|
Biosfera tushunchasi. Biosfera darajasining xususiyatlari. Biosferaning barqarorligi
|
Sana | 24.08.2024 | Hajmi | 18,47 Kb. | | #269834 |
Bog'liq Biosfera to\'g\'risidagi ta\'limot.
Mavzu: Biosfera to'g'risidagi ta'limot.
Biotsenoz va uning tuzulishi
Reja:
Biosfera tushunchasi.
Biosfera darajasining xususiyatlari.
Biosferaning barqarorligi.
Hulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Biosfera tushunchasi. Biosfera darajasi sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar va ularning yashash muhitini qamrab olgan yaxlit sistema hisoblanadi.
Yerda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi biosfera tarkibi va strukturasining shakllanishiga olib keldi. Ekologik nuqtayi nazardan biosfera Yer sayyorasidagi barcha ekosistemalarni birlashtiradigan, to‘xtovsiz moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘ladigan global ekosistemadir.
«Hayot qobig‘i» haqidagi dastlabki fikrlar J.B.Lamark nomi bilan bog‘liq. Biosfera atamasi birinchi bo‘lib fanga 1875-yili avstriyalik olim Eduard Zyuss tomonidan kiritilgan. Akademik V.I.Vernadskiy biosfera haqidagi ta’limotni yaratgan.
Bu ta’limotga asosan, biosfera – tabiatdagi barcha tirik organizmlar va ular qoldiqlari, atmosfera, gidrosfera, litosferaning
Vladimir Ivanovich Vernadskiy (1863–1945), tabiatshunos olim, biosfera va noosfera ta’limoti asoschisi.
tirik organizmlar yashaydigan yoki ular hayotiy faoliyati izlariga ega qismlarini o‘z ichiga oladi. Biosferani o‘rganish geologik jarayonda hayotning va tirik moddaning ahamiyatini tushunib yetishga sabab bo‘ldi. Yerning hozirgi qiyofasi, uning atmosferasi, cho‘kindi jinslar, landshaftlarning barchasi tirik organizmlar hayot faoliyatining natijasidir. V.I.Vernadskiy: «Biosfera geologik va biologik rivojlanishning hamda biogen va abiogen moddalarning o‘zaro ta’siri natijasidir», deb ta’kidlagan. Biosfera bir tomondan tirik organizmlarning yashash muhiti bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa tirik organizmlarning hayotiy faoliyati mahsulidir.
Yer sayyorasining holati ko‘p jihatdan unda ya- shaydigan tirik organizmlar hayotiy faoliyati bilan bog‘liq. Tirik organizmlar tomonidan amalga oshi-
riladigan modda va energiya almashinuvi Yer sayyorasi holatining turg‘unligini ta’minlovchi omil sanaladi. V. I. Vernadskiy biosfera hosil bo‘lishida inson faoliyatining o‘rnini alohida ta’kidlagan.
Biosfera darajasining xususiyatlari.
Hayotning har bir darajasi o‘ziga xos tarkibi, xususiyatlari, qonuniyatlari bilan tavsiflanadi. Bu jihatdan biosfera darajasi hayotning eng murakkab tuzilgan, eng yuqori darajasi hisoblanadi. Biosfera darajasining komponentlari, ya’ni tuzilish birligi biogeotsenozlar sanaladi.
Biosfera darajasida modda va energiyaning davriy aylanishi kuzatiladi.
Biosferaning barqarorligi unda kechadigan barcha jarayonlarning tartibliligida, ya’ni biosferani tashkil etuvchi tirik organizmlarning o‘zaro murakkab munosabatlari xilma-xilligida, moddalar davriy aylanishining dinamik muvozanatida namoyon bo‘ladi.
Biosferaning asosiy vazifasi Yerdagi hayot shakllarining xilma-xilligini va ularning uzoq davr mobaynida saqlanishini ta’minlashdan iborat. Biosfera darajasining asosiy yo‘nalishi biologik xilma-xillikning saqlanishi orqali biosferaning dinamik barqarorligini ta’minlashdan iborat. Biosfera darajasida
Yerdagi hayotiy jarayonlarning davomiyligini ta’minlaydigan muhim global jarayonlar sodir bo‘ladi. Ularga misol qilib, quyosh energiyasining uzluksiz qabul qilinishi, o‘simliklar tomonidan erkin kislorodning hosil bo‘lishi, ozon qatlamining mavjudligi va karbonat angidrid gazi miqdorining doimiy saqlanishi, tirik organizmlarning zarur kimyoviy moddalar bilan ta’minlanishi hamda turlar va ekotizimlar biologik xilma-xilligining rivojlanishi uchun yetarli shart-sharoitlarning mavjudligini olish mumkin.
Biosfera tiriklikning eng yuksak darajasi ekanligini to‘liq tushunish uchun uni tashkil etuvchi komponentlar – biogeotsenozlarning hamda shu biogeotsenozlar tarkibiga kiruvchi xilma-xil turlar va populatsiyalarning xususiyatlarini anglab yetish zarur.
Zamonaviy biologiya biosfera darajasida umumbashariy muammolarni, masalan, Yer sayyorasi o‘simliklar qoplami tomonidan kislorod ajralishi intensivligini aniqlash, atmosfera tarkibidagi karbonat angidrid gazi kon- sentratsiyasining inson faoliyati bilan bog‘liq holda o‘zgarishi, Yer yuzida biologik xilma-xillikning hamda biosferaning dinamik va barqaror holatini saqlab qolishga qaratilgan muammolarni hal etadi.
Hulosa:
Yerdagi hayotiy jarayonlarning davomiyligini ta’minlaydigan muhim global jarayonlar sodir bo‘ladi. Ularga misol qilib, quyosh energiyasining uzluksiz qabul qilinishi, o‘simliklar tomonidan erkin kislorodning hosil bo‘lishi, ozon qatlamining mavjudligi va karbonat angidrid gazi miqdorining doimiy saqlanishi, tirik organizmlarning zarur kimyoviy moddalar bilan ta’minlanishi hamda turlar va ekotizimlar biologik xilma-xilligining rivojlanishi uchun yetarli shart-sharoitlarning mavjudligini olish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
https://uz.scienceforming.com/
https://mavzular.uz/
https://studmate.ru/
|
| |