7
W =
22,4
• «M
,
bunda 22,4 - normal sharoitda 1 gramm molekulaning hajmi, litr; n
M
-
1 kg PM portlatilganda hosil bo'lgan gazning gramm- molekulalari
soni.
Bir kilogramm ammonit №6 PM portlatilganda 910 litr turli gazlar
ajralib chiqadi. Bu gazlar kon ishchilari uchun o'ta xavfli bo'lib,
o'pkaga kirib uni shishiradi va 20-30 soat ichida o'ldiradi. Bu
gazlarning havo tarkibida o'limga olib keladigan konsentratsiyasi
0,025 % ni tashkil qiladi. Konsentratsiyasi 0,025 % dan kam bo'lgan
havodan chuqur nafas olish ham odamlar o'limiga sabab bo'ladi,
chunki bu sharoitda ham o'pka shishib, havo (kislorod) tanqisligi sodir
bo'ladi.
Yo'talish, bosh og'rig'i, qusish, tana haroratining ko'tarilishi va
yurak faoliyatining buzilishi oksidlardan
zaharlanishning belgilari
hisoblanadi.
Havo tarkibidagi oksidlarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi NO
2
ga qayta hisoblanganda 0,0002 %, N
2
O
2
ga qayta hisoblanganda esa
0,0001 % ni tashkil qiladi.
Portlatish jarayonida katta miqdorda azot oksidi ajralib chiqadi.
Azot oksidi ammiak selitrasi parchalanishida bevosita ajralib chiqadi:
2NH
4
NO
3
= 2NO+N
2
+ 4H
2
O.
Karyer atmosferasi tarkibida kompressor gazlari (CO, CO
4
) ham
mavjud bo'lib, ular yuqori harorat va bosim ostida kompressor
moylaridan ajralib chiqadi. Bunday sharoitlarda 1 m
3
havo tarkibida
20 gramm istalgan moylash moyining borligi uni portlovchi
aralashmaga aylantiradi.
Portlash va kon atmosferasi zaharlanishining oldini olish (yo'q
qilish) uchun kompressorli sovitish qurilmalarining
normal ishla-
shini nazorat qilish hamda moyni havoyig'gichda tozalash talab
etiladi.
Karyer atmosferasi tarkibida CO, CO
2
, azot oksidlari, akrolein va
formaldegid kabi gazlar aralashmalari yoqimli hidga ega bo'lib,
nihoyatda zaharli hisoblanadi. Aldegidlarning (akroleinlar va for-
maldegidlar) ish zonasi atmosferasi tarkibidagi
ruxsat etilgan kon-
sentratsiyasi: rudniklarda 0,002 mg/m
3
, karyerlarda 0,005 mg/m
3
ni
tashkil qiladi.
8
Reaktiv gorelkalar yordamida olovli burg'ilashda karyer atmo-
sferasiga turli gaz aralashmalari ajralib chiqadi. Kislorod-kerosin
bilan ishlaydigan burg'ilash stanoklari qo'llanganda 20-25 %
gacha
qo'shimcha gaz H
2
hosil bo'ladi.
Vodorod (H
2
) rangsiz, hidsiz va ta'msiz gaz. Hajm massasi - 0,9.
Vodorod va havo aralashmasida H
2
ning konsentratsiyasi 4 % dan 74
% gacha bo'lganda u portlaydi. Havo tarkibidagi konsentratsiyasi 28,6
% bo'lganda esa, vodorodning portlash kuchi maksimal bo'ladi.
Metan gaziga nisbatan vodorodning alangalanish harorati kichik
bo'lishi (100-200 °C) uning portlashining o'ziga xos xususiyati
hisoblanadi.
Vodorod hosil bo'lishi manbalari:
akkumulator batareyalarini
zaryadlash, yong'inlar, metan bilan birga kon yotqiziqlaridan ajralib
chiqish (ko'mir va kaliy konlarida). Metanning diffuziya tezligi yuqori
bo'lib, havo diffuziyasiga nisbatan 1,6 barobar katta. Karyer havosida
doimo boshqa gazlar bilan birga bo'ladi. Masalan, N
2
bilan (kaliy
konlarida - 0,2-0,4 %), CO
2
bilan (5 % gacha), CO bilan (0,1-1 %),
H
2
S va SO
2
bilan (juda kam miqdorda bo'lsa ham kon havosini
zaharlaydi), shuningdek, H
2
va uglevodorodlar bilan yonish haroratini
pasaytirish xavfiga olib keladi.
Metan zaharsiz gaz, biroq u karyer havosidagi O
2
miqdorini
kamaytiradi. Karyer havosidagi CH
4
ning miqdori 43 % bo'lganda
kislorod tanqisligi, 57 % bo'lganda esa aneksemiya sodir bo'ladi.
Metan gazining portlashi juda xavfli hisoblanadi. Metanning
alangalanish harorati 650-750 °C.
Metanning olovlanishi biroz
kechikib sodir bo'ladi. Masalan, boshlang'ich haroratda kechikish 100
daqiqa, harorat 1000 °C bo'lganda esa 1 daqiqani tashkil qiladi.
Metanning havo tarkibidagi portlovchanligi chegarasi 5-15 %. Havo
tarkibidagi konsentratsiyasi 5 % dan kam va 15 % dan ko'p bo'lsa,
metan portlamaydi. Metanning portlash harorati yopiq makonda
(shaxtalarda) 2200-2700 °C va ochiq makonda (karyerlarda) 1900 °C
ni tashkil qiladi.