• Annotatsiya
  • Biometrik autentifikatsiyalash tizimlari fozilov Shavkatjon Ibrohimjon o’g’li




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana29.05.2023
    Hajmi0.73 Mb.
    #66590
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    55-59 BIOMETRIK AUTENTIFIKATSIYALASH TIZIMLARI
    Savollar Mashinali o qitishda chiziqli regressiya masalasi O qi


    Journal of Advanced Research and Stability
    Volume: 02 Issue: 08 | August - 2022 ISSN: 2181-2608 
    www.sciencebox.uz 
    55 
    BIOMETRIK AUTENTIFIKATSIYALASH TIZIMLARI 
    Fozilov Shavkatjon Ibrohimjon o’g’li 
    NamDU. O’qituvchi 
    Yo’ldosheva Maftuna Zokirjon qizi 
    NamDU. Magistrant 
     Annotatsiya: Ushbu maqolada foydalanuvchilarni biometrik autentifikatsiya asosida 
    haqiqiyligini tekshirish tahlil qilingan. 
    Kalit so’zlar: autentifikatsiya, biometrik, barmoq izi, yuz, ovoz, ko’z, elekton imzo. 
    Barmoq izlari yordamida biometrik autentifikatsiyalash. Biometrik tizimlarning aksariyati 
    identifikatsiyalash parametri sifatida barmoq izlaridan foydalanadi (autentifikatsiyaning 
    daktiloskopik tizimi). Bu tizimlar XX asrning 60-yillarida kirib kelgan bo’lib, jinoyat ishlari 
    bilan shug’ullanuvchi organlar foydalangan. 
    Bunday tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday 
    tizimlarning keng tarqalishiga asosiy sabab barmoq izlari bo’yicha katta ma’lumotlar ba’zasining 
    mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda asosan politsiya, turli davlat va ba’zi bank 
    tashkilotlari foydalanadi. 
    Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval foydalanuvchi ro’yxatga 
    olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turli xolatlarida skanerlashning bir necha variant amalga 
    oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir–biridan biroz farqlanadi va qandaydir umumlashtirilgan 
    namuna, «pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikatsiyaning ma’lumotlar 
    bazasida xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar bazasidagi 
    «pasportlar» bilan taqqoslanadi.
    Hozirgi kunda 3 xil barmoq izlarini olish texnologiyasi mavjud: 
     optik nurlar orqali barmoq izini olish(FTIR ya’ni optik qurilmalar); 
     yarim o’tkazgichlar orqali(termoskanerlar); 
     ultratovushlar. 
    Bularning barchasi bir xil prinsipda ishlaydi ya’ni bir xil matematik algoritmlar va olingan 
    natijalarni bir biri bilan solishtirish. 
    Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy 
    element sifatida barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi(1-
    rasm). Ammo, daktiloskopik qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarning ko’pchiligi integral sxema 
    asosidagi sensorli qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday tendentsiya barmoq izlariga 
    asoslangan autentifikatsiyalashni qo’llashning yangi sohalarini ochadi 



    Download 0.73 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biometrik autentifikatsiyalash tizimlari fozilov Shavkatjon Ibrohimjon o’g’li

    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish