2
1. KARYER ATMOSFERASI
1.1. Karyer havosi va uning tarkibi
Karyer havosi - bu kon lahmlari bo'ylab harakatlanuvchi va doimo
atmosfera havosiga nisbatan tarkibini o'zgartiruvchi gaz va bug'
aralashmasidir.
Namlik, harorat, bosim va havoning hajmiy massasi kabi ko'r-
satkichlar karyer atmosferasining doimo o'zgarib turadigan ko'rsat-
kichlarini tashkil qiladi.
Karyerga yer yuzidan kirib keladigan
atmosfera havosi quyi- dagi
tartibda bo'ladi: N
2
- 78,08 %, O
2
- 20,95 %, CO
2
- 0,03 %, A - 0,93 %
va boshqa gazlar - geliy, neon, kripton, suv bug'lari, uning tarkibidagi
komponentlari (O
2
, N
2
va CO
2
) hamma vaqt quyidagi nisbatda bo'ladi:
1:3,37:0,001. Konlarning gazdorligi, kon jinslari- ning oksidlanishida
O
2
ni yutishi va ishlab chiqarish jarayonlarining uzoq vaqt davom
etishi kabi omillar karyer atmosferasining o'zga- rishiga sabab bo'ladi.
Karyer havosida
atmosferaga nisbatan O
2
kamayishi bilan bir
qatorda CO
2
ko'payib boradi va zaharli gazlar,
shuningdek, chang va
qumlar paydo bo'ladi.
Karyer
havosi tarkibidagi O
2
, N
2
va CO
2
gazlarining yuqorida
keltirilgan o'zgarishi bo'yicha uch ko'rinishga ega: atmosfera havosi,
faol gazlar (PM gazlari, zaharli va portlovchan gazlar) hamda o'lik
havo.
«O'lik havo» - bu tarkibida N
2
, CO gazlari atmosferadagi ushbu
gazlar miqdoriga nisbatan ortiqcha ko'p bo'lgan yoki tarkibida
kislorod bo'lmagan kon havosi.
«O'lik havo»dagi CO
2
: N
2
nisbat muayyan sharoit uchun doimiy
bo'lib, karyerdagi gaz almashinuvini kuzatishga imkon beradi.
Tadqiqotlar natijasida karyer havosi
odatdagi atmosfera havosi
sifatiga (tarkibiga) ega havo ekanligi, shuningdek, uning tarkibida
yuqorida keltirilgan
gazlardan tashqari azot oksidi, uglerod oksidi,
oltingugurt-vodorod, oltingugurt gazi va aldegidlar kabi zaharli gazlar
va bug'lar mavjudligi ham aniqlangan.