Etanolning qo’llanilish sohalari




Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/131
Sana13.02.2024
Hajmi2,11 Mb.
#155833
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131
Bog'liq
BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

Etanolning qo’llanilish sohalari 
( 1 - jadval).
№ Maxsulot Hosildorlik t
/ga 
Dastlabki 
uglevodlar 
saqlashi, % 
Etanol chiqishi 
l
/t l/t 
1 SHakarqamish 
56 
13-14 
67-76 4032 
2 Kassava 
8,2 
30 
172-194 1592 
3 Makkajo’xori 
3,2 
60 
345-388 1172 
4 SHakarqamish 
melassasi 
2,4-4,0 
50 
258-291 878 
5 Kartoshka 
1,6 
17 
98-100 166 
Saxaroza va kraxmal oddiy Saccharomyces cerevisae achitqisi yordamida achitiladi. Oxirgi 
vaqtlarda ushbu jarayonlar uchun boshqa turkumdagi mikroorganizmlardan ham foydalanish bir 
qadar kengaygandir. Masalan: agava sharbatini achitish qobiliyatiga ega bo’lgan Zymomonas 
bakteriyasiga e’tibor qaratilmoqda. 
Ayni vaqtda bu bakteriyalarning substratni utilizasiya qilishini chuqurlashtirish maqsadida 
gen muxandislik ishlari hamda enzimologiya muxandisligi ustida ham ilmiy tadqiqotlar olib 
borilmoqda. 
Polisaxaridli substratlarda etanol tayyorlash jarayonida ko’proq termofil mikroorganizmlar
istiqbolli hisoblanadi. Masalan: sellyuloza saqlovchi maxsulotlardan etanol tayyorlashni o’ta 
yuqori darajada chiqishini ta’minlovchi mikroorganizm - bu Clostridium thermohydrosulfuricum 
bakteriyasidir.
Mahsulot miqdorini oshirish maqsadida, mikroorganizmlarni hosildorligi ular ishlab 
chiqaradigan fermentlarni faolligi va mo’tadilligini ko’tarish maqsadida yangi-yangi bakteriyalar 
topish va ularni turli xil manbalarga immobilizasiya qilishni yo’llari takomillashtirilmoqda. 
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko’ra uglevodorod saqlovchi substratlar fermentasiyasidan 
olinadigan etanol (2000 y) tradision kimyoviy usulda olinadigan spirtdan arzon. 


Uglevodorod saqlovchi manba sifatida bir qator mikrosuvo’tlaridan foydalanish 
mumkinligi ham isbotlangan (Bothryacoceus, Isochrysis va boshqalar). Ba’zi bir suv o’tlari 
hujayralarining quruq biomassasida uglevodorodlar miqdori 15-80% ni tashkil etadi. 
Uglevodorodlarni eng ko’p saqlovchi mikroorganizm B.braunii bakteriyasidir, shu tufayli ham 
bu bakteriyani energiya manbai sifatida qo’llash mumkinligi isbotlab berilgan.

Download 2,11 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131




Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish