAN MAVJUD XAVF-XATARLAR VA




Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/50
Sana29.08.2024
Hajmi4,22 Mb.
#270046
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

ELEKTRON POCHTADA AXBOROTLARGA NISBATAN MAVJUD XAVF-XATARLAR VA 
ULARDAN HIMOYALANISH ASOSLARI
Elektron pochta yoki E-mail xozirgi kunda Internetdan foydalanish jarayonining eng 
mashhur qismi hisoblanadi. E-mail orqali dunyo bo‘yicha istalgan joyga bir zumning o‘zi-
da xat yuborish yoki qabo‘l qilish hamda yozilgan xatlarni faqatgina bir kishiga emas, balki 
manzillar ro‘yxati bo‘yicha jo‘natish imkoniyati mavjud. E-mail orqali munozaralar o‘tka-
zish imkoniyati mavjud va bu yo‘nalishda USENET serveri qo‘l keladi. Ko‘pgina korxonalar 
o‘z faoliyatida bevosita E-mail tizimidan foydalanishadi. Demak, korxona va tashkilotlar 
rahbarlari ma’lum bir chora-tadbirlar orqali o‘z xodimlarini E-mail bilan ishlash, undan 
oqilona foydalanishga o‘rgatishi lozim. Elektron pochtadan foydalanish jarayonning aso-
siy maqsadi muhim xujjatlar bilan ishlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Bu erda quyidagi yunalishlar bo‘yicha takliflarni e’tiborga olish zarur:
• E-mail tizimidan tashkilot faoliyati maqsadlarida foydalanish;
• Shaxsiy maqsadda foydalanish;
• maxfiy axborotlarni saqlash va ularga kirish:
• elektron xatlarni saqlash va ularni boshqarish.
Internetda asosiy pochta protokollariga quyidagilar kiradi:
• SMTP (Simple Mail Transfer Protocol);
• POP (Post Office Protocol);
• IMAP (Internet Mail Access Protocol);
• MIME (Multi purpose Internet Mail Extensions).
Bular bilan birma-bir tanishib chiqamiz:
SMTP — ushbu protokol asosida server boshqa tizimlardan xatlarni qabo‘l qiladi 
va ularni foydalanuvchining pochta ko‘tisida saqlaydi. Pochta serveriga interaktiv kirish 
xuquqiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar o‘z kompyuterlaridan bevosita xatlarni o‘qiy oladi-
lar. Boshqa tizimdagi foydalanuvchilar esa o‘z xatlarini ROR-3 va IMAP protokollari orqali 
o‘qib olishlari mumkin;
POP — eng keng tarkalgan protokol bo‘lib, serverdagi xatlarni, boshqa serverlardan 
qabo‘l qilingan bo‘lsa-da, bevosita foydalanuvchi tomonidan o‘qib olinishiga imkoniyat 
yaratadi. Foydalanuvchilar barcha xatlarni yoki xozirgacha o‘qilmagan xatlarni ko‘rishi 
mumkin. Xozirgi kunda POP ning 3-versiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib va autentifikatsiyalash 
usullari bilan boyitilgan;
IMAP — yangi va Shu bois xam keng tarqalmagan protokol sanaladi.
Ushbu protokol quyidagi imkoniyatlarga ega:
• pochta qutilarini yaratish, o‘chirish va nomini o‘zgartirish;
• yangi xatlarning kelishi;
• xatlarni tezkor o‘chirish;
• xatlarni qidirish;
• xatlarni tanlab olish.


49
IMAR sayoxatda bo‘lgan foydalanuvchilar uchun RORga nisbatan qulay bo‘lib hisobla-
nadi;
MIME — Internet pochtasining ko‘p maksadli kengaytmasi suzlari qisqartmasi bo‘lib, 
u xatlarning formatini aniqlash imkonini beradi, ya’ni:
•matnlarni xar xil kodlashtirishda jo‘natish;
•xar xil formatdagi nomatn axborotlarni jo‘natish;
•xabarning bir necha qismdan iborat bo‘lishi;
•xat sarlavhasida xar xil kodlashtirishdagi ma’lumotni joylashtirish.
Ushbu protokol elektron raqamli imzo va ma’lumotlarni Shifrlash vositalaridan iborat 
bo‘lib, bundan tashqari uning yordamida pochta orqali bajariluvchi fayllarni xam jo‘natish 
mumkin. Natijada, fayllar bilan birga viruslarni xam tarqatish imkoniyati tug‘iladi.

Download 4,22 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ELEKTRON POCHTADA AXBOROTLARGA NISBATAN MAVJUD XAVF-XATARLAR VA

Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish