• 1.4. Karyer atmosferasini ifloslantirish manbalari
  •  Karyer mikroiqlimining asosiy elementlari




    Download 114,38 Kb.
    bet6/22
    Sana21.02.2024
    Hajmi114,38 Kb.
    #160151
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    Karyer aerologiyasi-www.fayllar.org

    1.3. Karyer mikroiqlimining asosiy elementlari 
    Mikroiqlim - bu yer bag'ri havo qatlamining iqlimidir. Zaharli 
    aralashmalarning karyerda yig'ilishi va undan chiqarib tashlash


    9
    sharoitlari karyer mikroiqlimini aniqlovchi asosiy elementlarni tashkil 


    qiladi.
    Yig'ilgan zaharli moddalarni karyerdan chiqarib tashlash nati- 


    jasida hosil bo'lgan karyer mikroiqlimining asosiy tavsifini karyer
    havosining tezligi, harorat rejimi va atmosferaning namligi bo'yicha 
    aniqlanadi.
    Karyer havosi tezligi yer yuzidagi havo tezligi va karyer harorat 
    rejimi bo'yicha aniqlanadi. Yer yuzi havo tezligi 2 m/s dan katta
    bo'lsa, karyer havosi tezligi shamol potoki (oqimi) energiyasi aso- 
    sida aniqlanadi. Agar yer yuzi havosi tezligi kichik (<2 m/s) bo'lsa,
    karyer havosi tezlik omili bo'yicha aniqlanadi. 
    Havoning isishi yo'ki sovishi natijasida hosil bo'lgan termik kuch-
    lar karyer havosi tezligini sezilarli darajada o'zgartirishi mumkin. 
    Shamol tezligi kichikroq bo'lgan sharoitlarda termik kuchlar
    karyerda tezligi 1-1,5 m/s bo'lgan havo potoklarini shakllantirishi 
    mumkin.

    10



    1.1- rasm. t vaqtda havo harorati T 
    ning o'zgarish grafigi: 1 - karyerda; 2 -
    yer yuzida. 
    Karyer havosining harorati yer
    yuzi havosining harorati bo'yicha 
    aniqlanadi
    va

    uning
    o'zgarish 


    qadami sut- ka hamda yil
    davomida 
    o'z-
    garib

    turadi
    (1.1-rasm). 


    Karyer havosi namligi- ning
    yuqori

    bo'lishi


    karyerda 
    obyektlarni
    ko'rish

    imkoniyatini


    kamaytiruvchi tuman hosil bo'lishiga 
    olib keladi.

    1.4. Karyer atmosferasini ifloslantirish manbalari 
    Karyer atmosferasini chang va zararli gazlar bilan ifloslantiruv- 
    chi qator manbalar mavjud bo'lib, havoning intensiv ifloslanishiga
    quyidagi omillar ta'sir etadi: kon jinslarining xossalari va holati
    karyer hududi iqlim va ob-havo sharoitlari; konni qazib olish tex-
    nikasi va texnologiyasi; chang va zararli gazlarni bostirishda qo'l- 
    laniladigan usullarning samaradorligi va boshqalar. Shu sababli ish
    joylarida havoning changlanish va gazlanish darajasi turlicha bo'ladi. 
    Atmosferani ifloslantirish manbalari joylashish makoniga ko'- ra

    ichki
    va

    tashqi
    bo'lishi mumkin. Tashqi manbalar karyerning yuqori 
    konturidan tashqarida joylashgan bo'ladi. Shamol ta'sirida tashqi
    manbalardagi zararli gaz va changlar qazishdan bo'shagan karyer 
    maydoniga tarqalib, atmosferaning umumiy holatini yomon-
    lashtiradi. 
    Maydalash, boyitish va aglomeratsiya fabrikalari, metallurgiya
    zavodlari, shaxtalarning shamollatish stvollari, qoplama jins ag'dar- 
    malari va ruda omborlari, avtomobil yo'llari, qozonxonalar, o'sim-
    liksiz maydonlar va boshqalar atmosferani ifloslantiruvchi tashqi 
    manbalar hisoblanadi.

    /




    1
    2
    J \)b 


    T, °C 

    2



    20 

    1



    1



    t, soat 


    11
    Atmosferani gaz va changlar bilan ifloslantiruvchi ichki manba- 


    lar karyer konturi ichiga joylashgan bo'lib, ular ta'sirida atmosfera-


    ning joylardagi va umumiy holati yomonlashadi. Burg'ilash sta- 
    noklari va perforatorlar, qazib-yuklash mashinalari, portlatishlar,
    ichki yonish dvigatellari (avtoag'dargichlar, teplovozlar, traktorlar, 
    buldozerlar va b.) karyer ichidagi avtomobil yo'llari, tosh qirqish
    mashinalari, maydalash va saralash uskunalari, yong'inlar, gaz ajralib 
    chiqadigan jinslar va suvdor gorizontlar, shuningdek, chang bilan
    qoplangan va nurashga moyil maydonchalar atmosferani ichki 
    ifloslantirish manbalarini tashkil qiladi.
    Havoni ifloslantiruvchi manbalarni to'rtga bo'lish mumkin. 


    Nuqtali (burg'ilash stanoklari, ekskavatorlar, tosh qirqish mashi-
    nalari va b.); hajmli (portlashdan so'ng hosil bo'ladigan chang- gaz 
    bulutlar); chiziqli (avtoyo'llar, foydali qazilma va kon jinslari
    qatlamlaridan ajralib chiqadigan gazlar va h. k.); bir tekis tarqalgan 
    (zamin eroziyasi, karyer bortlari yuzalarining nurashi).
    Ta'sir qilish vaqti bo'yicha manbalar doimiy, ya'ni uzluksiz (bur-
    g'ilash stanoklari, ekskavatorlar va h.k) hamda davriy (portlatishlar
    hamda shu kabilar) bo'ladi. 
    Karyerlardagi zararli moddalarni ajratib chiqaruvchi manbalar
    holati bo'yicha qo'zg'almas (statsionar maydalash va elash uskunalari, 
    ko'tarish konveyerlari va b.); yarim turg'un (burg'ilash stanoklari,
    ekskavatorlar va b.); harakatlanuvchi (avtoag'dargichlar, temiryo'l 
    transporti va b.) bo'ladi.
    Karyerlarda qo'llaniladigan burg'ilash stanoklaridan sharosh- kali, 
    pnevmozarbali va olovli burg'ilash stanoklari havoni ko'p miqdorda
    changlantirish xavfiga ega. Ushbu stanoklar bilan burg'ilash ishlari 
    changni bostirish va uni ushlab qoluvchi vositalarsiz bajarilsa, u holda
    havoning changlanishi bir necha yuz mg/m
    3
    bo'lishi mumkin. 

    Katta massali portlatishlarda ko'p miqdorda gaz va chang hosil


    bo'ladi. Ularning bir qismi chang-gaz to'zoni (buluti) ko'rinishida 
    karyerdan chiqib ketadi, qolgan qismi esa maydalangan kon massa- si
    yoyilmasi va portlatilgan blokka yondosh uchastkalarda qoladi (1.1- 
    jadval). Portlatishdan so'ng karyerda, asosan, uglerod oksidi qoladi.


    12
    Karyer havosi tarkibidagi azot oksidi qoldiqlari 30-60 minut, 


    portlatilgan kon massasida esa 2 soatdan 6 soatgacha saqlanib turishi


    mumkin.

    1.1-jadval 
    Karyerlarda qazib yuklash ishlari siklli va uzliksiz prinsipda 

    ishlaydigan uskunalar yordamida bajariladi.


    Siklli prinsipda ishlaydigan uskunalar qo'llanganda (mexanik 
    cho'michli ekskavatorlar, draglaynlar va yuklagichlar) karyer havo-
    sining changlanishi ham siklli tavsifga ega bo'ladi. Masalan, mexanik 
    cho'michli ekskavator bilan qazib-yuklash ishlari bajarilganda chang
    hosil bo'lishi quyidagi operatsiyalar bo'yicha ketma-ket sodir bo'ladi: 
    cho'michni kon massasi bilan to'ldirishda, kavjoydagi kon jinslarining
    maydalanishi (buzilishi) va jins bo'laklarining o'za- ro to'qnashishi 
    hamda cho'mich devorlariga urilib ikkilamchi maydalanish
    jarayonlarida; ekskavatorning yukni tushirish tomon burilishida 
    cho'mich yuqori qismidagi ayrim bo'laklarning yerga to'kilib
    maydalanishi davomida; cho'michni bo'shatishda bo'laklarni transport 
    vositasi kuzoviga yoki ag'darma ustki maydoniga urilishi tufayli
    qo'shimcha maydalanish jarayonlarida. Shuningdek, chang- lanish 
    intensivligi shamol tezligi, kon massasining namligi va ekskavator
    kavjoyida ishni tashkil qilishga ham bog'liq bo'ladi. 



    Download 114,38 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 114,38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Karyer mikroiqlimining asosiy elementlari

    Download 114,38 Kb.