Biologiya fani O‘rta ta’limda biologiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari




Download 35,57 Kb.
Sana31.12.2019
Hajmi35,57 Kb.
#6710

Biologiya fani

O‘rta ta’limda biologiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari




Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

O‘rta ta’lim

O‘rta ta’lim

bitiruvchilari



B1

Biologiya fanini o‘rganishning tayanch

darajasi


Biologiya fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan o‘rta ta’lim bitiruvchilari

B1+

Biologiya fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi


O‘rta ta’limda biologiya fanini o‘qitishning

maqsad va vazifalari

O‘rta ta’limda biologiya o‘quv fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarga tirik organizmlarning tuzilishi, ko‘payishi, kelib chiqishi, xilma-xilligi, o‘zaro munosabatlari, muhofazasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirishdan iborat.

O‘rta ta’limda biologiya o‘quv fanini o‘qitishning vazifalari:

asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish;

tirik organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarining vujudga kelishi mexanizmlari haqida ma’lumot berish;

organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari bilan tanishtirish;

o‘quvchilarni o‘zlarining va o‘zgalarning salomatliklarini saqlashga, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga yo‘naltirish;

biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika yutuqlari bilan bog‘lanishini ta’minlash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish;

tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;

biologik bilimlar zaminida mahalliy o‘simlik va hayvon turlari, selekstiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi olimlarning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Biologiya fanidan o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Biologik ob’yektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi:

B1

Biologiya fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik haqida, atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, gipotezalarning mazmun-mohiyatini tushunadi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, xulosalar chiqara oladi.

Biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlar (tur – asosiy sistematik birlik; tur mezonlari; evolyustiyaning harakatlantiruvchi kuchlari: irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish; evolyustiya natijalari: turlarning xilma-xilligi, organizmlarning turli muhit sharoitlariga moslanuvchanligi)ning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rgazmali vositalar asosida taniydi, mohiyatini tushungan holda yozma, og‘zaki tavsiflay oladi.

Tirik organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini, organizmlarga ekologik omillarning ta’sirini, ekosistema va unda organizmlarning o‘zaro munosabatlari, oziq zanjiri, oziq to‘ri, biosfera – global tizim; biosferada modda va energiyaning davriy aylanishini, biosferada insonning rolini, ekologik muammolarni, ekosistemalarda inson faoliyatining oqibatlarini tushunadi, mohiyatini yoritib bera oladi.

Axborotlarning turli manbalari (darslik, o‘quv qo‘llanmasi, ilmiy-ommabop adabiyotlar, biologik lug‘atlar, enstiklopediyalar, elektron-axborot ta’lim resurslari va hokazolar) bilan ishlay oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qo‘llay oladi.

B1+

Tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonuniyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi va biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay oladi.



2. Biologik ob’yektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosa qilish kompetensiyasi:

B1

Atrof-muhit bilan tirik organizmlarning uzviyligi va o‘zaro aloqasi, ekologik sharoitga ko‘ra tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o‘rganish uchun tabiatda kuzatish va tajribalarni aniq maqsad va reja asosida tizimli tarzda olib bora oladi, ma’lumotlar to‘playdi, natijalarni qayd etadi, xulosa chiqarish va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshira oladi.

Didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari, kimyoviy reaktivlar bilan ishlay oladi, ekotizimlarning oziq zanjirini tuza oladi, tabiatda va biologiya o‘quv xonasida xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi.

B1+

Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida aniq maqsad va reja asosida tajriba va kuzatishlarni tizimli tarzda olib bora oladi, muayyan mavzular yuzasidan laboratoriya mashg‘ulotlarini mustaqil ravishda bajaradi, olingan natijalarni tahlil qila oladi.



3. Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya:

B1

Sog‘lom turmush tarzi me’yorlariga rioya qiladi, o‘zining va o‘zgalarning sog‘lig‘ini asrash va qadrlash, organizmidagi o‘zgarishlarni nazorat qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‘un ravishda amalga oshirishning ahamiyatini biladi;

ekologik madaniyat asoslari: insoniyat va tabiatning uzviyligi, inson salomatligiga ekologik omillarning ta’siri, tabiatda inson faoliyatining ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qila oladi, tabiat va boshqa kishilar bilan munosabatda o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi;

tabiat va uning boyliklarini asrash, qadrlash, biologik xilma-xillikni saqlash va uni ko‘paytirishda ishtirok eta oladi.



B1+

Tabiat – inson – jamiyat munosabatlarini anglagan holda sog‘lom turmush tarzi me’yorlarini tushuntirib, unga amal qilish yo‘llarini ochib bera oladi;

sayyoramizdagi global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarni anglab, ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etadi.
BIOLOGIYA FANI

O‘QUV DASTURI
(10-11-sinf)
UQTIRISH XATI
Biologiya tirik organizmlarning kelib chiqishi, turli-tumanligi, tuzilishi, rivojlanishi hamda ularda sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlar, tashqi muhit bilan aloqasi, moslashishi haqidagi fandir.

O‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfida biologiyaga kirish o‘qitilib, unda biologiya fani haqidagi dastlabki ma’lumotlar beriladi, 6-sinfda biologiya (botanika)da o‘simliklar, 7-sinfda biologiya (zoologiya)da hayvonot olami, 8-sinfda biologiya (odam va uning salomatligi)da odam organizmi va undagi jarayonlar haqida, 9-sinfda biologiya (sitologiya va genetika asoslari)da esa, umumiy biologik qonuniyatlarning boshlang‘ich tushunchalari o‘qitiladi.

O‘rta ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘qitishning maqsadi –o‘quvchilarga tirik organizmlarning tuzilishi, ko‘payishi, kelib chiqishi, xilma-xilligi, o‘zaro munosabatlari, muhofazasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirishdan iborat.

O‘rta ta’lim muassasalarida biologiya o‘quv fanini o‘qitishning vazifalari:

asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish;

tirik organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarining vujudga kelishi mexanizmlari haqida ma’lumot berish;

organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari bilan tanishtirish;

o‘quvchilarni o‘zlarining va o‘zgalarning salomatliklarini saqlashga, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga yo‘naltirish;

biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika yutuqlari bilan bog‘lanishini ta’minlash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish;

tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;

biologik bilimlar zaminida mahalliy o‘simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi olimlarning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.

O‘rta ta’lim maktablari biologiya ta’limida o‘rganilgan o‘quv materiallarining takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlari, o‘rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda biologik tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirish e’tiborga olingan.

Biologiya ta’limi o‘quv dasturi asosida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga ko‘ra, biologiya fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi:
Kommunikativ kompetensiya:

B1

o‘quvchi biologik tushunchaga ega bo‘lishi, o‘z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarni ishlata olishi.

mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim olayotgan til me’yorlariga rioya qilish; kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok etish.

B1+

maktab, mahalla, jamoat joylari, oilada, sinfda o‘rtoqlari bilan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga amalga qilgan holda muloqotga kirishish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi;

darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza olish;

matndan foydalanib savollarga javob topish, amaliy xarakterdagi topshiriq­larni bajara olish.



B1+

mediamanbalardan izlab topilgan ma’lumotlarni saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish.

jadval, diagramma, sxemalar tuza olish, tushuncha, qoidalarni topa olish;

media vositalardan hayvonot olami haqidagi ma’lumotlar va axborotlarni izlab topa olish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish;

tabiatda o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini nazorat qila olish.

B1+

o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirishi, hayot davomida mustaqil holda o‘qib-o‘rganishi, bilim va tajribani muntazam oshirib borishi zarur.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglash, biologiya fani o‘rganadigan obyekt, hodisa, jarayonlarni, tirik organizmlar ustida kuzatish va tajribalar olib borish.

jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etish.

B1+

tirik organizmlarning o‘ziga xos jihatlarini bilishi, ularning salbiy tomonlarini o‘zidan kichik bo‘lgan yoshlarga o‘rgatish jarayonida faol ishtirok etishi.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish;

insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi.

B1+

madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.

badiiy-ijodiy qobiliyatlarini namoyish qila olishi (turli grafik rasmlar, referatlar, xabarlarning dizayni).

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblar va buyumlarni necha marta kattalashtirishini hisoblay olishi, mikroskoplar bilan ishlay olish qobiliyatlarini rivojlantirgan bo‘lishi.



B1+

fanga doir masala va mashqlarni mustaqil ravishda yecha olishi, standart topshiriqlarni bajara olish.


Mazkur tayanch kompetensiyalar biologiya fanidan dars jarayonida uzluksiz ravishda shakllantirib boriladi. Buning uchun yuqorida keltirilgan tayanch kompetensiyalar har bir sinf o‘quvchilari uchun alohida belgilab olinadi hamda o‘qituvchi tomonidan uning yil davomida o‘quvchilarda o‘sish dinamikasi kuzatilib borilib, sinf jurnalining belgilangan sahifasida qayd qilib boriladi.

Shuningdek, biologiya fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.


1. Biologik ob’yektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi:

B1

Biologiya fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik haqida, atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, gipotezalarning mazmun-mohiyatini tushunadi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, xulosalar chiqara oladi.

Biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlar (tur – asosiy sistematik birlik; tur mezonlari; evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari: irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish; evolyutsiya natijalari: turlarning xilma-xilligi, organizmlarning turli muhit sharoitlariga moslanuvchanligi)ning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rgazmali vositalar asosida taniydi, mohiyatini tushungan holda yozma, og‘zaki tavsiflay oladi.

Tirik organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini, organizmlarga ekologik omillarning ta’sirini, ekosistema va unda organizmlarning o‘zaro munosabatlari, oziq zanjiri, oziq to‘ri, biosfera – global tizim; biosferada modda va energiyaning davriy aylanishini, biosferada insonning rolini, ekologik muammolarni, ekosistemalarda inson faoliyatining oqibatlarini tushunadi, mohiyatini yoritib bera oladi.

Axborotlarning turli manbalari (darslik, o‘quv qo‘llanmasi, ilmiy-ommabop adabiyotlar, biologik lug‘atlar, ensiklopediyalar, elektron-axborot ta’lim resurslari va hokazolar) bilan ishlay oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qo‘llay oladi.

B1+

Tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonuniyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi va biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay oladi.

2. Biologik ob’yektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosa qilish kompetensiyasi:

B1

Atrof-muhit bilan tirik organizmlarning uzviyligi va o‘zaro aloqasi, ekologik sharoitga ko‘ra tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o‘rganish uchun tabiatda kuzatish va tajribalarni aniq maqsad va reja asosida tizimli tarzda olib bora oladi, ma’lumotlar to‘playdi, natijalarni qayd etadi, xulosa chiqarish va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshira oladi.

Didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari, kimyoviy reaktivlar bilan ishlay oladi, ekotizimlarning oziq zanjirini tuza oladi, tabiatda va biologiya o‘quv xonasida xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi.

B1+

Biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlar ustida aniq maqsad va reja asosida tajriba va kuzatishlarni tizimli tarzda olib bora oladi, muayyan mavzular yuzasidan laboratoriya mashg‘ulotlarini mustaqil ravishda bajaradi, olingan natijalarni tahlil qila oladi.

3. Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya:

B1

Sog‘lom turmush tarzi me’yorlariga rioya qiladi, o‘zining va o‘zgalarning sog‘lig‘ini asrash va qadrlash, organizmidagi o‘zgarishlarni nazorat qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‘un ravishda amalga oshirishning ahamiyatini biladi;

ekologik madaniyat asoslari: insoniyat va tabiatning uzviyligi, inson salomatligiga ekologik omillarning ta’siri, tabiatda inson faoliyatining ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qila oladi, tabiat va boshqa kishilar bilan munosabatda o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi;

tabiat va uning boyliklarini asrash, qadrlash, biologik xilma-xillikni saqlash va uni ko‘paytirishda ishtirok eta oladi.

B1+

Tabiat – inson – jamiyat munosabatlarini anglagan holda sog‘lom turmush tarzi me’yorlarini tushuntirib, unga amal qilish yo‘llarini ochib bera oladi;

sayyoramizdagi global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarni anglab, ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etadi.


Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
I. TKtayanch kompetensiya

  1. TK1 – kommunikativ kompetensiya

  2. TK2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3 – o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5 – milliy va umummadaniy kompetensiya

  6. TK6 – matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi


II. FKfanga oid kompetensiyalar

  1. FK1 – biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetensiyasi

  2. FK2 – biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi

  3. FK3 – sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya

10-SINF



(haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat,

(B1+: haftasiga 4 soatdan, jami 136 soat))
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

B1

o‘quvchi biologik tushunchaga ega bo‘lishi, o‘z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarni ishlata olishi;

mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim olayotgan til me’yorlariga rioya qilish; kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok etish.

B1+

maktab, mahalla, jamoat joylari, oilada, sinfda o‘rtoqlari bilan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga amalga qilgan holda muloqotga kirishish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi;

darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza olish;

matndan foydalanib savollarga javob topish, amaliy xarakterdagi topshiriq­larni bajara olish.



B1+

mediamanbalardan izlab topilgan ma’lumotlarni saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish;

jadval, diagramma, sxemalar tuza olish, tushuncha, qoidalarni topa olish;

media vositalaridan hayvonot olami haqidagi ma’lumotlar va axborotlarni izlab topa olish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish;

tabiatda o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini nazorat qila olish.

B1+

o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirishi, hayot davomida mustaqil holda o‘qib-o‘rganishi, bilim va tajribani muntazam oshirib borishi zarur.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglash, biologiya fani o‘rganadigan obyekt, hodisa, jarayonlarni, tirik organizmlar ustida kuzatish va tajribalar olib borish.

jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etish;

B1+

tirik organizmlarning o‘ziga xos jihatlarini bilishi, ularning salbiy tomonlarini o‘zidan kichik bo‘lgan yoshlarga o‘rgatish jarayonida faol ishtirok etishi.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish;

insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi.

B1+

madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;

badiiy-ijodiy qobiliyatlarini namoyish qila olishi (turli grafik rasmlar, referatlar, xabarlarning dizayni).

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblar va buyumlarni necha marta kattalashtirishini hisoblay olishi, mikroskoplar bilan ishlay olish qobiliyatlarini rivojlantirgan bo‘lishi.



B1+

fanga doir masala va mashqlarni mustaqil ravishda yecha olishi, standart topshiriqlarni bajara olish.


I BOB. Biologiya – hayot haqidagi fan

(2 soat, B1+: 4 soat)
Biologiya – hayot haqidagi fan. Biologiyaning istiqbolli tarmoqlari. Tirik organizmlarni o‘rganish metodlari: kuzatish, taqqoslash, tajriba, modellashtirish. Biologiya fanining muammolari. Biologiya fanining xalq xo‘jaligi sohalaridagi ahamiyati.

Hayot mohiyati va tiriklikning xususiyatlari. Tirik organizmlarga xos xususiyatlar. Tiriklikning tuzilish darajalari.

Hayot shakllarining xilma-xilligi va ularning tabiatdagi roli. Tirik organizmlarning xilma-xilligi.


II BOB. Hayotning molekula darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar

(5 soat, B1+: 10 soat)
Hayotning molekula darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari. Hayotning molekula darajasi komponentlari va asosiy jarayonlari.

Tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi va uning doimiyligi. Hujayraning elementar tarkibi. Hujayra tarkibiga kiruvchi anorganik birikmalar. Suv va mineral tuzlar.

Hujayra tarkibiga kiruvchi organik birikmalar. Uglevodlar va lipidlar. Uglevod va lipidlarning tuzilishi, xilma-xilligi, biologik funksiyasi.

Oqsillar va nuklein kislotalar. Oqsillar va nuklein kislotalarning tuzilishi, xilma-xilligi, biologik funksiyasi.
III BOB. Hayotning hujayra darajasidagi umumbiologik qonuniyatlari

(7 soat, B1+: 14 soat)
Hayotning hujayra darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari. Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional, rivojlanish birligi. Hujayra nazariyasining asosiy qoidalari. Tirik organizmlar hujayralarining qiyosiy xarakteristikasi.

Moddalar almashinuvi – hujayra hayotiy faoliyatining asosi. Energetik almashinuv. Moddalar almashinuvining bosqichlari. Hujayraning nafas olishi.

Plastik almashinuv. Fotosintez, xemosintez.

Hujayra tiriklikning irsiy birligi. Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi. Matritsali sintez reaktsiyalari.

Hujayra sikli. Xromosoma genlar tizimi sifatida. Hujayraning bo‘linishi: mitoz, meyoz. Somatik va jinsiy hujayralar. Xromosomalarning strukturasi. Xromosomalar soni, shakli va o‘lchami.

1-laboratoriya mashg‘uloti. Umumbiologik qonuniyatlarga doir masala va mashqlar yechish.
IV BOB. Hayotning organizm darajasidagi umumbiologik qonuniyatlari

(24 soat, B1+: 48 soat)
Hayotning organizm darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari. Organizm – o‘z-o‘zini boshqaruvchi tirik tizim. Bir va ko‘p hujayrali organizmlar, ularning hayotiy faoliyatidagi o‘ziga xos jihatlari.

Tirik organizmlarning oziqlanishiga ko‘ra turlari. Geterotroflar (saprofitlar, golozoylar, parazitlar), avtotroflar (fototroflar, xemotroflar).

Organizmlarning ko‘payishi. Jinssiz ko‘payish. Jinssiz ko‘payishning o‘ziga xos jihatlari. Jinssiz ko‘payishning turlari.

Jinsiy ko‘payish. Nazorat ishi-2. Jinsiy ko‘payishning o‘ziga xos jihatlari. Jinsiy ko‘payishning turlari. Tirik organizmlarda gametogenez jarayoni. Urug‘lanish.

Ontogenez – tirik organizmlarning individual rivojlanishi. Tashqi muhit omillarining organizm rivojlanishiga ta’siri.

Irsiyat va o‘zgaruvchanlik – tirik organizmlarning muhim xususiyatlari. Irsiyatning umumiy qonuniyatlari. G.Mendelning birinchi va ikkinchi qonunlari va ularning mohiyati.

Diduragay va pоliduragay chatishtirish. G. Mendelning uchinchi qonuni.

Irsiyatning xromosoma nazariyasi. T. Morgan ishlari. Irsiyatning xromosoma nazariyasining mohiyati.

Jins genetikasi. Jinsni aniqlashning xromosoma nazariyasi.

Jins bilan bog‘liq holda irsiylanish. Belgilarning jinsga birikkan holda avloddan avlodga berilishi.

Noallel genlarning o‘zaro ta’siri. Modifikator genlar. Komplementarlik, epistaz, polimeriya. Modifikator genlar.

O‘zgaruvchanlikning umumiy qonuniyatlari. Fenotipik va genotipik o‘zgaruvchanlik.

Odam genetikasi. Odam genetikasini o‘rganish metodlari.

Odamda uchraydigan irsiy kasalliklar. Reproduktiv salomatlik.

Genetik injeneriya haqida tushuncha. Genetik injeneriyasining maqsadi, tadqiqot obyektlari. Genetik injeneriyaning tarixi.

Hujayra irsiyatini o‘zgarishiga olib keladigan jarayonlar. Hujayra irsiyatini o‘zgarishiga olib keladigan jarayonlar: transformatsiya, transduksiya, kon’yugatsiya jarayonlari.

Genetik injeneriyada qo‘llaniladigan fermentlar. Genetik injeneriyada qo‘llaniladigan fermentlar hamda ulardan maqsadli foydalanish.

Hujayra irsiyatining moddiy asoslari. Xromosomalar, plazmidalar, transpozonlar hamda ulardan maqsadli foydalanish.

Rekombinant DNK olish. Genlarni klonlash.

Gen injeneriyasiga asoslanib, o‘simlik irsiyatini o‘zgartirish. Transgen o‘simlik olish bosqichlari.

Hujayra injeneriyasi asosida hayvonlar irsiyatini o‘zgartirish. Gibridoma yaratish texnologiyasi.

Gen va hujayra injeneriyasiga asoslangan biotexnologiya. Biotexnologiya haqida tushuncha. Biotexnologiyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.

O‘zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar. O‘zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya sohasida qilinayotgan tadqiqotlar, olingan natijalar. Biotexnologiyaning kelajagi haqida.
V BOB. Hayotning tur va populyatsiya darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar

(30 soat, B1+: 60 soat)
Hayotning tur va populyatsiya darajasi. Populyatsiya va tur tushunchasi. Tur mezonlari.

Populyatsiya turning tuzilish va evolyutsiyaning boshlang‘ich birligi. Populyatsiyaning genetik tarkibi va populyatsiya genofondining o‘zgarishi.

2-Laboratoriya mashg‘uloti. Turning morfologik mezonini o‘rganish.

Evolyutsion g‘oyalarning paydo bo‘lishi.

Qadimgi Rim, Yunoniston, Markaziy Osiyo faylasuflarining tabiat haqidagi fikrlari.



K.Linney, J.B.Lamarkning ilmiy ishlari, J.Kyuvening evolyutsion g‘oyalari. Karl Linney, J.B.Lamark, J.Kyuvyening biologiya fani rivojlanishiga qo‘shgan hissasi.

Ch. Darvinning hayoti va faoliyati. Ch. Darvin evolyutsion nazariyasining ahamiyati va qisqacha mazmuni.

Evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlari. Irsiy o‘zgaruvchanlik. Irsiy o‘zgaruvchanlikning evolyutsiyadagi ahamiyati.

3-Laboratoriya mashg‘uloti. Organizmlarda irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganish.

Yashash uchun kurash va uning turlari. Tur ichida, turlararo, tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash.

Tabiiy tanlanish va uning turlari. Harakatlantiruvchi, stabillashtiruvchi va dizruptiv tanlanish. Evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlarining populyatsiya genofondiga ta’siri.

Organik olamdagi moslanishlar – evolyutsiya natijasi. Hayvonot va o‘simliklar dunyosidagi morfologik, fiziologik, biokimyoviy, etologik moslanishlar.

4-Laboratoriya mashg‘uloti. Organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarini o‘rganish.

Turlarning paydo bo‘lishi. Allopatrik va simpatrik yo‘nalishda turlarning paydo bo‘lishi.

Mikroevolyutsiya va makroevolyutsiya. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasi. Evolyustiyaning sintetik nazariyasi va uning qoidalari.

Evolyutsiyani isbotlashda molekulyar biologiya, sitologiya, embriologiya fanlari dalillari.

Evolyutsiyani isbotlashda solishtirma anatomiya, paleontologiya fanlari dalillari.

Evolyutsiyani isbotlashda biogeografiya fani dalillari. Turli qit’alarning paydo bo‘lish tarixi.

Evolyutsion o‘zgarishlarning tiplari. Biologik progress va biologik regress. Parallelizm, konvergensiya, divergensiya.

Organik olam evolyutsiyasinig asosiy yo‘nalishlari. Aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya.

Yerda hayotning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalar. Hayotning paydo bo‘lishi haqidagi dastlabki dunyoqarashlar. Yerning paydo bo‘lishi. Hayotning paydo bo‘lishi haqida zamonaviy tasavvurlar.

Biokimyoviy evolyutsiya nazariyasi. Yerda hayot rivojlanishining asosiy bosqichlari.

Hayotning paydo bo‘lishida kimyoviy evolyutsiya bosqichi. Bu sohada qilingan tajribalar tavsifi. Hayotning biologik evolyustiyasi.



Arxey, proterozoy eralaridagi hayot. Yerning biologik tarixi bosqichlari. Arxey, proterozoy eralarida o‘simlik va hayvonot olamining murakkablanishi va xilma-xilligining ortishi.

Paleozoy erasidagi hayot. Yerning biologik tarixi bosqichlari. Paleozoy erasida o‘simlik va hayvonot olamining murakkablanishi va xilma-xilligining ortishi.

Mezozoy, kaynazoy eralaridagi hayot. Mezozoy, kaynazoy eralarida o‘simlik va hayvonot olamining murakkablanishi va xilma-xilligining ortishi.

Odam biologiyasi. Odam biologik va ijtimoiy tur sifatida. Odam organizmini o‘rganish darajalari, uning evolyutsiyasi haqida turli xil qarashlar.

Odam va organik olam. Odam evolyutsiyasi isbotlashda molekulyar biologiya, sitologiya, embriologiya, solishtirma anatomiya, paleontologiya fanlari dalillari. Odam va hayvon organizmidagi o‘xshashlik va farqlar.

Odam evolyutsiyasining asosiy bosqichlari. Odamning qadimgi ajdodlari. Eng qadimgi odamlar – arxantroplar, qadimgi odamlar – paleoantroplar, dastlabki hozirgi odamlar – kromanyonlar.

Odam evolyutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari. Odam evolyutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: biologik va ijtimoiy omillar.

Odam irqlari. Insoniyat jamiyatining zamonaviy muammolari.

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
1. Biologik obyektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi:

B1

Biologiya fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik haqida, atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, gipotezalarning mazmun-mohiyatini tushunadi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, xulosalar chiqara oladi.

Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar (tur – asosiy sistematik birlik; tur mezonlari; evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari: irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish; evolyutsiya natijalari: turlarning xilma-xilligi, organizmlarning turli muhit sharoitlariga moslanuvchanligi)ning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rgazmali vositalar asosida taniydi, mohiyatini tushungan holda yozma, og‘zaki tavsiflay oladi.

Tirik organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini, organizmlarga ekologik omillarning ta’sirini, ekosistema va unda organizmlarning o‘zaro munosabatlari, oziq zanjiri, oziq to‘ri, biosfera – global tizim; biosferada modda va energiyaning davriy aylanishini, biosferada insonning rolini, ekologik muammolarni, ekosistemalarda inson faoliyatining oqibatlarini tushunadi, mohiyatini yoritib bera oladi.

Axborotlarning turli manbalari (darslik, o‘quv qo‘llanmasi, ilmiy-ommabop adabiyotlar, biologik lug‘atlar, ensiklopediyalar, elektron-axborot ta’lim resurslari va hokazolar) bilan ishlay oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qo‘llay oladi.

B1+

Tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonuniyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi va biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay oladi.



2. Biologik obyektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosa qilish kompetensiyasi:

B1

Atrof-muhit bilan tirik organizmlarning uzviyligi va o‘zaro aloqasi, ekologik sharoitga ko‘ra tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o‘rganish uchun tabiatda kuzatish va tajribalarni aniq maqsad va reja asosida tizimli tarzda olib bora oladi, ma’lumotlar to‘playdi, natijalarni qayd etadi, xulosa chiqarish va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshira oladi.

Didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari, kimyoviy reaktivlar bilan ishlay oladi, ekotizimlarning oziq zanjirini tuza oladi, tabiatda va biologiya o‘quv xonasida xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi.

B1+

Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida aniq maqsad va reja asosida tajriba va kuzatishlarni tizimli tarzda olib bora oladi, muayyan mavzular yuzasidan laboratoriya mashg‘ulotlarini mustaqil ravishda bajaradi, olingan natijalarni tahlil qila oladi.



3. Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya:

B1

Sog‘lom turmush tarzi me’yorlariga rioya qiladi, o‘zining va o‘zgalarning sog‘lig‘ini asrash va qadrlash, organizmidagi o‘zgarishlarni nazorat qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‘un ravishda amalga oshirishning ahamiyatini biladi;

ekologik madaniyat asoslari: insoniyat va tabiatning uzviyligi, inson salomatligiga ekologik omillarning ta’siri, tabiatda inson faoliyatining ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qila oladi, tabiat va boshqa kishilar bilan munosabatda o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi;

tabiat va uning boyliklarini asrash, qadrlash, biologik xilma-xillikni saqlash va uni ko‘paytirishda ishtirok eta oladi.



B1+

Tabiat – inson – jamiyat munosabatlarini anglagan holda sog‘lom turmush tarzi me’yorlarini tushuntirib, unga amal qilish yo‘llarini ochib bera oladi;

sayyoramizdagi global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarni anglab, ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etadi.
Mavzularni o‘rganish uchun 60 soat, B1+: 120 soat

Laboratoriya mashg‘uloti – 4 soat, B1+: 8 soat

Umumlashtiruvchi dars – 4 soat, B1+: 8 soat

Jami: 68 soat, B1+: 136 soat

Foydalanilgan adabiyotlar

RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni.

2. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi “O‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 390-sonli qarori.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-maydagi “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni.

5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 1-iyuldagi “O‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 6/2/4/1-sonli qo‘shma hay’at majlisi qarori.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomilashtirish to‘g‘risida” gi PP-1875-sonli qarori.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qarori.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “O‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “O‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori.

10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3 iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘rta ta’lim maktablari 5-9-sinflar biologiya fani o‘quv dasturi.

11. Internet saytlari: n.sportal.ru, eduscan.allbest.ru, pedagogika.websib.ru.

12. O‘tkazilgan Forum tavsiyalari (“Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari respublika Forumi tavsiyalari, “Ma’rifat” gazetasi, 2016-yil 16-dekabr, 99-soni).

13. To‘raqulov Yo.X. Molekulyar biologiya. – T.: “O‘qituvchi”, 1993-y.

14. G‘ofurov A.T., Fayzullaev S.S., Xolmatov X. Genetikadan masala va mashqlar. – T.: “O‘qituvchi”, 1991-y.

15. G‘ofurov A.T., Tolipova J.O. Umumiy biologiyani o‘qitishning norasmiy usul va shakllari. – T.: “Fan”, 1990-y.

16. Болотов В.А. Компетентностная модель: от идеи к образовательной программе / В.А. Болотов В.В. Сериков // Педагогика. 2003. №10. – C. 8-14.

17. Смирнова Н.З., Бережная О.В. Компетентносной подход в биологическом образовании. Учебно-методическая пособие / Красноярск, 2012, – C. 168.

18. Tolipova J.O. Biologiya ta’limi texnologiyalari. – T.: “O‘qituvchi”, 2002-yil. 128-b.

19. Tolipova J.O., G‘ofurov A.T. Biologiya o‘qitish metodikasi. O‘quv-metodik qo‘llanma. – T.: “Bilim”, 2004-yil. 160-b.

20. Болотов В.А. Компетентностная модель: от идеи к образовательной программе / В.А. Болотов, В.В. Сериков // Педагогика. 2003. №10. – C. 8-14.

21. J.Tolipova, M.Umaraliyeva, S.R.Abdurizayeva. “Botanika” darsligi bo‘yicha 5-sinf o‘qituvchilari uchun yaratilgan metodik qo‘llanma. – T., 2016-y.

22. J.Tolipova, M.Umaraliyeva, S.R.Abdurizayeva, B.A.Abdraimova. “Botanika” darsligi bo‘yicha 6-sinf o‘qituvchilari uchun yaratilgan metodik qo‘llanma. – T., 2016-y.

23. J.Tolipova, M.Umaraliyeva, S.R.Abdurizayeva, B.A.Abdraimova. “Odam va uning salomatligi” darsligi bo‘yicha 8-sinf o‘qituvchilari uchun yaratilgan metodik qo‘llanma. – T., 2016-y.

24. J.Tolipova, I.Azimov, N.Sultonova. “Biologiya stitologiya va genetika asoslari” darsligi bo‘yicha 9-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. – T., 2016-y.



Biologiya fani bo‘yicha ishchi guruh tarkibi


T/r

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Ish joyi va lavozimi

Imzo

1

Tolipova Jamila Olimjonovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi professori, p.f.d, guruh rahbari




2

Ergasheva Malohat Tursunovna

A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI Umumta'lim fanlari va pedagogik texnologiyalar kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi, dotsent




3

Inog‘omova Dilfuza Raxmatullayevna

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent




4

Azimov Ibroxim Toshpo‘latovich

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi




5

Umaraliyeva Ma’mura Toshxodjayevna

Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi




6

Raxmatov Uchqun Ergashevich

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi




7

Kenjaev Shavkat Irgashevich

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi
173-sonli umumta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi




8

Isabayeva Mashxura

Q.Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktaranti




9

Saparboyev Ilxomboy Zaripbayevich

Respublika Ta’lim markazi biologiya fani bosh metodisti





Ekspertlar guruhi


1

Raximova Barno Sultanboyevna

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 105-maktabning biologiya fani o‘qituvchisi




2

Babaxanova Dilbar

TTA qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi




3

Xoshimova Dildora Maxmudovna

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi
4-sonli umumta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi




Download 35,57 Kb.




Download 35,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biologiya fani O‘rta ta’limda biologiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari

Download 35,57 Kb.