Биотехнология кафедрасида профессор Комилов Х




Download 18.51 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi18.51 Kb.
#97365
Bog'liq
Taqriz TAT sillabus uzb tili M.E.Mamarajabov
2-ma`ruza. Intelektual tizim tasnifi. Intelektual axborot tizimi, Самостоятельная работа (1), Шаблон учун, raqamli texnologiya, eng-xavfsiz-shifrlash-algoritmlari, IBET1243 (1), Intizom Ma `lumot texnologiyalar dars mavzu Microsoft Word da-genderi.org, 126 1684497155, 4-laboratoriya, Baxtiyorov Nodirbek (2), Ishlab chiqarishning[1], 11. Kvadratik formalar (3), Kompyuter viruslari va viruslardan himoya qilish muammolarini hal, Elektron Chaqiruv xati BT, 9-informatika-darslik

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Toshkent amaliy fanlar universiteti Informatika kafedrasi mudiri
dotsent v.b., PhD G.B.Taylakova, katta o‘qituvchilari F.D.Shermanova, S.I.Djurayeva va o‘qituvchisi N.I.Sodikova tomonidan «Ta’limda axborot texnologiyalari» fanidan tayyorlangan sillabusga


T A Q R I Z
Hozirgi kunda ta’lim tizimi jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi va tayyorlanayotgan mutaxassislar vaqti kelganda jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi darajasigacha ham ko‘tariladi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim tizimining asosiy qismlaridan biri bo‘lmish oliy ta’lim tizimiga ham tegishlidir, chunki ular orqali tayyorlanayotgan mutaxassislar zamonaviy ishlab chiqarishning faol ishtirokchilari bo‘lishligini hozirgi davr talab qilmoqda.
“Ta’limda axborot texnologiyalari” fanining asosiy maqsadi talabalarni zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari bilan tanishtirish, erishilgan yutuqlar va axborot texnologiyalarining imkoniyatlari mohiyatini tushuntirish va ularni ta’lim olish va ish faoliyati jarayonida ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishning nazariy va amaliy mashg'ulot tomonlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
«Ta’limda axborot texnologiyalari» fanidan tayyorlangan sillabus 60110100- Реdagogika bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi uchun O‘zbekiston davlat ta’lim standartiga mos ravishda tuzilgan.
Mazkur sillabus «Ta’limda axborot texnologiyalari» fanidan tuzilgan bo‘lib, uning “Kirish” qismida fanning maqsad va vazifalari fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar, fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni, fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar aks ettirilgan.
Sillabusning ikkinchi asosiy qismida fanning nazariy mashg'ulotlar mazmuni, mashg'ulotlarni tashkil etish bo‘yicha didaktik tamoillar, nazariy mashg'ulotlar ro‘yxati hamda ularni tashkil etishning shakli va mazmuni yoritilgan. O‘quv dasturning nazariy qismida AT va uning ta’limda qo‘llanilishi, taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim jarayonida qo‘llanilishi, elektron ta’lim resurslari haqida tushuncha, o‘quv maqsadli elektron vositalar yaratish bosqichlari, elektron darsliklar yaratish dasturiy vositalari, bilimlarni baholashga mo‘ljallangan dasturiy vositalar haqida, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan dasturiy vositalar, o‘quv animatsion lavha (rolik)larni tayyorlashning zamonaviy vositalari, o‘quv audio va video materiallarini yaratish va ishlov berish, Internetda odob-axloq qoidalari, onlayn muloqot madaniyati, Internetdan xavfsiz foydalanish qoidalari, o‘quv web-kontentlarini yaratishning dasturiy vositalari, Google hujjatlar bilan ishlash xizmatlari (matn, elektron jadval, taqdimotlar) va so‘rovnomalar yaratish. Google Classroom web-xizmatidan foydalanib masofaviy o‘quv kursini yaratish, elektron ta’limni boshqaruv tizimlari, oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi, SMART-ta’lim: o‘quv jarayonini tashkil qilishning asosiy tamoyillari kabi asosiy ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Sillabusning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida amaliy mashg'ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar, amaliy mashg'ulotlar mavzulari va mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular haqida ma’lumot berilgan.
Sillabusning beshinchi va oltinchi qismlarida fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyiladigan talablar va mazkur fanni o‘qitishda qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari va metodlari haqida ma’lumotlar keltirilgan
Sillabusning oxirgi qismida talabalar uchun kreditlarni olish uchun talablar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Sillabusda fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakaga qo‘yiladigan talablar yaxshi ishlangan, mustaqil ish uchun mavzular talabga javob beradi.
Sillbusda ilmiy, metodik kamchiliklar uchramadi. Ushbu sillabus yordamida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha chuqur va kengaytirilgan bilim va ko‘nikmalar berilishi ko‘zda tutilgan foydalaniladigan adabiyotlar sifatida asosiy, qo‘shimcha manbalar hamda foydali Internet-manbalari ro‘yxati keltirilgan.
Ushbu «Ta’limda axborot texnologiyalari» fanidan tayyorlangan sillabus yordamida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha chuqur va kengaytirilgan bilim va ko‘nikmalar berilishi ko‘zda tutilgan.
«Ta’limda axborot texnologiyalari» fanidan tayyorlangan sillabus qo‘yilayotgan talablarga to‘liq javob beradi deb hisoblayman va uni ta’lim jarayonida foydalanishga tavsiya etaman.
Nizomiy nomidagi TDPU
“Matematika va ta’limda axborot
texnologiyalari” kafedra mudiri,
pedagogika fanlari doktori, professor M.E.Mamarajabov
Download 18.51 Kb.




Download 18.51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Биотехнология кафедрасида профессор Комилов Х

Download 18.51 Kb.