5
asab tizimiga ta'sir etadi. Shuningdek, terining nerv kasalligiga sabab
bo'ladi.
Formaldegidning havo tarkibidagi konsentratsiyasi 0,002 % bo'l-
ganda formaldegid bilan surunkali zaharlanish natijasida odamlar
ovqat
hazm qilishining buzilishi, yurak urishining tezlashishi, doi-
miy bosh og'rishi, uyqusizlik, ishtahasizlik, burun bo'shlig'i va ko'z
shilliq qobig'ining kasallanishi kabi illatlarga duchor bo'ladi.
Ichki yonuv dvigatellari va termik burg'ilash jarayonlari. Ichki
yonuv dvigatellari karyer atmosferasiga
aldegidlarni chiqa- ruvchi
manbalar hisoblanadi. Foydali qazilma konlarini qazib olishda karyer
atmosferasiga ma'lum miqdorda chang ajralib chiqa- di. Chang
o'lchami 0,1-0,5 mm dan kichik bo'lgan mayda qattiq zarralar bo'lib,
ular zaharli va zaharsiz bo'lishi mumkin. Tarkibida qo'rg'oshin, simob,
xrom, marganes, mishyak, surma va boshqa zaharli elementi bo'lgan
changlar zaharli chang bo'lib, ulardan nafas olish odamlarni maxsus
kasbiy kasalliklarga chalinishiga olib keladi. Tarkibida kvars, ko'mir,
silikatlar kabi boshqa elementlar bo'lgan changlar zaharsiz changlar
hisoblanadi. Biroq, zaharsiz changli
atmosferadan uzoq vaqt
davomida nafas olish odamlarni silikoz, antrokos, aspetos va boshqa
kasbiy kasalliklar bilan kasal- lanishiga olib keladi.
Ishchilar hayoti uchun radioaktiv changlar o'ta xavfli hisoblanadi.
Bu changlar odamlar hayotiga odatiy ta'sir etish bilan bir qatorda
ularni rak kasalligiga chalinishiga olib keladi.
Silikoz bilan kasallanish chang tarkibida kremniy ikki oksidi
(SiO
2
) mavjud bo'lganda sodir bo'ladi. Karyer ish joylarida DSt
talablariga binoan havoning changlilik darajasi ruxsat etilgan kon-
sentratsiya (REK) dan oshmasligi lozim. Kremnezyom changi:
kristallashgan kremniy ikki oksidi (kvars, krestobalit, trizimi) ning
chang tarkibidagi miqdori 70 % dan ko'p (kvarsit, danas va b.) bo'lsa -
1 mg/m
3
;
kristallashgan kremniy ikki oksidi chang tarkibidagi miqdori 10
dan 70 % gacha (granit, shamot ham - sluda va b.) bo'lsa - 2 mg/m
3
;
kristallashgan kremniy ikki oksidining chang tarkibidagi miqdori
2 dan 10 % gacha (yonuvchi slaneslar, sulfidli mis rudalari, glina va
b.) bo'lsa - 4 mg/m
3
;
ko'mir va jinsli ko'mir changi: tarkibida 5 % gacha kremniy ikki
oksidi bo'lgan antrasit - 6 mg/m
3
;
6
tarkibida 5 % gacha kremniy ikki oksidi bo'lgan toshko'mir changi
- 10 mg/m
3
;
tarkibida 5-10 % erkin kremniy ikki oksidi bo'lgan ko'mir jins va
ko'mir changi - 4 mg/m
3
;
slikatlar va silikat tarkibli chang: tabiiy va sun'iy asbest, shu-
ningdek, asbest va jins zarrachalari aralashgan chang tarkibidagi
asbest miqdori 10 % dan ko'p bo'lsa - 2 mg/m
3
; talk, sluda - aflagopt
va muskovit - 4 mg/m
3
; olivin, apatit, fosforit, glina - 6 mg/m
3
;
aluminiy oksidi (glinozyom, elektrokorund, monokordid) -
6 mg/m
3
;
dolomit, ohaktosh, barit, fosforit - 6 mg/m
3
; temir oksidi 3 %
gacha marganes oksidi bilan birga - 6 mg/m
3
; temir oksidi 2 % dan 6
% gacha ftorli yoki marganesli birikmalar bilan birga - 4 mg/m
3
;
magnezit - 10 mg/m
3
;
xrom angidridi, xromatlar, bixromatlar (C
2
O
3
) ga qayta hisob-
laganda - 0,01 mg/m
3
;
uran (erimaydigan birikmalar) - 0,075 mg/m
3
. Ish zonasi havosi
tarkibida bir vaqtning o'zida, bir yo'nalish bo'yicha ta'sir etuvchi bir
necha zaharli moddalar mavjud bo'lsa, ya'ni
moddalar kimyoviy
tarkibi va odam organizmiga biologik ta'sir
ko'rsatish xarakteriga yaqin bo'lsa, u holda quyidagi mutanosiblik
bajarilishi kerak:
+ +...
+
< 1,
REK, REK
2
REK
n
bunda Cj, C
2
, ..., C« - havo tarkibidagi zaharli moddalarning amal-
dagi konsentratsiyasi; REK
p
REK
2
, ..., REK« - havo tarkibidagi ruxsat
etilgan zararli moddalarning konsentratsiyasi.