|
1. karyer atmosferasi
|
bet | 3/22 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 114,38 Kb. | | #160151 |
Bog'liq Karyer aerologiyasi-www.fayllar.orgVodorod sulfid (H
2
S) - bu rangsiz, chuchmal ta'mli palag'da
bo'lgan tuxum hidiga o'xshash hidli, zichligi 1,19 bo'lgan gaz. Bu gaz
insonlarning asab tizimiga ta'sir etib, nafas yo'llari va ko'zning shilliq
qobig'ini yallig'lantiradi.
Havo tarkibida 0,01 % H
2
S gazi mavjud bo'lsa, bir necha soatdan
so'ng odamlarda yengil zaharlanish sodir bo'ladi, gaz miqdori 0,05 %
bo'lsa 0,5-1 soatda odamlar xavfli zaharlanishlari mumkin, agar
gazning havo tarkibidagi konsentratsiyasi 0,1 % ni tashkil qilsa, u
holda o'lim sodir bo'ladi. Karyerlarda oltingugurt-vodorod gazi kon
jinslari va suvdan sizib chiqib, atmosferaga qo'shiladi.
Oltingugurt gazi (SO
2
) - rangsiz, o'tkir hidli, oltingugurt ta'miga
ega va zichligi 2,2 ga teng gaz bo'lib, suvda yaxshi eriydi. Yuqori
nafas yo'li va ko'zning shilliq qobig'iga ta'sir etadi. Bu gazning havo
tarkibidagi konsentratsiyasi yuqori bo'lgan hollarda o'pkaga ta'sir etib,
yo'talish, ko'krak qisilishi va xirillash kabi kasal- liklarni keltirib
chiqaradi. Oltingugurt gazining havo tarkibidagi konsentratsiyasi
0,05 % ni tashkil qilganda odamlar uning ta'sirida qisqa vaqt ichida
bo'lsa-da, bu ularning hayoti uchun xavfli hi- soblanadi.
Yong'inlar va tarkibida oltingugurt miqdori yuqori bo'lgan kon
jinslarini portlatishlar karyer atmosferasiga oltingugurt gazi ajralib
chiqishining asosiy manbalari hisoblanadi.
Aldegidlardan karyer atmosferasi uchun xavfli bo'lgan gazlar
akrolein va formaldegidlardir.
Akrolein (CH
2
CHCOH) - havo tarkibida bug' ko'rinishida
mavjud bo'lib, kuygan yog'ning yoqimsiz o'tkir hidi kabi hidga ega.
Akrolein bug'i havodan 1,9 barobar og'ir bo'lib, burun bo'shlig'i va
ko'zning shilliq qobig'iga ta'sir etadi, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi,
qusish va qorindagi og'riqlarni keltirib chiqaradi.
Akroleinning havo tarkibidagi konsentratsiyasi 0,0005 % bo'li-
shiga chidash qiyinchilik bilan kechadi, 0,002 % bo'lganda esa unga
umuman chidab bo'lmaydi. Konsentratsiyasi 0,014 % bo'lgan havoda
odamlarning 10 daqiqa mobaynida bo'lishi ular hayoti uchun xavfli
hisoblanadi.
|
| |