3
tarkibidagi kislorod miqdori xavfsizlik qoidalari bo'yicha 20 % gacha
kamayganda odamlarning hushdan ketishi sodir bo'ladi, 9
%o
gacha
kamayganda esa «Kislorod yetishmasligi» (anoksimiya) natijasida
odamlar o'lishi mumkin.
Azot (N
2
) - rangsiz, hidsiz, mazasiz, zichligi 0,97 ga teng bo'lgan
gaz. Odatiy sharoitlarda azot gazi zararsiz bo'lib, yuqori haroratlarda
u kislorod va vodorod gazlari bilan qo'shilishi mumkin.
Karbonat angidrid gazi (CO
2
) - zichligi 1,52, hidsiz, biroq
nordon mazali gaz bo'lib, suvda oson eriydi.
Havo tarkibida CO
2
gazining miqdori 5
0
% bo'lsa, odamlarning nafas olishi tezlashadi, 6
o% bo'lganda kuchli harsillash va holsizlanish, 10 % va undan ortiq
bo'lganda hushsizlanish va 20-25 % ga yetganda esa o'lim bilan
yakunlanadigan kuchli zaharlanish sodir bo'ladi. Karyer havosi
tarkibida CO
2
gazi miqdori 0,5 % gacha bo'lsa,
u odamlar hayoti
uchun zararsiz hisoblanadi.
Yerosti suvlari, yong'inlar, portlatish ishlari, olovli burg'ilash va
ichki yonuv dvigatellarining ishlashi karyer atmosferasiga CO
2
gazi
qo'shilishining asosiy manbalari hisoblanadi.
Uglerod oksidi (CO
2
) - rangsiz, hidsiz, mazasiz va zichligi 0,97
ga teng bo'lgan gaz. Bu gaz suvda qiyin eriydi.
Uglerod oksidining
inson organizmiga zararli ta'siri qondagi gemoglobin bilan oson
birikib (kislorodga nisbatan 250-300 marta faolroq), qondagi
kislorodni siqib chiqarishi tufayli sodir bo'ladi, ya'ni
kislorod
yetishmasligiga olib keladi.
Havo tarkibida uglerod oksidi miqdori 1 % ni tashkil qilsa,
odamlar ushbu havodan bir necha marta nafas olganda hushidan
ketadi. Uglerod oksidi konsentratsiyasi 0,05 % atrofida bo'lganda 1
soatdan so'ng
sust zaharlanish, bosh og'rig'i, quloqlarda shovqin
paydo bo'ladi. Agar odamlar uglerod oksidi konsentratsiyasi 0,01 %
ni tashkil qilgan atmosferadan uzoq vaqt nafas olsa,
surunkali
zaharlanish kasalligiga duchor bo'ladilar.
Portlatish ishlari, ichki yonuv dvigatellarining ishlashi, yong'in-
lar, olovli burg'ilash va shu kabilar karyer atmosferasiga uglerod
oksidini chiqaruvchi manbalar hisoblanadi.
Ba'zi
hollarda, ayniqsa, portlashning gazsimon hosilini baho-
lashda «shartli uglerod okisi», ya'ni PM portlashida hosil bo'lgan CO
4
va azot ikki oksididan foydalaniladi. Bunda 1 litr NO
2
6,5 litr CO ga
teng deb qabul qilinadi.