• MUSTAQIL ISH
  • Erliftli fermentyorlar
  • Gazni mexanik dispergirlovchi
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
  • Biotexnologik jarayonlari jihozlari




    Download 4.74 Mb.
    Sana03.10.2023
    Hajmi4.74 Mb.
    #86127
    Bog'liq
    Презентация1[1]


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA OʻRTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
    TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
    MUXANDISLIK TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
    BIOTEXNOLOGIYa KAFEDRASI
    “BIOTEXNOLOGIK JARAYONLARI JIHOZLARI” fanidan
    Mavzu:Fermentyorlarni biotexnologiyada qo’llash uchun tanlash.
    Tayyorladi: Miravlatova M.M.
    MUSTAQIL ISH 
    Barcha mikrobiologik ishlab chiqarishlarda toza kultural va inokulvant olishda steril oziqa muhitlari ishlatiladi. Turli xil uglerod manbalaridan yem achitqilari va etil spirtini ishlab chiqarishda kultivirlash jarayoni fermentyorlarda nosteril muhitlarni ishlatgan holda amalga oshiriladi.
    Ushbu yuzaning hosil bo’lish usuliga qarab gaz-suyuqlik fermentyorlarini uch asosiy guruhga ajratish mumkin:
    - erliftli;
    - gazni mexanik dispergirlovchi;
    - oqimli.
    So'nggi yillarda biotexnologik sanoatda qo‘llaniladigan ko'pgina fermentyorlar paydo bo‘lib, ular biomassani aerob o ‘stirish va uning metabolitlarini olishga moljallangandir. Aerob jarayonlarning effektivligini ko‘rsatuvchi asosiy parametr bo’lib, gazning suyuqlik bilan kontaktda bo’luvchi yuzasi hisoblanadi.
    Erliftli fermentyorlar

    Yirik gaz pufaklarining hosil bo‘lishini kuchraytirilgan diametrli barbotaj quvurlarga ega fermentatorlarda bartaraf qilish mumkin.
    Erliftli fermentyorlarda fazalarning kontakt yuzasi gazni gaz taqsimlovchi tuzilmalar orqali sirkulyatsiyadagi suyuqlik qatlamiga kiritganda hosil bo’ladi. Apparatning katta ishchi hajmi kerak bo'lganda hamda gaz fazasi sifatida tarkibida massa almashinuvida zarur sharoitlarni ta'minlash va kultural muhitni pnevmoaralashtirish uchun yetarli kinetik energiyani o‘zida tutuvchi 80% azot bo’lgan havo ishlatilganda bu fermentyorlarni qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu fermentyorlar yuqori ekspluatatsion ishonchlikka ega. chunki konstruksiyaning ichki harakatlanuvchi elementlariga ega emas. Ularda suyuqlik sirkulyatsiyasi shartlarini buzmagan holda, yetarlicha katta yuza maydoniga ega issiqlik almashinuvi tuzilmalarini joylashtirish qulay.
    Ikki bosqichli havo erliftli bioreaktorlari
    Havo fermetyori
    Mikrobiologik sanoatda, asosan, o'zaro konstruksiyasi va ishlash sharoitlari bilan farqlanadigan uch turdagi erliftli fermentyorlar qo’llaniladi. Achitqili ishlab chiqarishda eng keng tarqalgan va ko'pincha aeratoriar yoki kyuvetalar deb ataladigan kyuvetali aeratorlarga ega fermentyorlardan foydalaniladi
    (a) shamollatish trubkasi bilan ichki halqa konfiguratsiyasi, (b) ajratilgan silindrli qurilma va
    (c) tashqi halqa tizimi.
    Gazni mexanik dispergirlovchi fermentyorlarda apparatga
    kiritiladigan gaz suyuqlik bilan maxsus tuzilmalar yordamida
    aralashtiriladi. Ularni apparatning V < 100 m3 hajmida qo’llash
    maqsadga muvofiqdir. Ular toza gazda ishlaganda effektiv hisoblanadi
    Gazni mexanik dispergirlovchi
    Dispegirlash qalliq yoki suyuq jismlarni mayin qilib maydalash . kolloidlar va umuman dispers sistemalar olish usullaridan
    biridir.
    Oqimli fermentyorlarda gaz nasadkalar sistemasi orqali apparat kesimi bo'ylab taqsimlanadigan suyuqlik oqimlari bilan ejektirlanadi.
    Sirkulyatsion konturda aralashtirgichga ega fermentyorlar
    davriy jarayonlarda, qachonki kultural muhit qovushqoqligi vaqt
    davomida biomassa konsentratsiyasining ko'payishi bilan o‘zgarganda hamda aralashtirgichning aylanish chastotasini o’zgartirish
    hisobiga aralashtirishning kerakli intensivligini ta'minlash mumkin bo’lganda effektiv qo’llaniladi
    E’TIBORINGIZ
    UCHUN RAHMAT
    Download 4.74 Mb.




    Download 4.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biotexnologik jarayonlari jihozlari

    Download 4.74 Mb.