Energiyani qayta hosil qilish Hozirgi vaqtda biotexnologiyaning yangi yo’nalishi shakllanmoqda. Bu yo’nalishni -
energiya biokonversiyasi deb atash mumkin.
Energiyaning biokonversiyasi deganda biologik mahsulotlar va qonuniyatlar asosida bir
energiya turini boshqa biriga transformasiya qilish (aylantirish) xususiyatlari tushiniladi.
Ayni vaqtda biologik tizimlarda energiya hosil qilish texnologiyasini yaratish tadqiqotlari
bir necha yo’nalishlarda faol rivojlanmoqda:
1.
quyosh energiyasidan ekologik toza va turg’un yoqilg’i energiyasini hosil qilish;
2.
Sellyuloza saqlovchi xom-ashyolardan yuqori kolloriyali yoqilg’i olish, chiqindilar va
oqovalardan spirtlar, metan, vodorod, uglevodorodlar ishlab chiqarish usullarini
rivojlantirish;
3.
Bevosita yoqilg’i energiyasidan elektr energiyasi hosil qilish. Har doim tirik hujayralarda
stabil elektron molekulalar ionlar majmuasidan samarali konversiya vujudga kelib turadi,
masalan: anaerob nafas olishda elektron-transportli zanjir;
4.
Biologik mikroqurilmalar yaratish, shu jumladan biokimyoviy signallarni elektrik
signallarga aylantiruvchi ditektorlar va biologik mahsulotlardan (fermentlar, antigenlar,
hujayra va x.k) tuzilgan bioaniqlagichlar (biodatchiklar) yaratish.
Mazkur bo’limda energiya biokonversiyasining elektrokimyoviy energiya bilan bog’liq bir
necha yo’nalishlari haqida so’z yuritiladi. Energiya biokonversiya tizimlari ayni vaqtda har doim
maxsus xususiyatlariga ko’ra ulardagi jarayonlarning o’rganilganligi, texnologik qulaylikka
yaqinligi bilan farq qiladi.
Energiya biokonversiya tizimidagi qator muammolar izlanishlar boshida hamda ulardan
foydalanish jarayonlarida vujudga keladi. Zamonamiz talablaridan kelib chiqqan holda yangi
yaratilajak istiqbolli texnologiyalar ularni atrof muxit va biosfera bilan munosabatlari uzviy
bog’liq bo’ladi. Energetikaning atrof-muhit bilan o’zaro munosabati ekologiya sohasida
“enerkologiya” termini bilan atalishi taklif etilgan.
Enerkologik nuqtai nazardan keng asoslangan istiqbolli energiya turlaridan biri atom
energiyasi bo’lsada, ularning bir qator salbiy xususiyatlarga egaligi shu jumladan, issiqlik
ajratishi, radiaktiv nurlar chiqarishi va x.k ko’pchilikka ma’lum.
YAngi energiya manbalarini izlash, eng avvalo erning issiqlik balansiga zarar
etkazmaydigan tizimlar ishlab chiqishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Ayni vaqda ma’lum
bo’lgan bunday manbalardan biri- ekologik toza bo’lgan quyosh energiyasidir.